9-amaliy mashgʻulot Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish. 1-Masala


Download 0.76 Mb.
bet3/8
Sana14.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1198497
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-amaliy

9.2-rasm. Поиск решения oynasini faollashtirish
Oʻzgaruvchi qiymatlar oynasida (Изменяя ячейки переменные) oʻzgarishi mumkin boʻlgan katakchalar koʻrsatiladi (Е3:Е5). Bir nechta katakchalarni koʻrsatish uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda kerakli katakchalar belgilanadi (turli joydagi katakchalarni belgilash uchun esa klaviaturadan Ctrl bosib turgan holda kerakli katakchalar belgilanadi). Cheklovlar (Ограничения) oynasida berilgan chegaralarni berish uchun Добавить tugmasini bosish va hosil boʻlgan oynadan kerakli cheklovlarni oʻrnatish talab etiladi (9.3-rasm).

9.3-rasm. Cheklovlarni kiritish

Ushbu holatda, B7 va C7 katakchalardagi qiymat mos holda B8 va C8 katakchalardagi qiymatlardan kichik yoki teng. Ushbu sozlashlardan keyingi natijaviy ilova 9.4-rasmda keltirilgan.



9.4-rasm. Поиск решения oynasida parametrlarni sozlash

9.5-rasm. “Navoiy-Azot” masalasi boʻyicha natijaviy jadval

Ushbu vaziyatda, olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori foyda miqdori, agar haftasiga 50 tonna KCl-5, 100 tonna ammoniy nitrat va 175 tonna Ammofos-7 mineral oʻgʻit ishlab chiqarilsa, olinadigan foyda miqdori $32250 ni tashkil etadi hamda bu qiymat boshlangʻich masala yechimi boʻlib hisoblanadi.




9.2-Masala. ‘Поиск решения’ ilovasi yordamida ishlab chiqarish masalalarini yechish. Qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish misolida
“Akbar-Rich” firmasi mahalliy qurilish kompaniyalariga eshiklar ishlab chiqaradi va ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar sotiladi. Firmada haftasiga 5 kunlik ish kuni belgilangan boʻlib, 1 smenada (8 ish soati) 10 kishi ishlaydi, ya’ni haftasiga 400 soatlik ish vaqti mavjud. Ish vaqti ikki xil turdagi texnologik jarayonlar orasida taqsimlangan boʻlib, ushbu jarayon eshiklarni ishlab chiqarish va ularga oxirgi ishlov berish jarayonlariga boʻlinadi. Haftalik 400 soatlik ish vaqtidan 250 soati bevosita eshiklarni ishlab chiqarishga, 150 soati esa oxirgi ishlov berish uchun sarflanadi.
“Akbar-Rich” 3 xil turdagi, ya’ni standart, sayqallangan va oʻyma naqshinkor eshiklarni ishlab chiqaradi.
9.2 – Jadvalda sarflanadigan vaqt va har bir turdagi eshikni sotishdan tushadigan foyda miqdori keltirilgan.
9.2-jadval.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling