Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Download 3.23 Mb.
bet31/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Интернет сайтлари:
25. www.minzdrav.uz;
26. www.tma. uz
27. www. Ziyоnet;
28. www.hygiene.uz;
29. www.radiation.uz;
30. https://www.iaea.org/ (International Atomic Energy Agency)
31. www.radiation-and-risk.com.
32. www.uran.pro
MAVZU: OVQATLANISH GIGIENASI FANI HAQIDA TUSHUNCHA.


Ovqatlanish gigienasi fanining tarixi.
Tayanch so’zlar: ratsional ovqatlanish, nutritsiologiya, nutriogenomika, ekspertiza, ekstremal sharoitlar, oziq- ovqatlar xavfsizligi,
Ovqatlanish gigienasi – sog’lom va bemor odamlarning ratsional (optimal) ovqatlanishini tashkil etish qonuniyatlari va qoidalari haqidagi fandir. Uning doirasida turli aholi guruhlarining ovqatlanishini optimallashtirish va oziq-ovqat manbalari, xom-ashyolari va mahsulotlari ishlab chiqarilishi va aylantirilishining barcha bosqichlaridagi sanitariya muhofazasi bo’yicha ilmiy asoslar va amaliy tadbirlar ishlab chiqiladi.
Ovqatlanish gigienasining asosiy jihatlari fiziologik jarayonlar, hazm qilishning biokimyoviy mexanizmlari, ovqat hazmlanishi va nutrientlar hamda oziq-ovqat mahsulotlaridagi boshqa tarkibiy qismlarning hujayraviy metabolizatsiyasi, shuningdek, nutriogenomika, ya’ni genlar ekspressiyalanishining alimentar regulyatsiyasi asoslarini o’rganish bilan bog’liqdir.
Ovqatlanish bu, oziqalarning organizmga tushishi, hazm bo’lishi, so’rilishi va o’zlashtirilishi bilan kechadigan to’qima va hujayralarning tarkib topishida zarur bo’lgan, organizmda sarflangan energiyani qoplovchi va uning funktsiyasini boshqaruvchi murakkab jarayondir.
Bevosita ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan amaliy yoki ilmiy-amaliy jihatdan olganda, ovqatlanish gigienasi bir tomondan ozuqa moddalari va quvvatga bo’lgan fiziologik ehtiyojlar me’yorlarini belgilaydi, oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga bo’lgan talablarni va turli oziq-ovqat mahsulotlari guruhlarining yoshga oid, ijtimoiy, jo’g’rofiy va ekologik omillar, tartiblar va ovqatlanish sharoitlariga bog’liq ravishda iste’mol etilishi bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqsa, boshqa tomondan, oziq-ovqat mahsulotlari va ular bilan aloqada bo’luvchi materiallarning sifati va xafsizligini sanitariya-epidemiologiya (gigiena) ekspertizasi bo’yicha va oziq-ovqat ob’ektlarining qurilishi va foydalanilishi paytidagi mos kelishini nazorat qilish bo’yicha tadbirlarni cheklab qo’yadi.
Ovqatlanish gigienasi fiziologiya, biokimyo, toksikologiya, mikrobiologiya, epidemiologiya, ichki kasalliklar, shuningdek, ovqatlanish holatining baholanishi, oziq-ovqat huquqiy ko’rsatkichlari va alimentar moslashish, oziq-ovqatlarning ozuqaviy va biologik qiymatini qamrab oluvchi shaxsiy noyob yondoshuvlari va uslubiyatlari, sohasidagi ilmiy izlanishlar umumiy uslubiyatidan foydalangan holda fan sifatida rivojlanadi.
Ovqatlanish gigienasi rivojlanishining hozirgi davri quyidagi ilmiy-amaliy yo’nalishlar tadbiq etilishi bilan bog’liq:
• O’zbekiston aholisi sog’lom ovqatlanishi sohasidagi davlat siyosati asoslarini ishlab chiqish;
• ovqatlanishning fiziologik-biokimyoviy asoslari bo’yicha fundamental izlanishlar;
• O’zbekiston aholisining ovqatlanish holatining doimiy monitoringi;
• alimentar-bog’liq kasalliklar profilaktikasini tashkillashtirish;
• oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi muammolari bo’yicha tadqiqotlar;
• noan’anaviy va yangi ozuqa manbalarini baholashga ilmiy-uslubiy yondoshuvlarni ishlab chiqish;
• bolalar, parhez va profilaktika ovqatlanishining ilmiy asoslari va amaliyotini ishlab chiqish va takomillashtirish;
• zamonaviy ekologik sharoitlarda alimentar moslashuv tizimlarining ilmiy asoslanishi va amaliy tadbiq etilishi;
Kasbiy ta’lim va o’qitish tizimida ham, shuningdek, butun jamiyatda ham ta’lim va tashviqot dasturlarini keng tadbiq etish.
Sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosati deganda turli aholi guruhlarining o’z an’analari, odatlari va iqtisodiy sharoitlarining gigiena fani talablariga mosligidan kelib chiqqan holda ratsional, sog’lom ovqatlanishga bo’lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlovchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Ovqatlanish aholi salomatligini belgilovchi muhim omillardan biridir. To’g’ri ovqatlanish bolalarning me’yorida o’sishi va rivojlanishini ta’minlab, kasalliklar profilaktikasiga, odamlarning umri uzayishiga, ish qobiliyati oshishiga ko’maklashadi va ularning atrof muhitga teng moslashishi uchun sharoit yaratadi.
Oziq -ovqat mahsulotlarining turini ko’payib borayotganligi, oziq- ovqat sanoatida irsiy o’zgartirilgan texnologiyalarning qo’llanilishi bevosita mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash uchun ratsional ovqatlanish (sog’lom, balanslashgan ovqatlanish) tushunchasining kiritilishini takozo etadi.
Ratsional ovqatlanish buzilishi oqibatida ona suti bilan emizish darajasi pasayadi, bolalar va o’smirlar salomatlik ko’rsatkichlari va antropometrik xususiyatlari yomonlashadi.
Ratsional ovqatlanishning yomonlashishi ozuqa xom-ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning inqiroziy holatda ekanligi, shuningdek, mamlakat aholisining ko’proq qismining o’tish davrida harid qilish imkoniyati keskin pasayganligi (1991 yildan so’ng) tufayli yuzaga kelgan. Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqa xom-ashyosining sifati muammosi ayniqsa jiddiylik kasb etmoqda. Sog’lom ratsional ovqatlanish masalalari bo’yicha aholining ma’lumoti o’ta pastdir.
Mamlakatning rivojlanishi va xavfsizligi uchun millat salomatligi va o’sib kelayotgan yosh avlodning ratsional ovqatlanishi qanchalik ahamiyatga egaligi, shuningdek, mamlakatning o’z-o’zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko’rish zarurligidan kelib chiqqan holda sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosatining qonun-qoidalari, maqsadlari, vazifalari va amalga oshirish bosqichlari belgilab berilgan.
Aholining sog’lom ovqatlanishi sohasidagi davlat siyosati quyidagi qoidalardan iborat:
• inson salomatligi – davlat uchun birinchi o’rinda turadi;
• oziq-ovqat mahsulotlari sog’lom odamning salomatligiga ziyon yetkazmasligi zarur;
• ovqatlanish nafaqat inson organizmining ozuqa moddalari va quvvatga bo’lgan fiziologik ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, balki profilaktika va davolash vazifalarini ham bajarishi lozim;
• bolalarning ratsional ovqatlanishi va ularning salomatlik holati davlatning alohida diqqat-e’tiborida turmog’i lozim;
• ovqatlanish inson organizmini atrofi-muhitning noqulay sharoitlaridan himoyalashga ko’maklashishi lozim.
Sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosatining maqsadlari aholi salomatligini saqlash va mustaxkamlash, bolalar va kattalarning noto’g’ri ovqatlanishi bilan bog’liq kasalliklarni profilaktika qilishdan iboratdir.
Sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi quyidagilarni ta’minlovchi iqtisodiy, huquqiy va moddiy bazalarni yaratishdan iborat:
• kerakli miqdordagi ozuqa xom-ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
• oziq-ovqat mahsulotlari aholining barcha qatlamlari uchun hammabop bo’lishi;
• oziq-ovqat mahsulotlari yuqori sifatli va xavfsiz bo’lishi;
• aholi orasida ratsional, sog’lom ovqatlanish qoidalarini tashviqot qilish;
• aholi ovqatlanishi holatini muntazam nazorat qilish.
Aholi sog’lom ovqatlanishi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilangan.
Me’yoriy baza shakllanishi sohasida ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish, ishlatishni, mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish xajmini oshirish va oziq-ovqatlar sifatini yaxshilashga qiziqishini oshiruvchi ozuqa xom-ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini boshqarib turuvchi ushbu bazaning takomillashtirilishi nazarda tutiladi.
Ozuqa xom-ashyosi ishlab chiqarish sohasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
• qishloq xo’jalik o’simliklari hosildorligini va hayvonlarning mahsuldorligini ta’minlovchi samaradorligi yuqori bo’lgan va ekologik muvozanatlashtirilgan agrotizimlarni yaratish, dehqonchilikni olib borish integral tizimlarini rivojlantirish bo’yicha;
• o’simliklar va hayvonlarning transgen shakllari sohasida tadqiqotlar o’tkazish va ular asosida muhitning ekstremal sharoitlariga chidamli bo’lgan, inson ehtiyoji uchun muqim sifatli xom-ashyo yetkazib bera oladigan yangi navlar va duragaylarni, zotlar va tizimlarni yaratish.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida qishloq xo’jaligi xom-ashyosini qayta ishlashning biotexnologik jarayonlarini takomillashtirish nazarda tutiladi, shu jumladan:
• fermentli dorilar va biologik faol moddalardan foydalangan holda umumiy va maxsus maqsadlar uchun mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining yangi turlarini yaratish;
• oziq-ovqat va qayta ishlovchi sanoatning yonlama xom-ashyosidan hayvonlar uchun to’laqonli oziq-ovqat mahsulotlari va yuqori sifatli yemlar ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish bo’yicha sifat jihatidan yangi oziq-ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi inson ehtiyojlariga mos tushishiga yo’naltirilgan va sifat jihatidan yangi oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalarini yaratish bo’yicha vazifalar qo’yilgan, shu jumladan:
• turli yosh guruhiga mansub aholining ommaviy iste’moli uchun oziq-ovqat mahsulotlari;
• turli kasalliklarning oldini olishga va organizmning himoyalovchi funktsiyalarini mustaxkamlashga, zararli moddalar ta’sir etishi xavfini pasaytirish, shu jumladan, ifloslanishning har xil turlari bo’yicha ekologiyasi nobop hududlarda yashovchi aholi uchun davolash-parhez maqsadidagi oziq-ovqatlar;
• ekstremal sharoitlardagi aholi guruhlari va harbiylar ovqatlanishi uchun mahsulotlar.
Vitaminlar, mineral moddalar, mikroelementlar va boshqa ozuqa moddalarini aholining to’liq ta’minlanishi uchun yetarli, qisman ular bilan ommaviy iste’mol qilinuvchi oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish yo’li bilan mahalliy ishlab chiqarishni yaratish ozuqaviy qiymati oshirilgan oziq-ovqatlar ishlab chiqarilishini ta’minlashning muhim omilidir. An’anaviy oziq-ovqatlarning keng miqyosdagi tanqisligi va makronutrientlar tanqisligini oddiy manbalar hisobidan qoplash potentsial imkoniyatlarning pasayishini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish va yangi retsepturalarni yaratish uchun mo’ljallangan ovqat oqsili va oqsilli dorilarning ko’p tonnalik ishlab chiqarilishi talab etiladi.
Barcha ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqatlarni asrash uchun xom-ashyo va tayyor mahsulotning dala yoki fermadan to iste’molchigacha yetib keladigan yo’lidagi harakatlanishi mobaynida saqlanishi, sifati saqlanishi ta’minlanishi va foydali mahsulot yo’qotilishining pasayishini ta’minlovchi saqlash tizimlarinii takomillashtirish kerak.
Alimentar-bog’liq holatlar va kasalliklarni profilaktika qilish sohasida quyidagilarni ta’minlovchi dasturlar majmualarini ishlab chiqarish va tadbiq etish talab qilinadi:
• vitaminlar, makro va mikroelemntlar (temir, kalьtsiy, yod, ftor, selen va boshqalar) tanqisligini, birinchi navbatda, ekologiyasi nobop hududlarda, tugatish;
• keng tarqalgan yuqumsiz kasalliklar (yurak-tomir, saraton, gipertoniya kasalliklari, modda almashinuvi buzilishi va boshqalar)ning profilaktikasi;
• ommaviy axborot vositalarini keng jalb qilgan holda ovqatlanish haqidagi fan sohasi mutaxassislarining, shu jumladan, aholining sog’lom ovqatlanish haqidagi ma’lumot darajasini oshirish;
• boyitilgan va funktsional oziq-oqatlar va biologik faol ovqat qo’shimchalari ishlab chiqarilishini kengaytirish.
Oziq-ovqat va ozuqa xom-ashyosi xavfsizligini ta’minlash sohasida quyidagilar zaruriydir:
• bakteriyaviy, kimyoviy va fizikaviy ifloslanish imkoniyatlarini istisno etuvchi zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo’llash hisobiga ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqatlarning ozuqaviy qiymati va sifatini iloji boricha ko’proq saqlab qolish;
• ozuqa xom-ashyolari va oziq-ovqatlarning sifati va xavfsizligini nazorat qiluvchi me’yoriy-uslubiy davlat bazasini takomillashtirish;
• ozuqa xom-ashyolari va oziq-ovqatlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilishning zamonaviy uskunaviy va tahliliy bazasini yaratish;
• ozuqa xom-ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, qo’shimchalar va ishlab chiqarishni standartlashtirish va sertifikatlashtirish dvlat tizimini takomillashtirish.
Aholida sog’lom ovqatlanish ko’nikmalarini shakllantirish sohasida quyidagi tadbirlar nazarda tutiladi:
• tibbiyot, ta’lim, jamoatchilik ovqatlanishi, oziq-ovqatlarni ishlab chiqarish va qayta ishlov berish sanoatida ishlovchi xodimlarni o’qitish dasturlarini ishlab chiqarish va aholi uchun ta’lim dasturlari bo’yicha;
• ma’lumot yig’ish, saqlash va almashuv bo’yicha zamonaviy kompьyuter tizimlarini, shu jumladan, dunyoviy tarmoqlarni tadbiq etish;
• axborot-noshirlik dasturlarini yaratish.
Bolalar ovqatlanishini ratsionallashtirish uchun ona suti bilan ovqatlantirishni qo’llab-quvvatlash, eng kichik yoshdagi bolalar va kasal bolalarni maxsuslashtirishgan mahsulotlar bilan ta’minlash, ta’lim muassasalarida bolalarning gigiena talablariga mos ravishda muntazam issiq ovqat iste’mol qilishlarini tashkil etish lozim.
Sog’lom ovqatlanishning tibbiy jihatlarini ishlab chiqarish sohasida quyidagi tadbirlarni ko’rib chiqish zarur:
• O’zbekiston Respublikasi hududlarida yashovchi turli aholi guruhlarining ovqatlanishi, ozuqa statusi, alimentar-bog’liq kasallanishlari tarqalganligi va salomatlik holatini muntazam kuzatishni amalga oshirish;
• aholining turli yosh guruhlaridagi ozuqa moddalari va quvvatga bo’lgan ehtiyojini aniqlash, ular asosida ovqatlanish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqarish;
• tibbiy va oziq-ovqat yo’nalishidagi o’quv muassasalarida ovqatlanish fanining turli sohalari bo’yicha kadrlar tayyorlash.
Aholining nochor qatlamlarida oziq-ovqat mahsulotlari hammabop bo’lishi uchun manzilli yordamga muxtojlar tizimini yaratish va ushbu yordamning turli ko’rinishlarini ishlab chiqish muhimdir. Qishloq xo’jaligi xom-ashyosi va tayyor mahsulotning sifatini O’zbekiston Respublikasining davsanepidnazorat va davsantashnazoratni amalga oshirish uchun vakolatli bo’lgan muassasalar o’tkazadigan nazoratlar aholi sog’lom ovqatlanishi sohasidagi davlat siyosati tadbiq etilishi mexanizmining asosiy tarkibiy qismidir.
Yaqin yillar ichida va keyingi davrda sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy ilmiy-amaliy yo’nalishlari rejali tadbiq etilishi amalga oshirilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining sog’lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosati tadbiq etilishidagi bunchalar keng ko’lamdagi vazifalarning amalga oshirilishi barcha darajadagi, shu jumladan, ovqatlanish gigienasi bo’yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga asoslanadi.
Xulosa
SHunday qilib, Ovqatlanish gigienasi sog’lom va bemor odamlarning ratsional (optimal) ovqatlanishini tashkil etish qonuniyatlari va qoidalari haqidagi fandir. Uning doirasida turli aholi guruhlarining ovqatlanishini optimallashtirish va oziq-ovqat manbalari, xom-ashyolari va mahsulotlari ishlab chiqarilishi va aylantirilishining barcha bosqichlaridagi sanitariya muhofazasi bo’yicha ilmiy asoslar va amaliy tadbirlar ishlab chiqiladi.

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling