9-amaliy mashgʻulot Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish. 1-Masala


-rasm. Berilgan shartlar boʻyicha natijalarni taqqoslash


Download 0.76 Mb.
bet8/8
Sana14.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1198497
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-amaliy

9.15-rasm. Berilgan shartlar boʻyicha natijalarni taqqoslash

Buning uchun, agar barcha turdagi eshiklardan ishlab chiqarish talab etilsa nima oʻzgarishini koʻrish mazmunga ega hisoblanadi. Albatta, bu yerda aniq sonlarni berish talab etiladi. Misol uchun, har bir eshik turidan kamida 50 dona ishlab chiqarish vazifa qilib berlgilangan boʻlishi mumkin. Bu vaziyatda, G3:G5 katakchalarga 50 sonini kiritiladi, hamda Поиск решения oynasining cheklovlar maydonida E3:E5<=G3:G5 sharti quyiladi va 9.15-rasmda keltirilgan yangi natijalar olinadi (ushbu holatda ham tegishli varaqdan nusxa hosil qilib, natijalarni taqqoslash tavsiya etiladi).


Ushbu masalaga koʻra, har bir berilayotgan cheklovlar jami olinayotgan foydaning qisqarishiga olib keladi. Cheklovlar qanchalik koʻp boʻlsa, olinayotgan foyda boshlangʻich masala sharti (a)ga qaraganda shunchalik qisqarib borishi mumkin. Bundan tashqari (a) yechimda standart turdagi eshiklarni ishlab chiqarish soni 0 ga teng. Agar boshlangʻich masala shartida, ya'ni (a) bandda ham har bir eshik turidan kamida 50 dona ishlab chiqarish talab etilsa, jami olinadigan foyda $33000 dan $32250 gacha oʻzgarishini koʻrish mumkin (2.42-rasm). Albatta, berilgan masalada eshiklar ishlab chiqarishning eng kichik qiymati haqida shart berilmagan, lekin ishlab chiqarish masalalarini yechishda kompyuter dasturlaridan foydalanish jarayonida u yoki bu variantlarni ham koʻrib chiqish foydadan holi boʻlmaydi.
c) c bandda berilgan shartlar masala yechimini topishni yanada murakkablashtiradi. Ushbu jarayonni hisobga olish uchun ikkita yangi oʻzgaruvchi kiritish kerak boʻladi. Ushbu oʻzgaruvchilarga, tashqi ta'minotchilardan olingan yarim fabrikatlar asosida tayyorlangan standart va sayqallangan eshiklar soni kiradi (Standart Y va Sayqallangan Y oʻzgaruvchilar). Bundan tashqari, buyurtma miqdorini ham hisobga olish va ularni soʻzsiz bajarilishini ta'minlash kerak boʻladi. Ushbu ma'lumotlarni MS Excel dasturida ifodalash 9.16-rasmda keltirilgan.
G3:G5 katakchalarda kar bir turdagi eshiklarning umumiy sonini hisoblanadi, “Поиск решения” sozlamalarida esa natijalarni buyurtma bilan solishtiriladi. Ishlab chiqarish va ishlov berish uchun boshlangʻich holatdagidek mos holatda umumiy 250 va 150 soat ajratiladi.
Yuqorida koʻrib oʻtilgan masalalardan, MS Excel dasturini yordamida muhandislik, ishlab chiqarish, moliyaviy va shunga oʻshash masalalarni yechish mumkin. Ushbu dasturning qolgan imkoniyatlaridan foydalanishni talaba yoki ushbu darslikdan foydalanuvchining oʻziga mustaqil vazifa sifatida tavsiya etiladi.



9.13-rasm. Eshik ishlab chiqarishda buyurtma berilgan mahsulot turlari sonini kiritish
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling