Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Bolalar va O’smirlar gigienasi fanidan


Download 3.23 Mb.
bet206/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Bolalar va O’smirlar gigienasi fanidan
Masala №1
Maktabgacha ta’lim muassasalarida sun’iy yoritilganlik darajasi aniqlanganda quyidagi ko’rsatkichlar aniqlandi: guruh xonasining maydoni 60m2 ni tashkil qiladi, guruh va ovqatlanish xonasida 8 ta yoritish chiroqlari o’rnatilgan bo’lib, har birining quvvati 150 Vattni tashkil qiladi. Yoritilganlik darajasi guruh xonasining poli yuzasidagi 1 metr balandlikda 75 lk ni tashkil qiladi.
1.Guruh xonasidagi umumiy va solishtirma yoritilganlik quvvatini aniqlang.
2.Guruh xonasidagi yoritilganlik darajasiga gigienik baho bering.


Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №2
7 yoshli shaharda istiqomat qilayotgan o’g’il bolaning jismoniy rivojlanishi ko’rsatkichlar quyidagicha: bo’yi 122 sm, tana vazni 26,4 kg, ko’krak qafasining aylanasi 61,1 sm. Ushbu yosh uruhi uchun standart ko’rsatkichlari quyidagicha: bo’yi uchun 121,5 sm, vazni uchun-24,4 kg, ko’krak qafasi aylanasi uchun-61,1 sm. Ushbu yosh ko’rsatkichlari uchun sigma belgi ko’rsatkichi: bo’y uchun-0,1 sm, vazni uchun 2,3 kg, ko’krak qafasi aylanasi 3,3 sm.
1.Bolaning jismoniy rivojlanishiga regressiya shkalasi bo’yicha baho bering.


Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №3
Sinf xonasidagi tabiiy yoritilganlik darajasi 200 lk ni tashkil qiladi, bino tashqarisidagi yoritilganlik darajasi quvvati 10.000 lk ni tashkil qildi. Deraza oynalarining oynaband sohasi yuzasi 10 m 2 ni, sinf xonasining maydoni 50m2ni, balandligi 6 metrni tashkil qildi. Pol yuzasidan deraza oynasining yoritilganlik beruvchi eng baland qirrasigacha bo’lgan masofa 3 metrni tashkil qildi.
1.O’quv xonasining tabiiy yoritilganlik darajasiga gigienik baho bering.
2.Yoritilganlik darajasini me’yorlashtirish darajasini asoslab bering.


Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №4
Kollejning temirchilik ustaxonasi binoning birinchi qavatida joylashtirilgan bo’lib, maydoni 340m2 ni tashkil qiladi. Temirchilik dastgohlari yorug’lik olib keluvchi devorga nisbatan parallel joylashtirilgan. CHuqurlik koeffitsienti 1:4 nisbatni tashkil qildi. Sun’iy yoritilganlik lyuminitsent chiroqlar orqali amalga oshiriladi. Aralash yoritilganlik holatida temirchilik dastgohlari oldidagi yoritilganlik darajasi 400-500 lk ni tashkil qildi. Barcha dastgohlar mahalliy yoritish moslamalari bilan jihozlangan. Mahalliy yoritish moslamalaridagi kuchlanish darajasi 220 Vtni tashkil qildi.
1.Temirchilik ustaxonasining joylashtirilishi va yoritilish darajasining loyihasiga gigienik baho bering.



Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling