Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan


Download 3.23 Mb.
bet209/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №13
Tumandagi faoliyat ko’rsatayotgan 30 ta bolalar bog’chasining har biridan 25 tadan xodim sanitariya maorifi kursini yil davomida o’tishi kerak. DSENM BO’GB vrachining ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, 80% MTM xodimlari gigienik ta’lim kursiga jalb qilingan.
1. Qancha xodimlar sanitariya maorifi kursini o’tishga jalb qilingan.


Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №14
Toshkent shahridagi 300-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 2012 yil umumiy yuqumli kasalliklarning uchrash soni ro’yxatdagi 200 nafar bola orasida 60 tani tashkil qildi, 525-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida esa yuqumli kasalliklarning uchrash soni 320 nafar bolalar ichida 83 tani tashkil qildi, 510-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 245 nafar qayd etilgan bolalar orasida 54 hodisa kasalliklar uchrgan.
1.Ko’rsatilgan har bir maktabgacha ta’lim muassasasidagi yuqumli kasalliklar sonini tahlil qiling.
Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №15
3 qavatli maktabgacha ta’lim muassasasi binosi kvartal ichida 500 metr xizmat ko’rsatish doirasida joylashtirilgan. Qurilish ishlari 3 yil oldin axlat o’rni bo’lgan joyda amalga oshirilgan. Yer maydonida quyidagi mintaqalar mavjud: guruh maydoni, umumiy jismoniy tarbiya maydoni, xo’jalik maydoni, hovli-bog’ maydoni. Har bir guruh maydoni ko’kalamzorlashtrilgan chegara bilan ajratilgan. Maktabgacha ta’lim muassasasi 3metr balandlikdagi baland panjara bilan o’ralgan. Bino atrofida namatak o’sib, xo’jalik mintaqasida bitta chiqish eshigiga ega. Yasli guruhi binoning 2-qavatda joylashtirilgan.
1. Bog’chaning yer maydoni tarkibiy qismlariga gigienik baho bering.
Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №16
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi hojatxonaning poli yuzasi va unitazlar kuniga bir marta issiq suv bilan yuviladi. Unitazlardagi siydik tuzlarining qoldiqlari sovunli suvga botirilgan maxsus moslama yoki kvach bilan tozalanadi. Hojatxonadagi tuvaklar oqib turgan suvda kuniga 2 mahal cho’tka va kvach bilan yuviladi. So’ngra cho’tka va kvach 1% li xloraminda 15 daqiqa davomida zararsizlantiriladi. Unitaz va bolalar tuvaklarining tozalanish tartibiga gigienik baho bering.



Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling