Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Mavzu:Epidemiologiya fani, uning vazifalari va tekshirish obyektlari haqida umumiy tushuncha


Download 3.23 Mb.
bet36/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Mavzu:Epidemiologiya fani, uning vazifalari va tekshirish obyektlari haqida umumiy tushuncha


Mavzu rejasi
1.Epidemiologiya fani haqida tushuncha
2.Epidemiologiya fanining maqsadi va vazifalari
3.Epidemiologiya fanining tekshiruv obyektlari haqida umumiy tushuncha

Epidemiologiya - kishilar o‘rtasida har qanday patologik holatlar (kasalliklar) kelib chiqishi va tarqalishi qonuniyatlarini o‘rganadigan va ularga qarshi kurashish hamda ulaming oldini olish bo‘yiciia ciioratadbirlar ishlab chiqaradigan fan. Epidemiologiya dastlab tibbiyot fanlari ichida epidemiyalar haqidagi fan sifatida vujudga kelgan. Epidemiologiya (grek.epi - ustida, orasida, demos - xalq, omma, valogos - fan, ta’limot) - jamoasi o ‘rtasida turli kasalliklarning kelib chiqish va tarqalish sabablarini o'rganadigan va olingan bilimlarni sogiiqni saqlash tizimi muammolarini hal etish uchun qoilashni ko‘zda tutadigan profilaktik tibbiyot sohasiga taalluqli fundamental tibbiyot fanidir. Ushbu fanning ikkita bo‘limi mavjud; yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar epidemiologiyasi. Epidemiologiya fanining tekshirish obyektlari. Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar kelib chiqqan turli epidemiologik jihatdan xavfli obyektlar va epidemik jarayon rivojlangan epidemik o‘choqlar hisoblanadi; bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablar, litseylar, kollejlar, oliy ta’lim muassasalari, talabalar turar joylari, uy-joylar, xonadonlar, davolash profilaktika va tug‘uruqqa yordam muassasalari, shifoxonalar, umumiy ovqatlanish joylari, dam olish maskanlari va boshqalar. Epidemiologiya fanining maqsadi va vazifalari. Maqsadi: aholi o‘rtasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini amalga oshirish uchun epidemiologik tashxis qo‘yish usullarini o‘rgatish, yuqumli kasalliklar epidemik o‘choqlarida va epidemiologik jihatdan xavfli hisoblangan turli obyektlarda, shuningdek, ekstremal sharoitlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan epidemiologik holatlarda profilaktika uslublami qo‘llash hamda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish “tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishi bo‘yicha boMajak vrachlami tayyorlashdan iborat. Vazifalari: har qanday kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishi sabablarini o ‘rganish bu fanning asosiy vazifasidir. Bo’lajak mutaxassislarda epidemik holatni obyektiv baholashga asoslangan epidemiologik va mantiqiy fikrlashni shakllantirish. Epidemiologiya fanining predmeti:


-odamlar orasida (populyatsiyada) bar qanday patologik holatlarning kelib chiqishi va tarqalishi jarayoni;
- aholining sog‘iig‘i holati (patologik holatlarning kelib chiqishi va tarqalish imkoniyatining yo‘qligi) hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasining asosiy bo‘limlari:
1. Umumiy epidemiologiya - bu yuqumli kasalliklar epidemik jarayonining kelib chiqishi, rivojlanishi va namoyon bo‘lishining obyektiv qonuniyatlarini hamda yuqumli kasalliklar profdaktikasining asosiy prinsiplarini o‘rganadi. Umumiy epidemiologiyaning bo‘limlari - epidemiologiya fanining predmeti va tekshirish usullari, epidemik jarayon haqidagi ta’limot, epidemiologik tahlil, epidemiologik tashxisot, epidemiologik nazorat, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning ilmiy va tashkiliy asoslari.
2. Xususiy epidemiologiya - bu turli yuqumli kasalliklarga xos bo‘lgan epidemik jarayonning kelib chiqishi, rivojlanishi va namoyon bo‘lishi, uning oldini olish chora-tadbirlarini va epidemik o‘choq kelib chiqqan holatda unga qarshi o ‘tkaziladigan epidemiyaga qarshi choratadbirlar hamda ular ustidan epidemiologik nazorat olib borish xususiyatlarini o‘rganadi va amalga oshiradi.
3. Harbiy epidemiologiya-epidemik jarayon haqidagi fan bo‘lib, uning harbiy jam oa sharoitida rivojlanishi va namoyon bo‘lishi shakllari va qonuniyatlarini o ‘rganadi.
Harbiy epidemiologiya - epidemiologiyaning bir qismi va harbiy tibbiyotning tarmog‘i sifatida tinchlik paytida hamda urush davrida harbiylarga epidemiyaga qarshi xizmatni tashkil qilishning nazariy va amaliy jihatlarini ishlab chiqadi. Hozirgi davrda harbiy epidemiologiya yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari dushman tomonidan sun’iy epidemik jarayon keltirib chiqarish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bakteriologik (biologik) qurol xususiyatlarini va ular ta’siridan harbiy xizmatchilarni saqlash yo'llarini ham o ‘rganadi.
Hozirgi zamon epidemiologiya fani ilmiy tarmoq sifatida o‘z tarkibiga 5 bo‘limni oladi:
1. Epidemik jarayon haqidagi ta’limot.
2. Epidemiologik tashxis.
3. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va vositalar.
4. Epidemiyaga qarshi xizmatni tashkil etish.
5. Xususiy epidemiologiya.
Umumiy epidemiologiya 5 qismni o ‘z ichiga oladi:
1. Epidemiologiyaning predmeti va tekshiruv usullari.
2. Epidemiologiyaning epidemik jarayon haqidagi fan ekanligini nazariy asoslari.
3. Epidemioiogik tashxisot (diagnostika) tabobatda ancha ilgaridan qo ilanilib kelinayotgan bo‘lsa, epidemioiogik tashxisot haqidagi ta’limot nisbatan yaqindan buyon (1976-yillardan boshlab yoki 30-40 yillar davomida) m a’lum bo‘la boshlagan.
4. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar va vositalar majmuasi;
5. Epidemiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkillashtirish.
Xususiy epidemiologiya 3 qismni o ‘z ichiga oladi:
1. Antroponoz kasalliklar xususiy epidemiologiyasi;
2. Kasallik chaqiruvchilari odamdan tashqari rezervuarlar bilan bogiiq bo‘lgan kasalliklar xususiy epidemiologiyasi;
3. Ananaviy parazitar kasalliklar deb nomlangan kasalliklar xususiy epidemiologiyasi. Epidemiologiyaning epidemiyaga qarshi tadbirlar tizimi 2 qismni o‘z ichiga oladi:
Dezinfeksiya - (fransuz cha-des-inkor, yo‘qotish va lotincha infectio-kasallik chaqiruvchi) - tashqi atrof-muhit obyektlarini yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilaridan (patogen mikroorganizmlar - bakteriya, virus, rikketsiya, sodda jonivorlar, zamburg‘lar) tozalash hamda ulami yo‘qotishga qaratilgan tadbir.
Dezinseksiya - (fransuzcha - insecta-hashorat, des-inkor, yo‘qotish so‘zidan olingan bo‘lib) yuqumli va parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchilari bo‘lgan bo‘g‘imoyoqlilarni: hashorotlar va kaiialar, shuningdek, odamni bezovta qiladigan va unga noqulayliklar keltiradigan boshqa bo‘g‘imoyoqlilarni yo‘qotishdir,
Deratizatsiya - (fransuzcha - des-inkor, yo‘qotish, rattus-kalamush so‘zidan olingan bo‘lib), epidemik jihatdan xavfli va iqtisodiy ziyon yetkazadigan kemiruvchilarni batamom yo‘qotishga yoki sonini kamaytirishga qaratilgan profilaktik va qirish tadbirlari tizimidir.
Sterilizatsiya - (urug‘ini quritish) - mikroorganizmlarni turli mahsulot va obyektiardan to‘liq olib tashlash va butunlay yo‘qotishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir;
Immunoprofilaktika-ayrim kishilarda sun’iy immunitet yoki aholi orasida populyatsion immunitet hosil qilish tadbirilining ikkita turi mavjud: aktiv va passiv immunoprofilaktika.
Epidemiolgiyaning tekshirisii usullari.
Epidemiologik usul - kasallanishning xududlararo, aholining turli guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini o‘rganisiiga qaratilgan va profilaktika muammolarini aniqlashga mo‘ljailangan, xavfli omiilami aniqlash uciiun qo‘llaniladigan usullar majmuasidir.
Epidemiologik tashixisot - epidemiologik tadqiqot usullari yordamida aholining epidemiologik holatini va kasallanishini aniqlash. Epidemiologiya faning o‘ziga xos bo‘lgan ikki xil usuli mavjud: Epidemik o‘choqlami epidemiologik tekshirish- epidemik o‘choqda yuqumli kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishi sabablarini o‘rganish uchun xizmat qiladigan usullar yig‘indisidir.
Epidemiologik tahlil - odamlar populyatsiyasida har qanday patologik holatlarni (kasallanish, o‘lim va b.) kelib chiqishi va tarqalish sabablarini, ushbu holatlaming turli populyatsiyalarda tarqalish xususiyatlarini aniqlashga imkon beradigan maxsus usullar yig‘indisidir. Epidemiologik tahlil o ‘tkazish turlari: Retrospektiv epidemiologik tahlil (RET) - epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini rejalashtirishni asoslab berish maqsadida epidemiologik tashxisot masalalarining yechilishini ta’minlovchi, ma’lum hududda ilgari bo‘lib o‘tgan kasallanish darajasi, tuzilishi, ko‘p yillik va yillik dinamikasining tahlili. Operativ epidemiologik tahlil (OET) - epidemik jarayonning rivojlanishi va dinamik holatini zudlik bilan baholash, OET natijalari tezkor chora-tadbirlar o‘tkazish qarorlarini qabul qilishga asos bo‘ladi. Hozirgi kunda yuqumli bo’lmagan kasalliklar epidemiologiyasi o‘zining mustahkam o ‘rniga ega bo‘lib, umumiy patologiya muammolarini hal qilishda tengsizligini tasdiqladi. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar epidemiologiyasining asosiy vazifasi yuqumli boim agan kasalliklarning kelib chiqishi, tarqalish qonuniyatlari haqida ma’lumotlar yig‘ish, ulami baholash, taqqoslash va tahlil qilish, shuningdek, professional fikrlash asosida kasallanish va o‘lim profilaktikasini ishlab chiqishda ratsional yondoshuvdan iboratdir. Turli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishda, aholi guruhlarida kasallanishni taqqoslashga epidemiologik yondashish keng qoMlanilgan v aq o ‘llanib kelinmoqda. Jumladan XX-asrning 50-yillarida Doll, Xell va boshqa tadqiqodchilarning ilmiy tekshiruv ishlarida tamaki chekish bilan o ‘pka saratoni orasidagi bog‘liqlik ilmiy jihatdan tasdiqlangan. Ushbu tadqiqot o‘z navbatida ilmiy tekshirishlaming rivojlanishiga va bir qancha omillarni baholashga asos bo‘lib, epidemiologiya fanining salmoqli yutuqiariga olib keldi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki epidemiologiya har qanday kasalliklarning kelib chiqishi sabablarini va tarqalish qonuniyatlarini o‘rganishda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu sabablami bilish, o‘z navbatida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish y o ii orqali kasallanishni kamaytirish imkoniyatiga erishiladi. Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi tadbirlari:
Epidemiologik nazorat - bu ma’ lumotlami tizimli, doimiy ravishda yig‘ish, tahlil va talqin qilish (interpretatsiya) hamda ulami Sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa manfaatdor idoralarga taqdim etishdir. Hozirgi kunda yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashadigan asosiy qurol - bu profilaktika, ya’ni kasallikning oldini olishdir.
Kasalliklaming oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning uch mezoni yoki darajasi farqlanadi;
Birlamchi profilaktika - aholini yuqumli va yuqumli bo’lmagan kasalliklar to‘g‘risida xabardor qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, yuqumli kasalliklar yuqish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni aniqlash va ular o ‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish.
Ikkilamchi profilaktika - tekshiruvdan o‘tkazish va undan keyingi laboratoriya diagnostikasi, tekshiruvdan o‘tgandan keyingi maslahat berish, tibbiy tekshiruv va davolanishga yoMlanma berish, dispanser nazorati.
Uchlamchi profilaktika - davolanishni nazorat qilish, reablitatsiya ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish.
Yuqumli kasalliklaming oldini olish va epidemiyaga qarshi kurashishni chora-tadbirlarining turlicha usullari tafovut qilinadi. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar hozirgi zamon ilm-fanning rivojlanishiga asoslanib tuzilgan va yuqumli kasalliklaming oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Yuqumli kasalliklaming oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni profilaktik tadbirlar deb aytiladi, epidemik o‘choqni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar esa epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar deyiladi. Yuqumli kasalliklar epidemik o‘chog‘ida qo‘llaniladigan chora-tadbirlar o ‘z ichiga profdaktik tadbirlarni ham oladi, chunki u yuqumli kasallik tarqalgan joyda yangi kasalliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgandir.
Epidemiyaga qarshi qo‘llaniladigan chora-tadbirlar epidemik jarayonning rivojlanishi uchun shart bo‘lgan uchta bo‘g‘iniga qaratilgan bo‘lishi kerak:
1) yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari manbaiga qaratilgan tadbirlar;
2) yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining yuqish mexanizmiga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlar;
3) organizmning yuqumli kasallikka nisbatan moyilligini kamaytirish (rejali va shoshilinch profilaktik emlash).
Birinchi bo‘g‘inga, ya’ni yuqumli kasallik manbai bo‘lgan odam organizmiga xos (antroponoz) va hayvon organizmiga nisbatan (zoonoz) tegishli kasalliklarda qo‘llaniladigan chora-tadbirlar har xil bo‘ladi. Antroponoz kasalliklarda qoilaniladigan chora-tadbirlar kasallanganlarni aniqlash usullari, bemorni ajratib qo‘yish, davolash va atrofdagi kishilar bilan bo‘Iadigan muloqatlarni cheklash kabi chora-tadbirlardan iborat. Zoonoz kasalliklarda sanitariya-veterinariya va kemiruvchilarga qarshi kurash (deratizatsiya) tadbirlar qoilaniladi. Epidemik jarayonning ikkinchi zvenosi, ya’ni yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining yuqish mexanizmini uzib qo‘yishga qaratilgan chora-tadbirlar sanitariya-gigiyena qoidalariga asoslangan holda bajariladi. Dezinfeksiya, sterilizatsiya va dezinseksiya (yuqumli kasalliklami tarqatuvchi hashoratlarga qarshi kurashish) chora-tadbirlari ham yuqish mexanizmini uzib qo‘yishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib, ularning samaradorligi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Epidemik jarayonning uchinchi zvenosiga qaratilgan chora-tadbirlarga maxsus va maxsus bo‘lmagan profilaktik tadbirlar kiradi. Birinchisiga aholini yuqumli kasalUklarga qarshi emlash ishlarini tashkillashtirish va o ‘tkazish bo‘lsa, ikkinchisiga organizmni chiniqtirish, to‘g‘ri va ratsional ovqatlanish, salomatlashtirish maskanlarida sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish, fizioterapevtik muolajalar va boshqa bir qator tadbirlar kiradi. Epidemik jarayonni kelib chiqishida ishtirok etuvchi birinchi guruh sababiy omillarga parazit-qo‘zg‘atuvchi bilan xo‘jayin-odamlar populyatsiyasining o ‘zaro ta’siri hisoblanadi. Ular bir-biriga nisbatan ta’sir etuvchi xususiyatlari bo‘yicha turlichadir (geterogen populyatsiyalardir). Bu esa o‘z navbatida klinik jihatdan turlicha shakldagi kasalliklarni keltirib chiqaradi va shu bilan birga epidemik jarayonning turli ko‘rinishiarda namoyon boMishini ta’minlaydi. Ikkinchi guruh omillariga bar xil tashqi muhit sharoiti kiradi va ular kasallik qo‘zg‘atuvchilarining parazitlik xususiyatini kuchaytirishi yoki pasaytirishi mumkin va shu bilan birga epidemik jarayonning qanday darajada namoyon boiishiga ta’sir qiladi. Ushbu omillarga tabiiy va ijtimoiy muhit, shular qatorida aholining yashash va ishlash sharoiti kiradi. Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqaiishida har bir tabiiy va ijtimoiy omillaming rolini haqqoniy baholash hamda epidemik jarayonning ichki tomonidan rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarga asoslanib, aniq va ma’lum epidemik sharoitda qo‘llanilishi zarur bo‘lgan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlami tavsiya etish mumkin. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlami epidemik jarayonning barcha zvenolariga nisbatan baravariga qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ba’zi chora-tadbirlarni qo’llashda bir necha ishtirokchilar qatnashadilar.
Epidemiyaga qarshi kurashuvchilarning besh xil vazifasini tasvirlash darkor: tashkiliy, diagnostik, uslubiy, bajaruvchilik va nazorat qilish. Birorta chora-tadbirlarni amalga oshirishda bir necha ishtirokchi har xil vazifani bajarishda qatnashadi. Epidemiyaga qarshi kurashish zamonaviy tiziinining maqsadi: aholi o‘rtasidagi yuqumli kasalliklarni keskin kamaytirish va ba’zilami esa butunlay yo‘qotishdir. Yuqumli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish va aholi yashaydigan hududlarda epidemik o‘choqni o‘z vaqtida bartaraf etish, qo‘llanadigan chora-tadbirlar epidemik jarayonning har bir bo‘g ‘iniga nisbatan qaratilishi natijasida erishiladi, buning barchasi esa yuqumli kasalliklarning umumiy darajasini kamaytirishga olib keladi. Ayrim chora-tadbirlar yuqumli kasallikning yuqishiga qarshi qaratilgan bo‘lsa, boshqa chora-tadbirlar kasallikni yo‘qotishga qaratilgan. Epidemiologik nazorat - epidemiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil qilishning zamonaviy shakli, aholini epidemiyaga qarshi himoyaga tayyorlashga qaratilgan va uning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’- minlovchi axborotlarni to‘plash, tahlil qilish va muayyan sharoitni baholash, maqsadni belgilash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni rasmiylashtirish, bajaruvchilarga aniq ko‘rsatmalar berish va ularning bajarilishini tekshirish.

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling