8
ularni hal etish yo’llarini aniqlash, soliq hisobini takomillashtirishga doir xulosa
va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tijоrat banklari va davlat budjetining
manfaatlariga оptimal mоs keluvchi meхanizmini yaratish dissertatsiya ishining
asоsiy maqsadidir.
Ilmiy tadqiqot ishi oldiga qo’yilgan maqsadga
erishish uchun quyidagi
vazifalar belgilandi:
O’zbekistonda soliqqa tortish tizimining ahamiyati va asosiy tamoyillarini
o’rganish;
Respublikamiz tijоrаt bаnklаrini sоliqqа tоrtishning mohiyati va huquqiy
аsоslаri bilan tanishish;
Tijorat banklarini soliqqa tortishning rivojlanish bosqichlarini tahlil etish;
Rеspublikаmizdа tijоrаt bаnklаri tоmоnidаn to’lаnаdigаn
sоliqlаr va
mаjburiy to’lovlаr turlаrini,
ularni hisoblash tartibini, hisobini yuritishni
o’rganish, tahlil etish;
Tijorat banklarini soliqqa tortish tizimidagi muammolar va uni hal qilish
yo’llarini o’rganish;
Tijorat banklarini soliq to’lash tizimi va soliq
hisobini takomillashtirish
masalalarini aniqlash.
Tadqiqоtning ilmiy yangiligi quyidagilardan iboratdir:
Tijorat banklarini soliqqa tortish xususiyatlarining mohiyati aniq ochib
berildi;
Banklar tomonidan to’lanadigan soliqlarning
huquqiy asoslari keng
yoritildi;
Tijorat banklari tomonidan to’lanadigan soliqarning hisobi o’rganildi;
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan to’lanadigan soliqlar bo’yicha
amaliy ma’lumotlar tahlil qilindi va ularning dinamikasiga baho berildi;
Tijorat banklarini soliqqa tortish tizimi va soliq hisobidagi muammolar
aniqlandi, bu muammolarni hal etish yo’llari ko’rsatildi;
Respublikamiz banklarining soliq to’lash
tizimi va soliq hisobini
takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.