Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №9
Toshkent shahri 278-sonli umumta’lim maktabida 1400 o’quvchi orasida rejalashtirilgan tibbiy ko’rik natijalariga asosan 520 o’quvchi 1 chi salomatlik guruhiga, 450 ta o’quvchi 2 chi salomatlik guruhiga kiritildi, 3 chi salomatlik guruhiga 2 chi salomatlik guruhiga nisbatan 100 ta bola kam miqdorda kiritildi. Qolgan o’quvchilarning barchasi 4 chi salomatlik guruhiga kiritildi.
1. Maktab o’quvchilarini salomatlik guruhlari bo’yicha qancha foizni tashkil qilishini %larda hisoblang.
Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №10
Maktab binosi 5 qavatli blok turida qurilgan bo’lib, xizmat ko’rsatish doirasi 500 m, 1-sinf xonasi 2-qavatda joylashgan bo’lib, maydoni 75 m2ni tashkil qildi. Sinfdagi bolalar soni 40 nafar. Tibbiy punkt 3-qavatda joylashgan bo’lib, uning tarkibida: vrach xonasi uzunligi 4 m , umumiy maydoni 10 m2ni tashkil qiladi, tish vrachi xonasi 8 m2, muolaja xonasi maydoni 5 m2ni tashkil qildi.
1.Keltirilgan ma’lumotlarga gigienik baho bering.
Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №11
Sinf xonasidagi havo-issiqlik tartibi tekshirilganda ыuyidagi ma’lumotlar olindi: havoning almashinuvi tabiiy usulda 0.2smx0.2sm o’lchamdagi framuga yordamida tashkillashtiriladi. Havoning harorati 24S darajani, namligi 20% ni, havoning harakat tezligi 0.02 metr soniyani tashkil qildi. Sinf xonasining maydoni 50 m2ni, balandligi esa 3 metrni tashkil qildi.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib:
1.Sinf xonasining havo-issiqlik almashinuv tartibini baholang.
2.Sinf xonasidagi havo-issiqlik tartibini me’yorlashtirish chora-tadbirlarini ko’rsating.
Bolalar va o’smirlar gigienasi fanidan
Masala №12
Toshkent viloyatining aholi kam yashaydigan joyida joylashtirilgan 290 o’ringa mo’ljallangan maktabgacha ta’lim muassasaning binosi 3 qavatli, blok tarkibida qurilgan. Xizmat ko’rsatish doirasi 2 km. Binoda quyidagi xonalar: uslubchi xonasi, tibbiy va ma’muriy-xo’jalik xizmati xonalari, oshxona va kir yuvish xonalari joylashtirilgan. Yasli guruhining guruh yacheykasi binoning 2-qavatda joylashtirilgan bo’lib, 25 nafar bolaga mo’ljallangan. Maktab oldi guruhlarining 6 tasiga bitta umumiy tashqariga chiqadigan yo’lak ajratilgan.
1.Keltirilgan ma’lumotlarga asosan MTMni xonlarining binoda joylashtirilshiga gigienik baho bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |