Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyоt universiteti samarqand filiali
Malakaviy amaliyotni tashkil etish va unga rahbarlik qilish
Download 70.11 Kb.
|
2022 йил Малакавий амалиёт янгиси 1
Malakaviy amaliyotni tashkil etish va unga rahbarlik qilishMalakaviy amaliyotni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish «Tabiiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda kafedra tomonidan tavsiya etilgan va TDIU SF ning maxsus buyrug‘i bilan tasdiqlangan professor - o‘qituvchilar malakaviy amaliyotga rahbarlik qiladilar. TDIU Samarqand filialida belgilangan rahbarning majburiyatlari: amaliyot boshlanishida amaliyotchi - talaba bilan suhbat o‘tkazish va unga amaliyotni o‘tish tartibi bilan tanishtirish; xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan belgilangan rahbar bilan hamkorlikda amaliyotchining individual kalendar-mavzusi ish rejasini tuzish; amaliyotning borishini tizimli ravishda (kafedrada belgilangan mud-datda) tekshirib borish, har bir talabaning ishini nazorat qilish, talaba tomonidan amaliyot dasturidagi ayrim masalalarni o‘rganish darajasini aniqlash; amaliyot dasturidagi ayrim mavzular yuzasidan talabaga maslahatlar berish, Q.X sohasi bo‘yicha xo‘jaliklarda ish faoliyatini tashkil qilish, bo‘lim va sho‘’balar faoliyati bilan tanishish, har bir soliq turi bo‘yicha soliq hisoboti shakllarini to‘g‘ri to‘ldirish hamda mustaqil fikrlash; amaliyot o‘tishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun hamma zarur choralarni qo‘llash, amaliyotni o‘z vaqtida va dasturga muvofiq, to‘liq hajmda o‘tishini ta’minlash, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan belgilangan rahbarning e’tiborini yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratish; kundalikdagi yozuvlarning o‘z vaqtida yozilganligi va to‘g‘riligi hamda talabalar hisobotining tuzilishini tekshirish; talabalar tomonidan malakaviy amaliyot bo‘yicha yozilgan hisobotining o‘z vaqtida topshirilishini ta’minlash (jumladan, mavzular bo‘yicha); malakaviy amaliyoti bo‘yicha hisobot topshirilgandan keyin har bir hisobotni tekshirish va yozma ravishda unga taqriz yozish, taqrizda hisobotning ijobiy tomonlari va kamchiliklarini ko‘rsatish, uni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish; filaldagi amaliyot rahbarlarini kafedra yig‘ilishida vaqti - vaqti bilan o‘quv amaliyotining borishi haqida ma’lumot berib borishi va oxirida kafedraga yozma ravishda yakuniy hisobot berish zarur. Download 70.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling