Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


- bob. Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish turlari va shakllari


Download 3.23 Mb.
bet194/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

4- bob. Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish turlari va shakllari

23. Ta’lim oluvchilarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlari, mutaxassislik bo’yicha tibbiyot kadrlarni klinik ordinatura (rezidentura), birlamchi maqsadli ixtisoslashtirishda qayta tayyorlash kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun tahlim muassasasida:


joriy, oraliq va yakuniy nazorat (attestatsiya);
integratsiyalashgan klinik-oldi (umumkasbiy), klinik (maxsus) imtixonlari;
bitiruvchilarning davlat imtixonlarini dastlabki akkreditatsiya bilan o’tkazish (yakuniy davlat attestatsiyasi)nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Nazorat (imtixon) shakllari - modul bo’yicha test, imtixon (yozma, og’zaki, amaliy (klinik), obektiv tizimlashtirilgan klinik imtixon (OSCE), obektiv tizimlashtirilgan imtixon (OSE) va boshkalar), magistrlik dissertatsiyasi himoyasi va boshqalar.
24. Modulning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni xamda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun belgilangan ballar to’g’risidagi ma’lumotlar pedagog xodim tomonidan birinchi mashg’ulotda ta’lim oluvchilarga e’lon qilinadi.
25. Nazorat turlarini o’tkazish va ta’lim oluvchilar bilimini baxolash tegishli kafedra (bo’lim, laboratoriya va xakozo) mudiri tomonidan tashkil etilgan pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
26. Nazorat turlarini o’tkazish va ta’lim oluvchilar bilimini baxolashga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soxa mutaxassislari xam jalb kilinishi mumkin.
5-bob. Joriy nazoratni o’tkazish
27. Joriy nazorat ta’lim oluvchining modul mavzulari bo’yicha bilimi, amaliy ko’nikmalar va kompetentsiyalarni egallaganlik darajasini aniqlash va baxolash usuli xisoblanadi. Joriy nazorat tahlim oluvchi tomonidan modul mavzusi mazmunini o’zlashtirganlik darajasini baxolashga qaratiladi, shuningdek, o’quv materialini konstruktiv ravishda sharxlash va taxlil qilish, modulga oid ko’nikmalarini rivojlantirish, amaliy ko’nikmalar (sifati va belgilangan soni jixatdan) va kompetentsiyalarni egallash, kasbiy amaliy ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltirilgan muammoli vaziyatlarni xal etish (keys-stadi), jamoada ishlash, prezentatsiyalar tayyorlash va x. k. ni baxolashga qaratiladi.
28. Modulning mazmunidan kelib chikkan xolda bir semestrda o’qitiladigan kundalik mashgulotlar yoki bir-biriga bog’lik mavzulari kafedra (bo’lim, laboratoriya va x.k.) tomonidan bloklarga birlashtiriladi va ularni o’zlashtirish natijasida ta’lim oluvchilar modul doirasida kelgusi kasbiy faoliyat uchun zarur bo’lgan mustaqil nazariy bilim, amaliy kunikmalar va kompetentsiyalar majmuiga ega bo’lishlari shart.
29. Modulning kundalik mashg’ulotlar yoki har bir blok mavzusi doirasida joriy nazorat seminar, o’kuv(klinik) amaliyoti, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida, odatda, quyidagi shakllarda o’tkaziladi: og’zaki so’rov (mantiqiy muammoli savollarni qo’llagan xolda), takdimot (modulning tegishli mavzusi buyicha kichik-guruxlar doirasida), kasbiy amaliy ko’nikmalarni qo’llashga o’aratilgan muammoli vaziyatlarni xal etish (keys-stadi), jamoada ishlash (zamonaviy interfaol uslublarni qo’llagan xolda va x.k.), modulga oid muammolarni taxlil qilish, amaliy (shu jumladan klinik) ko’nikmalarini (sifati va belgilangan soni jixatdan) o’zlashtirish, kompetentsiyalarni egallash xamda kafedra (bulim, laboratoriya va x.k.) tomonidan belgilanadigan boshka shakllarda o’tkaziladi. Joriy nazorat shakllari modulning dasturida qayd etiladi.
30. Modulning kundalik mashg’ulotlari bo’yicha har kuni yoki har bir mavzular bloki o’kitiladigan oxirgi kuni pedagog xodim joriy nazoratni yakunlaydi va ushbu nazorat turi bo’yicha ta’lim oluvchilarning ballarini qo’yadi. Bunda, kundalik baxolash yoki har bir modul mavzulari bloki buyicha ta’lim oluvchi olgan baxolar yigindisi mashgulotlar soni yoki mos ravishda, modul bloklari soniga bo’linadi va semestr davomida to’’langan joriy nazorat baxosi aniklanadi. Semestrdan-semestrga o’tuvchi modullar bo’yicha har bir semestrda to’’langan joriy nazorat o’rtacha baxolarning yig’indisi semestlar soniga bo’lish orqali modulning o’rtacha joriy nazorat baxosi anilanadi.
31. Joriy nazorat uchun o’qituvchi jurnallari (elektron jurnal) o’quv bo’limi (boshqarmasi) tomonidan tayyorlanadi, bo’lim (boshqarma) boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi xamda tegishli o’quv yili boshlanishidan oldin tegishli kafedra (bo’lim, laboratoriya va x.k.)larga taqdim qilinadi.

  1. Joriy nazorat natijalari kundalik mashg’ulotlarni yoki har bir modul mavzulari bloki bo’yicha aloxida ravishda pedagogning elektron jurnalida xamda tahlim oluvchi reytingini xisobga olish elektron tizimiga tegishli pedagog xodim tomonidan tahlim muassasalarining o’quv ishlari bo’yicha raxbar o’rinbosarlari (prorektor, filial direktori o’rinbosarlari va o’rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarlari) tomonidan belgilanadigan muddat ichida, oralik nazorat davri boshlangunga qadar kiritilishi shart. O’quv ishlari buyicha raxbar o’rinbosarlari (prorektor, filial direktori o’rinbosarlari va o’rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarining o’quv ishlari buyicha o’rinbosarlari)ning bildirgisiga asosan muddatni buzgan pedagog xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo’llanishi mumkin. Modul buyicha joriy nazoratning natijasi pedagog xodim tomonidan imzolanadigan (tayyorlangan elektron) qaydnoma ko’rinishida shakllantiriladi.

  2. Joriy nazorat natijalarining o’z vaqtida tahlim muassasalari o’quv bo’limlari va dekanatlariga taqdim etilishi, shuningdek, o’qituvchi jurnali xamda tahlim oluvchilar reytingini xisobga olish elektron tizimida uni to’liq va to’g’ri aks ettirish uchun javobgarlik tegishli modulni o’qitadigan pedagog xodimlar zimmasiga ko’lanadi.

  3. Kundalik mashg’ulotlarda yoki modul mavzulari bloklari buyicha joriy nazoratni o’z vaqtida topshira olmagan xamda darsda qatnashmagan ta’lim oluvchilarga, joriy nazoratni o’quv semestri davomida qayta topshirishga ruxsat etiladi.

  4. Joriy nazoratni to’liq o’zlashtirmagan ta’lim oluvchilar oraliq va yakuniy nazoratga qo’yilmaydi.

6- bob. Oralik nazoratni o’tkazish

  1. Oraliq nazorat semestr davomida yoki semestrdan-semestrga o’tuvchi yakunlanmagan modul dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugagandan keyin ta’lim oluvchining bilim darajasini baholash va amaliy ko’nikmani (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetentsiyalarni egallaganligini aniqlash usuli hisoblanadi va o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi.

  2. Oraliq nazorat ta’lim oluvchi tomonidan modul dasturining tegishli bo’limlari mazmunini o’zlashtirish darajasi, tahlim oluvchining adabiyotlardan foydalanishi, kasbiy amaliy ko’nikmalarni qo’llashga qaratilgan muammoli vaziyatlarni xal etish (keys-stadi), tizimli taxlil, mantiqiy fikrlash, mustakil tadqiqot olib borish, amaliy ko’nikmani (sifati va belgilangan soni jixatdan) va komnetentsiyalarni egallaganligini, o’z fikrlarini izchil va anik bayon qilish qobiliyatini baxolashga qaratilgan.

  3. pedagog xodimlar oraliq nazorat natijalarini o’quv bo’limiga topshirishi va ta’lim oluvchilar reytingini xisobga olish elektron tizimi xamda o’qituvchi (elektron) jurnaliga kiritishi shart.

  4. Tegishli pedagog xodim tomonidan ta’lim muassasalarining o’quv ishlari bo’yicha raxbar o’rinbosarlari (prorektor, filial direktori o’rinbosarlari va o’rta maxsus professional tahlim muassasalari direktorlarning o’quv ishlari buyicha o’rinbosarlari) tomonidan belgilanadigan muddat ichida, yakuniy nazorat davri boshlangunga qadar kiritilishi shart. O’kuv ishlari buyicha raxbar urinbosarlari (prorektor, filial direktori urinbosarlari va o’rta maxsus ‘rofessional tahlim muassasalari direktorlarning o’quv ishlari buyicha o’rinbosarlari)ning bildirgisiga asosan muddatni buzgan pedagog xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo’llanishi mumkin. Modul bo’yicha oraliqnazoratning natijasi pedagog xodim tomonidan imzolanadigan (tayyorlangan elektron) qaydnoma ko’rinishida shakllantiriladi.

  5. Oralik nazorat jadvallari o’quv reja asosida o’quv bo’limi tomonidan tuziladi va o’quv ishlari bo’yicha raxbar o’rinbosarlari (prorektor, o’rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarlari, filial direktori o’rinbosarlari) tomonidan tasdiqlanadi.

  6. Oralik nazorat shakli va muddati modulning xususiyatidan kelib chiqib tegishli kafedra (bo’lim, laboratoriya va x.k.) tomonidan belgilanadi.

  7. Oralik nazorat to’shiriqlari tegishli kafedra (bo’lim, laboratoriya va x.k.) pedagoglari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur raxbariyat tomonidan tasdiklanadi.

  8. Ta’lim oluvchi modul buyicha yakuniy nazorat turi o’tkazilgan muddatga qadar oralik nazorat turini topshirgan bo’lishi shart.

  9. Ta’lim oluvchi uzrli sabablarga ko’ra oraliq nazorat turiga kirmagan takdirda ushbu ta’lim oluvchi tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

  10. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi buyicha qoniqarsiz baxo olgan ta’lim oluvchi yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

  11. Oraliq nazorat o’tkazish belgilangan muddatda modul buyicha oraliq nazoratga qo’yilmagan va qonikarsiz baxo olgan ta’lim oluvchi, akademik karzdor xisoblanadi, unga yangi semestr boshida bir oy davomida akademik qarzdorlikni bartaraf etish uchun kayta topshirishga ruxsat beriladi.

7- bob. Yakuniy nazoratni o’tkazish

  1. Yakuniy nazorat muayyan modul bo’yicha ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarini o’zlashtirish, amaliy kunikmalar (sifati va belgilangan soni jixatdan) va kompetentsiyalarni egallaganlik darajasini baxolash usuli xisoblanadi va semestr yoki modul yakunida utkaziladi.

  2. Yakuniy nazorat ta’lim oluvchining modul dasturi mazmunini o’zlashtir-ganlik darajasi, uning mantikiy fikrlashi, modulga oid bilimlarni nazariy va amaliy jixatlarini o’zlashtirish, amaliy kunikmalarni to’liq egallash, kasbiy amaliy kunikmalarni ko’llashga karatilgan muammoli vaziyatlarni (keys-stadi) hal etish, tizimli, tanqidiy taxlil qila olishi, dalillarga asoslangan tibbiyotni qo’llashda uz fikrlarini izchil va anik bayon qilish qobiliyatlarini baholashga qaratilgan.

  3. Yakuniy nazorat shakli va muddati modulning xususiyatidan kelib chikib tegishli kafedra (bulim, laboratoriya va xj.) tomonidan belgilanadi va ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiklanadi.

  4. Yakuniy nazorat uchun tayyorlangan topshiriklar, koida tarikasida, tegishli kafedra (bulim, laboratoriya va xj.) ‘edagoglari tomonidan modul doirasida o’tilgan mavzularni qamrab olgan holda tayyorlanishi lozim va ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiklanadi.

  5. Yakuniy nazoratni utkazish o’kuv ishlari buyicha raxbar urinbosarlari (prorektor, filial direktori o’rinbosarlari va o’rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o’kuv ishlari buyicha o’rinbosarlari) tomonidan tasdiklangan jadval asosida utkaziladi.

  6. Auditoriya raxbarlari va kuzatuvchilarning tasdiqlangan ro’yxati ta’lim muassasasi tarkibiy bo’linmalari e’tiboriga yetkaziladi.

Yakuniy nazoratni o’tkazishda kelishuv asosida boshka ta’lim muassasalarining tegishli modul buyicha pedagoglari jalb kilinishi mumkin..

  1. Yakuniy nazoratga pedagog xodimning sababsiz kelmasligi (yoki kechikib kelishi) ularga nisbatan intizomiy choralarni qo’llashga asos buladi. Kelmagan pedagog xodimning almashtirish majburiyati tegishli kafedra mudiri zimmasiga yuklatiladi.

  2. Ta’lim oluvchilar yakuniy nazorat o’tkazilayotgan auditoriyaga faqat ta’lim oluvchilar guvoxnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa xujjatni taqdim etganlaridan so’ng kiritiladi.

  3. Imtixon jadvalida belgilangan nazorat (imtixon) vaqti rasman boshlangandan so’ng kelgan ta’lim oluvchilar unda ishtirok etishga qo’yilmaydi. Kechikib kelishning sababi uzrli deb topilganda, ta’lim oluvchi auditoriya raxbarining roziligi bilan kiritilishi mumkin.

  4. Yakuniy nazorat o’tkazilayotgan auditoriyaga imtixon komissiyasi a’zolari, auditoriya raxbari va kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning kirishi qat’iyan taqiqlanadi. Yakuniy nazorat o’tkazish jarayoni rektor (direktor), o’quv ishlari bo’yicha raxbar o’rinbosarlari (prorektor, filial direktori o’rinbosarlari va o’rta maxsus professional tahlim muassasalari direktorlarning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarlari) xamda fakultet dekanlari (o’rta maxsus professional ta’lim muassasasi bo’lim boshliqlari) tomonidan nazorat qilib turilishi mumkin.

  5. Nazorat (imtixon) o’tkazilayotgan modul bo’yicha kafedra (bo’lim, laboratoriya va x-k.) mudiri yakuniy nazorat imtixonining borishi, xususan, tegishli pedagog xodimlarning o’z majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

  6. Yakuniy nazorat o’tkazishga mas’ul pedagog xodimlarning majburiyatlari:

Ta’lim oluvchilarni yakuniy nazorat boshlanishidan avval uni o’tkazish tartibi va davom etish vaqti xakida xabardor qilish;
Ta’lim oluvchilarning mobil telefonlarini o’chirishlari va topshirishlarini ta’minlash;
Ta’lim oluvchilarga yakuniy nazorat davomida foydalanish taqiqlangan barcha predmetlarni kuzatuvchilarga o’z ixtiyorlari bilan topshirishlarini taklif etish;
Ta’lim oluvchilarni auditoriyada bir-birlaridan ko’chirishlari va o’zaro gaplashish uchun imkon bo’lmaydigan xolda joylashtirish;
yakuniy nazorat o’tkazilayotgan to’liq vakt davomida tartibga lozim darajada rioya qilinishini ta’minlash;
zarur bo’lganda tahlim oluvchilarga qayd etilgan noaniqliklar, texnik xatolar yoki topshiriqni bajarishga qo’yiladigan maxsus talablar xakida ma’lumot berish;
yakuniy nazorat o’tkazish qoidalarini buzgan ta’lim oluvchilarni tegishli dalolatnoma tuzgan xolda imtixondan chetlashtirish.

  1. Yakuniy nazorat utkazish davomiyligi ta’lim muassasasining o’kuv-uslubiy bo’limi va fakultet dekanati (o’rta maxsus professional ta’lim muassasasi bulim boshliqlari) tomonidan belgilanadi. Nazorat (imtixon) vakti auditoriya raxbari tomonidan yo’l-yo’rik berilgan vaqtdan boshlanadi.

  2. Yakuniy nazorat utkazish vaqtida ta’lim oluvchilarning imtixon topshiriklarining mazmuni to’g’risidagi murojaatlari ko’rib chiqilmaydi.

  3. Yakuniy nazorat ta’lim oluvchi tomonidan mustakil ravishda bajarilishi va topshirilishi shart.

  4. Yakuniy nazorat imtixoniga ta’lim oluvchi o’rniga boshka ta’lim oluvchi yoki boshqa shaxs kirgan xolatlar aniqlanganda, ta’lim oluvchiga nol reyting bali qo’yilib, tahlim muassasasining ichki tartib koidalariga muvofik javobgarlikka tortilishiga asos bo’ladi.

  5. Bir kunda bittadan ortiq modul bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkazilishiga yo’l qo’yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o’tkazish kamida 2 kun oralig’ida belgilanishi lozim.

8-bob. Nazoratning ob’ektivligini ta’minlash

  1. Nazorat turlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishini shaffof, xolis (obektiv) va anik baxolash imkoniyatini berishi shart.

  2. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting (yoki elektron) qaydnomalari o’quv bo’limiga belgilangan muddatlarda taqdim qilinishi (rasmiylashtirilishi) kerak.

  3. Kafedra (bo’lim, laboratoriya va h-k.)ning pedagog xodimlari joriy nazorat-ni o’tkazish davrida ta’lim oluvchilar bilimi, amaliy ko’nikmalar va kompetentsiyalarni xolis va obektiv baxolashlari, oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazish jarayonida imtixon komissiyasi tarkibiga kiritilgan a’zolar tomonidan adolat va shaffoflik mezonlarini ta’minlanishi kafedra mudiri, fakul’tet dekanlari, o’quv ishlar bo’yicha raxbar o’rinbosarlari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.

  4. Joriy nazorat natijalari kundalik yoki blokli modullar bo’yicha nazorat o’tkazilgan kuni, oralik xamda yakuniy nazorat natijalari ikki kun muddat ichida ta’lim oluvchilar ehtiboriga yetkaziladi.

  5. Baxolash jarayonida noxolislik va subektivlikka yo’l qo’ygan pedagog xodimlarga nisbatan o’quv ishlari buyicha raxbar o’rinbosarlari (prorektor, o’rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarlari, filial direktori o’rinbosarlari) takdimnomasiga ko’ra intizomiy jazo choralari qo’llanishi mumkin.

  6. Fakultet dekanati (o’rta maxsus professional ta’lim muassasasi bo’limi)

va kafedra (bo’lim, laboratoriya va xj.) tekshirilgan obektiv strukturalashtirilgan (klinik) imtixon (OSI/OSKI) baxolash varakalarini, yozma ishlar bilan tanishish uchun ta’lim oluvchilarga imkon yaratib beradi. Ta’lim oluvchi qo’yilgan balldan norozi bulsa, o’z ishi bilan tanishgandan so’ng bir sutka davomida (joriy nazorat natijasidan norozi bo’lganda — joriy nazorat natijalaridan xabardor bo’lgan vaktdan boshlab bir sutka davomida) fakulg’tet dekani (o’rta maxsus professional ta’lim muassasasi bo’lim boshlig’i) nomiga apellyatsiya shikoyatini berishi mumkin. Appelyatsiya shikoyat arizasi tushgan kundan boshlab 3 kun ichida ko’rib chiqilib, xulosa beriladi.

  1. OSE/OSCE imtixonini baxolash o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Test imtixoni kompyuter vositasida maxsus o’rnatilgan elektron dasturda amalga oshiriladi va test natijasi test yakunlangan so’ng ta’lim oluvchi ehtiboriga yetkaziladi.

71. Ta’lim muassasasida nazorat turlarini o’tkazilishi tegishli tahlim muassasasining tahlim sifatini nazorat qilish bo’limi (xodimi) tomonidan doimiy ravishda o’rganib boriladi. Bunda nazorat turlarnii o’tkazilish tartibi va obektivlikni buzilish xolatlarida, o’tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi xamda tegishli nazorat turi qaytadan o’tkazilishi mumkin.
9 bob. Ta’lim oluvchilar bilimini baxolash tartibi va mezonlari



  1. Ta’lim oluvchining har bir modul buyicha o’zlashtirish darajasi ta’lim oluvchilarning bilim, malaka, ko’nikma va kompetentsiyalarini baxolashning “100 ballik”baxolash tizimi orqali amalga oshiriladi, butun sonlar bilan baxolanadi va nazorat turlari yigindisining o’rtacha ballini reyting tizimiga konvertatsiya qilish asosida ballarda aks ettiriladi.

  2. Bir semestr davomida yakunlanuvchi modul bo’yicha joriy va yakuniy nazorat turlari o’tkaziladi xamda nazorat turlari yig’indisini ikkiga bo’lish orqali ta’lim oluvchining o’rtacha baxosi aniqlanadi, o’rtacha baxo konvertatsiya qilish orqali reyting balli xisoblanadi.

  3. Ikki va undan ortiq semestr davom etuvchi modullarda joriy, semestrdan-semestrga o’tishda sinov shaklida oraliq xamda modul yakunida yakuniy nazorat o’tkaziladi. Barcha semestrlardagi joriy nazoratlarining o’rtacha balli, oraliq va yakuniy nazorat baxolarining yigindisini uchga bo’lish orqali ta’lim oluvchining modulni o’zlashtirish o’rtacha baxosi konvertatsiya qilish orqali reyting balli xisoblanadi.

  4. Joriy, oralik va yakuniy nazoratlarni baxolashda xamda mosravishda modulni o’zlashtirish reyting ko’rsatkichini aniqlashda ta’lim oluvchining nazariy bilimlari, amaliy ko’nikmalari va kompetentsiyalari quyidagi mezonlar asosida aniklanadi:


Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling