Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


MAVZU: "OVQATDAN ZAHARLANISHLAR VA ULARNING OLDINI OLISH TADBIRLARI"


Download 3.23 Mb.
bet128/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

MAVZU: "OVQATDAN ZAHARLANISHLAR VA ULARNING OLDINI OLISH TADBIRLARI"
MAVZUNI ASOSLASH: davolovchi vrach - bu ovqatdan zaharlanish o’choqlariga chaqiriq orqali birinchi bo’lib keluvchi tibbiy xodim hisoblanadi; bu sohani yaxshi o’zlashtirgan vrachgina bemorga to’g’ri tashxis qo’yilishi va uning tez sog’ayishini ta’minlaydi, shu bilan ovqatdan zaharlanishni kelib chiqish sabablarini to’g’ri va tez aniqlaydi. SHuning uchun umumiy amaliyot shifokori nafaqat bemorga dastlabki taxminiy ovqatdan zaharlanish tashxisini qo’yishi, balki ovqatdan zaharlanish o’chog’ida birlamchi profilaktik ishlarni o’tkazaolishi, hamda ovqatdan zaharlanish sabablarini aniqlashga kirishishi lozim
Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: talabalarga eng muhim ovqatdan zaharlanish shakllarini kelib chiqishida gigienik omillarning roli haqida, hamda davolash sohasidagi vrachning ovqatdan zaharlanish o’chog’idagi vazifalariga doir bilimlarni o’rgatish


MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI:
1.Ovqatdan zaharlanish haqida tushuncha va ularning tasnifi
2.Mikroblarga taaluqli ovqatdan zaharlanishlar va ularning oldini olish.
3.Bakteriyalar ishtirokisiz kelib chiqadigan ovqatdan zaharlanishlar va ularning oldini olish.
4.Ovqatdan zaharlanish o’chog’ida davolovchi vrachning vazifalari

Talabalarning ilk bilimlarini nazorat qilish uchun savollar:


mashg’ulotda asosan yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanilganligi sababli ularga maxsus savollar berilmaydi.


MASHG’ULOTNING MAZMUNI
Ovqatdan zaharlanishlar deb, ko’pincha o’tkir va ayrim hollarda surunkali tarzda kelib chiqadigan va sifatsiz ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish orqali kuzatiladigan kasalliklarga aytiladi. Etiologik sabalariga ko’ra ular quyidagi guruhlarga bo’linadilar:
1.Bakteriyalar ishtirokida kelib chiqadigan ovqatdan zaharlanishlar.
Toksikozlar – BOTULIZM. Hayvon va baliq chiqindilari tarkibida botulizm tayoqchasi tuproq va suv muhitiga tushadi. Botuliz toksinini hosil bo’lishi uchun uchun eng muvofiq sharoit – anaerobli muhitdir. SHuning uchun botulizmning kelib chiqishida go’sht mahsulotlari (kolbasa, konservalar), baliq mahsulotlari (sursitilgan va dudlangan baliq), uy sharoitida tayyorlangan mevali va sabzovotli konservalangan mahsultlarni iste’mol qilish bilan bog’liqdir.
Kasallikning inkubatsion davri: Ikki soatdan 10 kungacha, ko’pincha 12-36 soat kasallik klinikasida asosan nervparalitik holatlar ko’proq kuzatiladi.
Ko’rish funktsiyasining buzilishi: Ko’z oldi qorong’ilashishi, ko’zda to’r parda hosil bo’lishi sezgisi, buyumning ikkita bo’lib ko’rinishi, yorug’likka bo’lgan refleksining yo’qolishi, ko’z qorachig’ining kattalashishi va har xilligi, yumshoq tanglayning falajlanishi, til, yutqun, hiqildoqlarning falajlanishi, so’zlarning, chaynash, yutish jarayonlarining izidan chiqishi, oshqozon-ichak yo’li mushaklarining parezi (ichqotish, meteorizm) kuzatiladi. Tana harorati me’yorida yoki me’yoridan past bo’lib, puls tezligi oshib ketadi.
Davolanishning maxsus usuli bo’lib, bemorga yarimvalentli zardob yuboriladi. Botulizm zaharining borligini aniqlash uchun biologik namuna qo’yiladi. Bu maqsadda dengiz cho’chqasi yoki sichqonlardan foydalaniladi.
STAFILOKOKKLI TOKSIKOZlar – kasallik manbai – odam (angina, yuqori nafas yo’llarining yallig’lanishi, yiringli kasalliklar, teri yarasi, sigirlarda mastit kasalligi) hisoblanadi. Stafilokokk toksinining hosil bo’lishi uchun qulay sharoitlar quyidagilardan iborat: sut, sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, ayniqsa yog’li baliq konservalar. Kasallikning yashirin davri 1-6 soat. Tana harorati subfebril bo’lib, ko’ngil aynish, qusish, oshqozon sohasida og’riq, ich ketish hollari kuzatiladi. Kasallikka tashxis qo’yish uchun shubhali ovqat mahsuloti muhitiga o’xshaganda ko’p miqdorda enterotoksin ishlab chiqarilishiga va uning gemolotik xususiyatiga ko’ra qo’yiladi. Enterotoksin xususiyatini aniqlash uchun biologik namuna qo’yiladi.

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling