9-amaliy mashgʻulot Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish. 1-Masala
Download 0.76 Mb.
|
9-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- =СУММПРОИЗВ(E3:E5;D3:D5)
9.1-Masalaning yechilishi
Birinchi navbatda, quyilayotgan masalaning maqsadini va maqsad funksiyaning koʻrinishini aniqlab olamiz. Bu holatda, olinayotgan sof foydani eng yuqori qiymatga yetishini, va oʻz navbatida maqsad funksiya barcha markali mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishdan keladigan foydani hisoblashi kerak boʻladi. Ushbu masalada xarajatlar va kirimlar haqida ma’lumotlar keltirilmagan, faqat ishlab chiqarilgan har bir mineral oʻgʻitdan keladigan foyda haqida ma’lumot keltirilgan. Shuning uchun, umumiy sof foyda F ishlab chiqariladigan mineral oʻgʻitlar miqdori (kg)ga koʻra baholanadi. Ushbu fikrlar bizni ishlab chiqariladigan har bir turdagi markali mineral oʻgʻitlarning miqdori (kg) masalaning oʻzgaruvchilari sifatida tanlanishi mumkin degan xulosaga olib keladi. Demak, masalada 3 ta oʻzgaruvchi boʻladi, ya’ni: Х1 – Kaliy xlorid-5 markali mineral oʻgʻitlar miqdori (kg), Х2 – ammoniy nitrat markali mineral oʻgʻitlar miqdori (kg) va Х3 – Ammofos-7 markali mineral oʻgʻitlar miqdori (kg). Bu holatda maqsad funksiya quyidagicha yoziladi: F = X1*45 + X2*90 + X3*120 ($) Ushbu ma’lumotlarni MS Excel elektron jadvalida 9.1-rasmdagi kabi tasvirlash mumkin. Bunda maqsad funksiya sifatida =СУММПРОИЗВ(E3:E5;D3:D5) ifodasi olingan boʻlib ushbu ifoda =E3*D3+E4*D4+E5*D5 ifodasi bilan teng kuchli hisoblanadi. 9.1-rasm. MS Excel dasturida “Navoiy-Azot” masalasining qoʻyilishi Endi bizda ushbu masalada keltirilgan rejada berilgan eng yuqori samaradorlik yechimini topish boʻyicha “Поиск решения” ilovasi uchun kerakli boʻlgan boshlangʻich ma’lumotlar mavjud, hamda maqsad funksiya katakchasini (ushbu vaziyatda E7 katakchani) belgilagan holda “Поиск решения” ilovasini faollashtiramiz (9.2-rasm). Bunda, maqsad funksiya eng yuqori samaradorlik boʻlganligi uchun “Максимум” qiymatni topish varianti belgilanadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling