9-amaliy mashgʻulot Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish. 1-Masala


-rasm. Barqarorlikni tekshirish natijalari


Download 0.76 Mb.
bet7/8
Sana14.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1198497
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-amaliy

9.13-rasm. Barqarorlikni tekshirish natijalari

Ushbu vaziyatda bizni Тень цена ustuni qiziqtiradi. Ushbu qiymatga koʻra oxirgi ishlov berish vaqti ishlab chiqarish vaqtiga nisbatan yuqori qiymatga ega boʻlib, bu esa oʻz navbatida ish vaqtini ishlov berish vaqti foydasiga qayta taqsimlanishini bildiradi. Barqarorlik hisobotini boshqargan holda vaqtni taqsimlash uchun kerakli qiymatni topish mumkin boʻladi, lekin ushbu holatda masalani uzgartirish orqali kerakli natijaga erishish oson hisoblanadi. Masalani oʻzgaruvchi shartlarga muvofiq shakllantirish uchun har bir bosqich uchun ish vaqti cheklovlarini olib tashlash hamda jami ish vaqti 400*60 (daqiqa)dan oshib ketmasligini belgilab qoʻyilsa yetarli hisoblanadi.


Berilgan masalani shartlarini solishtirish uchun, masalaning (a) qismi yechilgan vaaraqni qoldirib, uning nusxasini yaratib olish tavsiya etiladi. Buning uchun ushbu varaq yorligʻi ustida sichqoncha oʻng tugmasini bosib koʻchirish (Переместить/Скопировать) buyrugʻi tanlanadi va hosil boʻlgan oynadan nusxa yaratish (Создавать копию) buyrugʻi belgilanib OK bosiladi. quyiladi.
Berilgan shartlarni oʻzgartirish uchun D7 va D8 katakchalarga mos holda =B7+C7 va =400*60, formulalarini yoziladi. Bundan keyin esa Поиск решения ilovasidagi berilgan masala uchun topshiriqlar oʻzgartiriladi, ya'ni cheklovlar oynasidan $B$7:$C$7<=$B$8:$C$8 shart olib tashlanadi va uning oʻrniga D7<=D8 sharti kiritiladi, hamda 9.14-rasmda keltirilgan yechimga ega boʻlinadi.

9.14-rasm. "Akbar-Rich" masalasi uchun vaqt taqsimoti shartlarini oʻzgartirish natijalari.

Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, ishlab chiqarish va ishlov berish vaqtlari taqsimotida oʻzgarish yuz berdi. Ushbu yechimga koʻra, birinchidan olinadigan foyda $3000 ga oshdi. Ikkinchidan esa, optimal rejaga koʻra 400 dona sayqallangan eshik ishlab chiqarish tavsiya etiladi.


Optimallashtirish natijalariga koʻra standart va oʻyma naqshinkor eshiklardan umuman ishlab chiqarmaslik, real vaziyat uchun toʻgʻri kelmasligi borasida fikrlar keltirib chiqaradi. Lekin qoʻyilgan masala shartlari tegishli vaziyatdan kelib chiqqan holda tuzilgan boʻlib, qolgan eshik turlariga boʻlgan talab boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoplanishi mumkin.
Boshqa tomondan qaralsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish turlarini qisqartirish ishlab chiqaruvchi firma uchun raqobatbardoshlilikni zaiflashtirishi mumkin, ushbu holat ayniqsa firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari cheklangan (ishlab chiqarish va ishlov berish uchun ketgan jami vaqt cheklangan) boʻlsa yanada oʻz ta'sirini oʻtkazishi mumkin.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling