Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi
MAVZU: "BEMORLARNING OVQATLANISHINI TASHKIL QILISH
Download 3.23 Mb.
|
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning o’quv maqsadi
- MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI
- MASHG’ULOTNING MAZMUNI
MAVZU: "BEMORLARNING OVQATLANISHINI TASHKIL QILISH
VA UNING SIFATINI GIGIENIK BAXOLASH” MAVZUNI ASOSLASH: bemorlarning ovqatlanish sifatini gigienik baholash DPM lardagi vrachlar ishining muhim bir qismi hisoblanadi. SHuning uchun vrach bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish qoidalarini bilishi va bemorlarning ovqatlanish sifatini nazorat qilinganda ishtirok etishi kerak. Mashg’ulotning o’quv maqsadi: talabalarda davolash tadbirlarining muhim bir qismi bo’lgan ovqatlanish sifatining ahamiyatini talabalar ongida shakllantirish; talabalarni davolash stollarni to’g’ri aniqlashga o’rgatish; bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilinganligini nazoratdan o’tkazishga o’rgatish MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI: mashg’ulot mavzusi bo’yicha loyihalar ustida ishlash Talabalarning ilk bilimlarini nazorat qilish uchun savollar: 1.Davolovchi ovqatlanish haqida tushuncha, uning asosiy printsiplari 2.Oqilona ovqatlanishga bo’lgan asosiy gigienik talablar 3.Kasalxona ovqatxonasi (ovqatxonadagi xonalar va jihozlarning tarkibi, ovqat tayyorlash tartibi va uni tarqatish). MASHG’ULOTNING MAZMUNI Bemorlarning ovqatlanishi faqat ular organizmini ovqatli moddalar va zaruriy energiya bilan ta’minlash bo’libgina qolmay, balki muhim davolovchi tadbir sifatida qaralishi kerak va parhezli ovqatlanish jarohatlangan organlar va sistemalarga ta’sir etib, ularning funktsiyasi va strukturasini tiklanishiga yordam berish uchun yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. SHuning uchun davolovchi ovqatlanishning asosiy printsiplari quyidalardan iborat: -ovqat fiziologik to’la qiymatli bo’lishi; -o’ziga xos terapevtik xususiyatga ega bo’lishi kerak. Bu printsiplarni ta’minldash uchun harqanday DPM da bemorlarning parhezli ovqatlantirish bo’yicha ishlar aniq yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak. Ovqatlanishni bunday tashkil qilishning printsipial sxemasi quyidigilardan tashkil topgan bo’ladi: davolovchi vrach bemorga tashxisga muvofiq dieta tayinlaydi; bo’limning katta bekasi DPM ning ovqatxonasi uchun bo’lim bo’yicha belgilangan parhezlar bo’yicha ma’lumotlarni to’plab, ovqatxonaga jo’natadi. Ovqatxonadagi diet vrach (diet xamshira) diet stollarga muvofiq taomnomalarning tayyorlanishini nazorat qiladi, ovqatxona xodimlari esa, buyurilgan diet stollari bo’yicha talab etilgan miqdorda parhezli ovqatlarni tayyorlaydi va bo’limlarga tarqatadi. Bo’limlarda bemorlarni ovqatlanishini bemorning holatiga muvofiq yoki palata (og’ir bemorlar), yoki bo’limdagi bufet-ovqatxonada tashkil etiladi. Ko’rsatilgan sxemaga muvofiq vrach bajara olishi kerak: patologiya turi va bemorning umumiy holatiga qarab parhezni to’g’ri belgilashi, parhezli ovqatlanishning asosiy printsiplarini hisobga olib taomnomani tuza olishi (fiziologik to’la qiymatlik va terapevtik xususiyat), ovqatxonaning sanitar holatini, ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari va to’la qiymatliligini, taomlarning tayyorlanishi va tarqatilishini, hamda bevosita kasalxona bo’limlarida bemorlarni ovqatlantirishni tashkil etilganligini nazorat qilish. Ko’rsatilgan holatlarni hisobga olib talabalarga "DPM larda bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning sifatini nazorat qilish" mavzusida o’quv-tekshirish ishlarini bajarish tavsiya etiladi. Bunda harbir talaba TO’II bo’yicha yozma hisobot tayyorlaydi, hisobotga quyidagi ma’lumotlar kiritilishi kerak: 1.Bemor uchun ovqtlanishning ahamiyati, davolovchi ovqtlanish tushunchasi, uning asosiy printsiplari 2.Bemorlarni ovqtlanishida foydalaniladigan davolovchi-parhzli stollarga qisqacha ta’rif, stolning raqami, patologiya turi, uning o’ziga xos xususiyatlari. 3.Muayyan patlogiya uchun bemorga 1 kun uchun tuzilgan taomnoma (patologiya turi talabaning hohishiga muvofiq tanlanadi). 4.Kasalxona ovqatxonasining tarkibi va jihozlanishi. 5.Ovqatxonada taomlarni tayyorlash va tarqatish qoidalari. 6.Bemorlarning ovqatlantirishni nazorat qilish bo’yicha vrach va hamshiraning vazifalari. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling