8 XULOSA.
Mexnat fiziologiyasi fani -turli xil mexnat faoliyatida organizmda bo’ladigan funksional xolatini o’rgatuvchi fandir.
Mexnat fiziologlarining asosiy maqsadi-turli mexnat jarayonlarida bo’ladigan fiziologik tadqiqotlarga asoslanib ish bajarish qobiliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Mexnat fiziologiyasi fanini rivojlantirishga asos solgan olimlar quyidagilar: I.M Sechenov, Uxtomskiy, Vvedenskiy, I.P Pavlov. Bu olimlar ta'limotiga asosan mexnat fiziologiyasi, o’rganish uslubini yaratib beradi. Ayniqsa olimlarimizdan Sechenov va Pavlov ta'limotlariga asoslanib, mexnat fiziologiyasini o’rganish prinsiplarini olib bordilar.
1.Prinsip. Organizm tashqi muxit bilan birligi va o’zaro bogliqligi ta'limoti. Bu demak, organizmda sodir bo’ladigan fiziologik o’zgarishlarni, biz ishlab chiqarish sharoitida o’rganishimiz kerak. Bundan xulosa chiqadiki, turli mexnat faoliyatini o’rganishda sharoitni albatta bilishimiz kerak.
2.Prinsip. Organizmni bir butunligi ya'ni aloxida organ va sistemalarda sodir buladigan o’zgarishlarda aks sadosi butun organizmda qayd etish mumkin.
3.Prinsip. Markaziy nerv sistemasini boshqaruvchi roli. Organizmda barcha sodir buladigan jarayonlar bevosita m.n.s tomonidan boshqariladi. Biz siz bilan mexnat fiziologiyasi vazifasi ish qobiliyatini oshirish dedik. Demak mexnat fiziologiyasini o’rganishda asosiy terminologik bilan tanishib o’rganish.
Ish bajarish qobiliyati- bu kishini imkoni boricha uzoq muddat davomida sifat va miqdor ko’rsatkichlari o’zgargan ish bajarish qobiliyatiga aytiladi. Trenirovka-takroriy ish bajarish natijasida yuzaga keladigan va ish bajarish qobiliyatini oshiradigan organizmdagi umumiy o’zgarishlar. Mashq-«organizmning ma'lum bir ayrim faoliyatida ish bajarish qobiliyatini oshishi bilan ifodalanuvchi jarayondir, ya'ni mashutrenirovkaning xususiy ayrim bir qismidir.
Charchash-uzoq davom etuvchi,jadal notanish xamda statik ishni bajarish natijasida yuzaga kelib, ish bajarish qobiliyatiga olib keluvchi organizmda jami qaytar jarayondir. Ya'ni mexnat faoliyatini ta'siri ostida ish bajarish qobiliyatining vaqtinchalik va qaytar pasayishidir.
Mexnat va dam olish tartibi - mexnat va dam olish davrlarining almashishi va davomiyl igidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |