9-amaliy mashgʻulot Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish. 1-Masala


Download 0.76 Mb.
bet5/8
Sana14.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1198497
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-amaliy

9.2-Masalaning yechilishi
a) Birinchi navbatda, quyilayotgan masalaning maqsadini va maqsad funksiyaning koʻrinishini koʻrinishini aniqlab olamiz. Bu holatda, olinayotgan sof foydani eng yuqori qiymatga yetishini, va oʻz navbatida maqsad funksiya barcha eshiklarni ishlab chiqarishdan keladigan foydani hisoblashi kerak boʻladi. Ushbu masalada xarajatlar va kirimlar haqida ma’lumotlar keltirilmagan, faqat ishlab chiqarilgan har bir eshikdan keladigan foyda haqida ma’lumot keltirilgan. Shuning uchun, umumiy sof foyda F ishlab chiqariladigan eshiklar soniga koʻra baholanadi.
Ushbu fikrlar bizni ishlab chiqariladigan har bir turdagi eshiklarning soni masalaning oʻzgaruvchilari sifatida tanlanishi mumkin degan xulosaga olib keladi. Demak, masalada 3 ta oʻzgaruvchi boʻladi, ya’ni: Х1standart eshiklar soni, Х2 – sayqallangan eshiklar soni va Х3 – oʻyma naqshinkor eshiklar soni. Bu holatda maqsad funksiya quyidagicha yoziladi:
F = X1*45 + X2*90 + X3*120 ($)
Ushbu ma’lumotlarni MS Excel elektron jadvalida 9.6-rasmdagi kabi tasvirlash mumkin. Bunda maqsad funksiya sifatida =СУММПРОИЗВ(E3:E5;D3:D5) ifodasi olingan boʻlib ushbu ifoda =E3*D3+E4*D4+E5*D5 ifodasi bilan teng kuchli hisoblanadi.

9.6-rasm. MS Excel dasturida “Akbar-Rich” masalasining qoʻyilishi

Endi bizda ushbu masalada keltirilgan rejada berilgan eng yuqori samaradorlik yechimini topish boʻyicha “Поиск решения” ilovasi uchun kerakli boʻlgan boshlangʻich ma’lumotlar mavjud, hamda maqsad funksiya katakchasini (ushbu vaziyatda E7 katakchani) belgilagan holda “Поиск решения” ilovasini faollashtiramiz (9.7-rasm). Bunda, maqsad funksiya eng yuqori samaradorlik boʻlganligi uchun “Максимум” qiymatni topish varianti belgilanadi.



9.7-rasm. Поиск решения oynasini faollashtirish


Oʻzgaruvchi qiymatlar oynasida (Изменяя ячейки переменные) oʻzgarishi mumkin boʻlgan katakchalar koʻrsatiladi (Е3:Е5). Bir nechta katakchalarni koʻrsatish uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda kerakli katakchalar belgilanadi (turli joydagi katakchalarni belgilash uchun esa klaviaturadan Ctrl bosib turgan holda kerakli katakchalar belgilanadi). Cheklovlar (Ограничения) oynasida berilgan chegaralarni berish uchun Добавить tugmasini bosish va hosil boʻlgan oynadan kerakli cheklovlarni oʻrnatish talab etiladi (9.8-rasm).


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling