Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


lll bob Tadqiqot o`tkazish uslublari


Download 1.47 Mb.
bet8/12
Sana11.05.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1453542
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
dissertatsiya eng oxirgi..

lll bob
Tadqiqot o`tkazish uslublari
G`o`za defoliatsiyasi va desikatsiyasi bo`yicha o`tkaziladigan dala tajribalarida ishlov apparatlarini to`g`ri tanlash, sifatli ishlov barish, zarur hisoblarning puhta bajarilishi, imshchi eritmalar talab darajasida tayyorlanishi, kuzatuv va hisoblarning aniq maqsadga yo`naltirilgan tadqiqot natijalari ishonchligini oshirishga ko`maklashadi. Tajriba vazifalariga ko`ra, defoliatsiya va desiksiya o`tkazish uchun apparatura tanlanadi. Sastlabki sinovlarda, fiziologik-biologik jarayonlarni o`rganish uchun qo`lda ishlatiladigan apparaturadan foydalaniladi. Dala-ishlab chiqarish tajribalarida traktorga osilgan purkagichlar yoki qishloq xo`jalik aviatsiyasi qo`llaniladi. Yangi defoliantlarni birlamchi baholash uslubi. Preparatlarning birlamchi sinovi dala yoki oranjereyada 5-10 tup g`o`zada o`tkaziladi. Ular 3 ta konsenratsiyada (0,1; 0,5 va 1,0%) suvli eritma yoki emulsiya holda sanaladi. Agar dalaga 400l/ga eritma sarflansa, bir tup o`rta tolali g`o`zaga 4,0, ingichka tolaliga 3,2ml ishchi eritma ketadi. Faolligi sezilgan birikmalar 10m2 li variantda 4 takrorlanishda 0,1; 5 va 10 kg/ga me‟yorida qayta tekshiriladi. Birlamchi sinovning oxirigi bosqich uning yili dalada 30m2 li variantda 6 karrali takrorlanishda, 10 tadan hisobli o`simlikda nihoyasiga etadi. Takroriy sinovlarda ta`sirchanligi tasdiqlangan birikmalar me`yorini aniqlash uchun o`rganiladi. Bunda me`yorlar mayda bo`lakchalarga kamaytirish tomoniga bo`linib sinaladi. Qo‘lda ishlatiladigan apparaturadan foydalanish. Qo`lda purkalangan eritma g`o`zaga puhta va aniq sepilganiga ahamiyat berish kerak. Bunday sepilganda 1 ga yerdagi g`o`za bargi yuzasida 670-700 l ishchi eritma saqlanib turadi (OP-7 yoki OP-10 miqdorini tutuvchi preparatlar uchun birinchi chegara) va barglar yuzasini oldindan yuvilgan holda ma`lum aniqlik bilan zarur defoliant me`yorini purkash mumkin. Ishchi eritmaning zarur konsentratsiyasi quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: K=m∙100/S ∙V 107 Bunda: m-defoliantning 1 ga maydonga mo`ljallangan me`yori; S-1ga maydondagi g`o`za bargi yuzasi, ga; V-bir gektariga sarflanadigan ishchi aralashma miqdori, l; 100-konsentratsiya ko`paytirgichi. Bir tup o`simlik bargi sathi ma`lum bo`lganda, ishchi eritma konsentratsiyasi ushbu formula bo`yicha aniqlanadi: K=m∙100∙10000/ Sr∙N∙V Bunda: Sr-1 tup o`simlik bargi yuzasi, m2 ; V-bir gektariga sarflanadigan ishchi aralashma miqdori, l; N-go`zaning tup qalinligi; 100- barg yuzasini gektariga aylantirish uchun ko`paytirgich. Purkashni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan o`tkazib, ishchi eritmani bargning pastki tomoniga tushurmaslikka harakat qilish kerak. Purkashni (oddiy dala purkagich) o`simlik tepasidan pastga karab vintsimon harakat qilib, bosh poya konusiga parallel olib borish zarur. Yelpig`ichsimon sepadigan purkagichda o`simlikka tepadan pastga xalqasimon ishlov beriladi. Preparatlar ta‟sirchanligiga baho berilganda osma apparaturani ishlatmagan ma`qul, chunki u o`simlik bargini bir tekis qoplay olmaydi. Traktor purkagichlarridan foydalanish. Traktor purkagichlaridan eng keng tarqalganlari “OVH-14”, “OVH-28”. Ularning ishlash texnikasi quyidagicha: rezervuarda gidroaralashtirgich aralashtirilgan ichshi suyuqlik filtr orqali nasosga, undan bosim bilan taqsimlovchi kran va bosim sozlovchi orqali purkagichga boradi. Purkagichlan chiqqan suyuqlik qaytargich diskiga urilib maydalanadi, ventilyatordan kelayotgan havo oqimi bilvan ohirigacha maydalanib, ishshlanadigan obekt – g`o`zaga tushadi. Bir tekis sepilishini ta`minlash uchun purkagich soplosining havo haydash turbasi egilish burchagi tuplar tepasiga to`g`irlanadi, natijada yanagi purkashda hamma o`simliklar qarab olinadi. Purkash jarayonida dalada ishchi organi 175 0 S burchak bilan tebranuvchi harakat qilinadi. Bunda suyuqlik qamrov kengligida bir tekis taqsimlanishiga erishiladi. 60sm li egatlarda 12; 90sm li dan 8 qatorli 4 takrorlanishda tajriba qo`yiladi. Ishlov samarasi va hosil o`rtasidagi 4 qatorda hisobga olinadi. Hisobli qator uzunligi 50metr, umumiy uzunligi qo`l terimida 60; mashina terimida 100metr. Ishlab chiqarish tajribasi variantlar soni paykal shakliga ko`ra, 0,5-2,0 ga bo`lishi mumkin. Ishlab chiqarish tajribasida agregatlar ish unumi hisobga olingan holda 4-5 ta variant bo`ladi. Vaqt va harorat omimli hisobga olingan holda variant maydoni 1,6 ga (purkagich rezervuarining bir marta bo`shashiga mos keladi), avval bir takrorlanishning barcha variantlari, so`ng boshqasiga ishlov beriladi. Turli kuzatishlar – barg to`kilishi, ko`sak ochlishi, ko`saklar yirikligi, tola tehnologik ko`rsatkichlarini kuzatish uchun har bir variantd 25 ta o`simlik yorliq (etiketka)lanadi. Buning uchun bo`yi, rivojlanishi, hosili va serbargligi bo`yicha tipik o`simliklar tanlanadi. Variant uzunligi bo`yicha ular 5 tadan guruhlanib, birdek uzoqlikda joylashtiriladi. Turli difoliantlarning samaradorligi ishchi eritma konsentratsiyasiga aniq amal qilishga va ishlov berishda traktorning doimiy tezligiga bog`liq. 108 Ishchi eritma me`yori uning bir minutdagi sarfi, agregatning qamrov kengligi va traktor tezligiga bog`liq. V1ga= Vmin·60·1000/ℓ·V Bunda: V1ga-ishchi suyuklikning 1 ga sarfi; Vmin-ishchi suyuklikning bir minutlik sarfi; ℓ-agregatning kamrov kengligi; V-traktorning tezligi; Minutlik suyuqlik sarfini aniqlash uchun 200-250m.li tekis yo`lda agregat rezervuariga 3-4 chelak suv quyilib, archa chsuv sepilguncha traktor yuritiladi. Shundan so`ng ishchi organ o`chirilib, rezervuariga 100, 200 l suv quyiladi. Agregat yo`lga chiqarilib, zarur tezlikka erishilgach, ishchi organ yurgiziladi, vaqt va yo`l belgilanadi. Barcha suv sepilib bo`lgan vaqt va masofa belgilanadi, traktor o`tgan yo`l o`lchanadi va agregatning minutlik sarfi quyidagi formulada hisoblanadi: Vmin=Vss./t Bunda: Vmin - suyuqlik bir minutlik sarfi; Vss -sarflangan suyuqlik hajmi; t -olingan suyuqlikning sarflanish vaqti. V1ga= Vss./ ℓ·h-10000 Bunda: V1ga - ishchi suyuqlikning 1 gektarga sarflanish me‟yori, l; ℓ -agregatning qamrov kengligi, m; h -suyuqlik sarflangan masofa, m. Ishchi eritma konsentrachiyasi ushbu formuladan aniqlanadi: K=Ν/V1ga·100 Bunda: K- ishchi suyuqlik konsentratsiyasi,% Ν- preparat me‟yori, kg/ga V1ga- ishchi suyuqlik me‟yori, l/ga. Ishchi eritma konsentratsiyasi (K) aniq bo„lgach, defoliantning (ta‟sir etuvchi modda bo„yicha) zarur miqdori aniqlanadi: Md = K·V, Bunda: Md-defoliantning zarur miqdori; V-tayyorlangan ishchi eritma hajmi. Zarur ishchi eritma miqdori uning sarflanish me`yoriga qarab, ushbu formuladan topiladi: V=Ѕg∙n∙V1ga/1000 Bunda: Ѕg- bir variant maydoni,m2 ; n- takrorlanish soni; V1ga-1 gektarga ishchi suyuqlikning sarflanish me`yori (ko`pincha 400l/ga) Ishchi eritmani biroz ko`prq tayyorlash kerak, chunki turli oqib ketishlar, dala noteksligidan rezervuarda turib qolishlar bo`lishi mumkin. Eritma tayyorlash uchun oqar suv 0,5-1,0mmli tor orqali suzilib ishlatilishi, tayyor ishchi eritmalar filtr yoki qalin matodan o`tkazilishi kerak. Har bir variantga ishlov berilgandan keyin rezurvuarlar, nasos va taqsimlovchi barcha qismlar toza suv bilan yuvilishi darkor. Agar rezervuarlarda toza suv bo`lmasa, purkagichni preparat bilan to`ldirish mumkin emas. G‘o‘za defoliatsiyasi va desikatsiyasi bo‘yicha kuzatuvlar va hisob-kitoblar. Amal davridagi kuzatuvlar huddi blshqa dala tajribalaridek o`tkaziladi. Defoliatsiyadan bi ikki kun avval, undan keyingi 6 va 12-kunlari tajribaning barcha takrorlanishlaridan tuproq burg`usi bilan tuproq namligi aniqlanadi. Defoliatsiyadan bir kun avvao yorliq (etiketka)langan o`simliklarning bosh poyasi uzunligi o`lchanadi, barglari sanaladi (quruq va zararlangan barglar hisobga olinmaydi), ko`saklar (tuguncha yoshigacha), tugunchalari (10-12 kunlik yoshgacha), shona va gullar hisoblanadi, ochilish balandligi aniqlanadi (hosil shohining birinchi o`rnidagi ko`sak ochila boshlashi). Ko`saklar umumiy sonidan tashqari ochilgan, yorilgan va 13-25 kunlik ko`saklar alohida hisoblanadi. G`o`za preparat bilan ishlangandan keyin qo`llangan preparat ta‟sirini aniqlash uchun bir yoki ikki marta hisob o`tkaziladi. Ishlovdan keyingi 2-4 kunlari preparatning g`o`zaga tasirini aniqlash uchun kuzatuv o`tkaziladi. Defoliatsiyadan keyingi 6 kuni o`simlikda qolgan umumiy barglar sanaladi. Bunda ko`k barglar, quruq va yarim quruq barglar alohida-alohida ajratiladi, ko`saklar, tugunchalar va gullar sanaladi. Quruq barglar qatoriga barg shapalog`i va bandi quriganlari, yarim quriganlarga 50% barg shapalog`i qurigan, lekin bandi qurimaganlar kiritiladi. 12-kungi kuzatuvda tupda qolgan jami barglar (quruq, yarim quruq, ko`k barglarni ajratib), ko`saklar (ochilgan va yorilganlarga ajratib) ochilgan ko`saklarning ochlishi balandligi hisobga olinadi. To`kilgan barglar quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: Formula Bunda: O-to`kilgan barglar, %; A-ishlovgacha bo`lgan barglar, dona; V-ishlovdan keyin qolgan barglar, dona. Quruq va yarim quruq barglar soni aniqlanadi. 1 va 12-kungi kuzatuvlarni solishtirib, ochilgan ko`saklar soni, hosil shohlari sonining ortishi hisoblanadi. Hosilni yig`ish, uning tarkibi, defoliatsiyaning iqtisodiy samaradorligi O`zPITI uslubi va “Методика определения экономической эффективности дефолиатсии и десикатсии ҳлопчатника” bo`yicha aniqlanadi.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling