9-amaliy mashgʻulot
Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish.
9.1-Masala. ‘Поиск решения’ ilovasi yordamida ishlab chiqarish masalalari uchun optimal yechim topish. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish misolida
“Navoiy-Azot” firmasi mahalliy agrosanoat kompaniyalariga mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaradi va ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar sotiladi. Firmada haftasiga 5 kunlik ish kuni belgilangan boʻlib, 1 smenada (8 ish soati) 10 kishi ishlaydi, ya’ni haftasiga 400 soatlik ish vaqti mavjud. Ish vaqti ikki xil turdagi texnologik jarayonlar orasida taqsimlangan boʻlib, ushbu jarayon mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va ularga oxirgi ishlov berish jarayonlariga boʻlinadi. Haftalik 400 soatlik ish vaqtidan 250 soati bevosita mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishga, 150 soati esa oxirgi ishlov berish uchun sarflanadi.
“Navoiy-Azot” 3 xil turdagi, ya’ni Kaliy xlorid-5, ammoniy nitrat va ammofos-7 markali mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqaradi.
9.1 – Jadvalda sarflanadigan vaqt va har bir turdagi mineral oʻgʻitni sotishdan tushadigan foyda miqdori keltirilgan.
9.1-Jadval
Quyidagi masala yechilsin:
Foydani eng yuqori darajada olish uchun har bir turdagi mineral oʻgʻitlardan qancha miqdordan (tonna) ishlab chiqarish kerak? Bu yerda har bir markadagi mahsulot turidan kamida 50 tonna ishlab chiqarish talab etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |