Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyоt universiteti samarqand filiali
Download 70.11 Kb.
|
2022 йил Малакавий амалиёт янгиси 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5233300 - «Agrobeznis va investitsion faoliyat» ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bosqichining 2-kurs talabalari uchun
- Taqrizchilar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYОT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Oliy ta’limning 230000 - «Iqtisod» ta’lim sohasidagi 5233300 - «Agrobeznis va investitsion faoliyat» ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bosqichining 2-kurs talabalari uchunMALAKAVIY AMALIYOT DASTURI SAMARQAND-2021 «Ma’qullandi» «Iqtisodiyot » fakulteti kengashida muhokama qilingan. Kengash raisi Turdiqulov X « » 2021 yil. «Ishlab chiqildi» «Tabiiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat » kafedrasi mudiri Phd. Xudayarov Kafedra yig‘ilishining 2021 yil « » - sonli bayonnomasi Taqrizchilar:Z.Bobomurodov - Tabiiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti: S.Sanayev - SamVMI Agrotexnologiyalar kafedrasi mudiri,professor Tuzuvchilar: Isoqova -Tabiiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi assistenti:: Mundarija
KIRISh Mamlakatimiz aholisining moddiy ehtiyojlarini to’la darajada qondirish, qishlok xo’jalik mahsulotlarini keskin ko’paytirish, jumladan aholining meva-sabzavot va poliz mahsulotlari bilan birga uzum mahsulotini ham uzluksiz yil davomida ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalani hal qilish esa birinchi navbatda bo’lajak oliy malakali agronom mutaxassislar tayyorlash va ularning bilim darajasiga alohida talablar qo’yadi. Zamonaviy qishloq xo’jalik mutaxasislar har bir ishda yangilikni ko’ruvchi, istiqbolni belgilaydigan, agronomiya bilimlarini chuqur, mukammal o’zlashtirgan, ilmiy asoslar va amaliy tajribalarga bevosita tayangan bo’lishi zarur. Shuningdek, har bir mutaxassis u yoki bu ekinni o’stirishdagi jarayonlarni tashkiliy va iqtisodiy jihatdan to’g’ri va zudlik bilan baholay oladigan bo’lishi shart. Agronomlar botanika, o’simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik va dehqonchilik, qishloq xo’jalik ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi, o’simlikshunoslikning barcha fanlarini va iqtisodiy fanlarni chuqur egallashi bilan birgalikda meva-sabzavot, poliz ekinlarini hamda uzum yetishtirish texnologiyasi, ekin maydonlarning strukturasi, soha ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqalarni yaxshi bilishlari kerak. Tabiyki, muayyan bilimlar majmui darhol yuzaga kelmaydi va ayniqsa, nazariy bilim amaliyot bilan chambarchas bog’langandagina ijobiy natijalarga erishish mumkin. Malakaviy amaliyot 2- bosqichda talabalarning olgan nazariy bilimlarini muayyan darajada mustahkamlash uchun maqsad va rejaga qarab olib boriladi. Bunda talabalar o’quv xonalarida olgan bilimlarini dala sharoitida mustahkamlab boradi va amaliyotga Uzumchilik fanidan o’tadigan kafedra professor-o’qituvchilari rahbarlik qiladilar. Bunda talabalar birorta uzumchilik bo’yicha ilg’or fermer xo’jaligi misolida ishlab chiqarish, undagi ekinlarni o’stirish texnologiyasi, xo’jalik tarmoqlari, yo’nalishi, tashkiliy-iqtisodiy tomonlari, boshqarish tizimi bilan tanishadilar va soha bo’yicha olgan bilimlarini ishlab chiqish sharoitida qo’llashga ham imkoniyat beradi. Talabalarning malakaviy amaliyotlarini o’tashi mutloq talab etilib, Davlat ta’lim standartida ko’zda tutilgan, talabalar amaliyot oxirida tegishli xulosalar asosida yozma ravishda hisobot yozadilar va institut rektorati tomonidan tayinlangan rahbarga topshiriladi. Shuni ta’kidlash zarurki, talabalar amaliyotiga puxta tayyorgarlik ko’rish, uni tashkil etish va o’tkazish avvalo kafedra zimmasiga yuklatiladi va uni bevosita dekanat (dekan mas’ulligida) nazorat qilib boradi. Ayni paytda ushbu tadbirning muvoffaqiyatli o’tishi ko’p jihatdan amaliyot dasturi va ish rejasini tuzish, ular bilan har bir talabani ta’min etish muhim hisoblanadi. Download 70.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling