Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 1.47 Mb.
|
dissertatsiya eng oxirgi..
Mavzuning dolzarbligi Defoliatsiya tadbirining dolzarb ekanligini asoslash maqsadida shuni aytish mumkinki, g‘o‘za defoliatsiyasini maqbul muddatlarda va sifatli o‘tkazish, dalalarni paxta homashyosini terib olish uchun tayyorlash va terim mashinalaridan unumli foydalanish maqsadida, har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori e’lon qilingan. hozirgi kunda defoliatsiyaning samaradorligini oshirish maqsadida yangi defoliantlarni qo‘llashning maqbul me’yor va muddatlarini tuproq – iqlim sharoiti, navning biologik xususiyatlariga va tashqi omillarga bog‘liq holda ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, biz olib borgan tadqiqotlarda defoliantlarning barglar to‘kilishiga, ko‘saklar ochilishiga, bir dona ko‘sak paxtasi vazniga, paxta hosili salmog‘i va uning tarkibiy sifatiga, tolaning texnologik xususiyatlari hamda chigit sifatiga va uning moydorlik darajasiga, urug‘lik xususiyatlariga ta’siri ham o‘rganilishi reja qilingan. Bugungi kunda yer yuzida yashayotgan 7 milliard aholini oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash muammolari paydo bo‘ldiki, bu holat mavjud sug‘oriladigan yerlardan intensiv foydalanishni taqazo etadi. Aholining tez suratlar bilan o‘sib borish va dehqonchilik qilinadigan yerlarning ma’lum darajada kamayishi tuproq unumdorligini oshirish qishloq xo‘jalik ekinlaridan olinayotgan hosil salmog‘i va sifatini yaxshilash chora tadbirlarini ishlab chiqish va ilmiy asoslash zaruratini tug‘dirmoqda. O‘zbekistonda paxtachilik qishloq xo‘jalik asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham Respublika Prezidenti 1997-yil Oliy Majlisning 26-dekabrda bo‘lib o‘tgan X sessiyasida “Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti (to‘kin) hayot manbai” mavzuda so‘zlagan nutqida va 1998-yil noyabrda Vazirlar Mahkamasining “1999-2000-yillarda paxta navlarini yangilash va rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi hamda boshqa bir qancha qarorlarida Respublikamiz miqyosida paxtachilik, uning seleksiyasi va urug‘chiligini yanada yaxshi yo’lga qo‘yish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, yangi yaratilgan navlar serhosil, tezpishar, mashina terimiga mos va tola sifati jahon bozorida raqobat qila oladigan darajada yaxshi bo‘lishi uchun paxtakorlar va olimlar oldiga juda katta vazifalar yuklatilgan. Prezidentimiz “Jahon moliyaviy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” mavzusidagi ma’ruzasida aytilishicha ma’lumki xalqimizning 60 % dan ko’prog’i qishloq xo’jalik yerlarida 4 yashaydi. Shuning uchun qishloq xo’jaligida iqtisodiy inqirozni cheklab o’tish, shu sohadagi barcha mutaxasislardan kuchli bilim va tajriba talab qiladi. [2] Paxtachilikda yangi g‘o‘za navlarini rivojlanishida tola sifatini yaxshilash bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Paxtachilikni rivojlantirish eng avvalo bu tarmoqda zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, yuqori sifatli, serhosil g‘o‘za navlarini ekish, barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirishga bog‘liq. Paxta hosildorligi ma’lum darajada qator oralariga sifatli ishlov berish va o‘simlikni mavsum davomida oziqa bilan yetarli darajada ta’minlanib borishiga bog‘liq. O‘simlikni oziqaga, shu jumladan makro va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlanishida organik o‘g‘itlar muhim o‘rin egallaydi. Har bir viloyatda faqat shu hudud tuproq-iqlim sharoitlarida g‘o‘za navlarini bo‘z tuproqlar mintaqasi, cho‘l zonasi hududlari uchun alohida-alohida sinovdan o‘tkazish ularga mos parvarishlash agrotadbirlarini mukammal, puxta uslubiy qo‘llanmalar asosida ishlab chiqish, aynan shu hududlarda yuqori sifatli hosil beradigan, tezpishar navlarni tanlab olish, ularga mos parvarishlash agrotadbirlarini mukammal puxta ishlab chiqish, aynan shu hududlarda yuqori sifatli hosil beradigan tezpishar navlarni tanlab olish ularga mos, agrotexnikani ishlab chiqish nav urug‘chiligini yaxshilash va sara urug‘ meyorlash muammolarini hal etishga yordam beradi.
G‘o‘za barg tashlovchi o‘simlik, bargini tabiiy sharoitda va turli ximikatlar asosida to‘kadi.O‘simlikka defoliant purkalsa barg to‘kilishi tezlashadi, o‘simlik hayot faoliyati to‘xtamagan holda, hosil pishib yetilishi tezlashadi. Desikantlarni ulardan farq shundaki, u barg va novdalarni quritadi, ya’ni o‘simlik hayot faoliyatini deyarlito‘xtadi.G‘o‘zani pishib – yetilish davrida rivojlanishini biologik tahlili, g‘o‘zani defoliatsiyalash mumkin va zarurligini tasdiqlaydi.O’zbekiston tabiiy-iqlim va tuproq sharoiti jihatidan ham dehqonchilik qilish uchun qulay joyga joylashgan. Unda yillik quyoshli kunlar-3000 soatdan ortiqroq bo’lib, bir yilda 3 marta hosil olish imkoniyatini beradi. O’zbekistonda 1.4 mln. tonna xaridorgir paxta tolasi ishlab chiqariladi, 4 mln.tonnaga yaqin don, 5 mln.tonna shirin-shakar meva va sabzavot, ko’plab pilla, qora ko’l terisi va boshqa mahsulotlar yetishtiriladi. O’zbekiston paxtasi, qorako’l terisi, pillasi, poliz, uzum mahsulotlari bilan jahonga o’z shuxratini yoymoqda. Hozir paxta yetishtirish jihatidan jahonda beshinchi o’rinni (Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston), paxta tolasi eksport qilish jihatidan 2-o’rinni egallab kelmoqda. Paxta pishib – yetilish davrida uning organlari faoliyati pasayadi, shona tugishi, butog‘ini o‘sishi to‘xtaydi, yangi bog‘langan ko‘raklar yoppasiga to`kila boshlaydi.O‘simlik fiziologik faoliyati pasayadi, fotosintez sekinlashadi, transpiransiya jarayoni so‘nadi, ozuqa elementlarnin iste’mol qilinadi, quruq massani to‘planishi deyarli toxtaydi.Pishib yetilishi davridagi o‘simlikni bu xolati ximiyaviy defoliatsiya va desikatsiyani maqsadga muvofiqligini ko‘rsatib qolmay,uning zarur va muhimligini aniqlaydi.G‘o‘zani pishib yetilish davrida kimyoviy defolyatsiya kilish barglarni tabiiy to‘kilishini tezlashtirish va chanoqlarni tezyetilib ochilishiga sabab bo‘ladi.Paxta yig‘im terimi oldidan g‘o‘zani barglardan tozalash va kimyoviy preparatlar yordamida paxta terish mashinalariga sharoit yaratish o‘simlik rivojlanishi jarayonini pishish davrida boshqarishdan iborat. Defolintlar tasirida o‘simliklar fiziologik – bioximik jarayonlar koordinatsiyasi buziladi, avvalo fotosintez jarayoni, nafas olish, oksidlanish – qaytarilish potensialini o‘zgarishi, uglevodlar, oqsil birikmalarini, nuklein kislotalar almashinishi, garmonli moddalar (auksin, fenollar), ozuqa moddalarni qaytadan taqsimlanishi o‘zgarishi, paxta va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini pishib – yetilishini tezlashiga olib keladi. Bunday modda almashinishi konstruktiv moddalarni qaytmas parchalanishiga olib keladi, va aloxida qobiqni shakllanishini, barglar to‘kilishi tezlashtiradi. Yig‘im terim oldidan g‘o‘zani defoliatsiya qilish chanoqlarda xujayralar hosi lbo‘lishini to‘xtatib qo‘ymaydi.Aksincha, 25-27 kunli yosh ko‘raklarda barglar to‘kilgandan so‘ng hujayralar hosil bo‘lishi kimyoviy ishlov berilmagan ko‘raklarga nisbatan tezroq sodir bo‘ladi . G'o'za hosilini pishishini tezlashtirish va uni qisqa muddatda mashinalar yordamida terib olishda defoliatsiyaning ahamiyati kattadir. Defoliatsiya g'o'za barglarini kimyoviy preparatlar yordamida su'niy to`ktirishdir. G'o'za butun tupi bilan kimyoviy preparatlar yordamida quritilsa desikatsiya deyiladi. Defoliatsiya hosilning 90 foizdan ortig'ini sovuq tushguncha terib olish imkonini beradi, mashinalarning ish unumi 20-25 % oshadi, 1 sortga topshiriladigan paxta miqdori 4-5 % ortadi, mahsulot tannarxi arzonlashadi va yig'im terim muddati birmuncha qisqaradi. Preparatlar g'o'za bargiga purkash yoki changlash yo`li bilan ta'sir ettiriladi. Bunda preparatlar barg hujayralariga singadi, uni shikastlaydi, to'qimalarni suv sizlantiradi, fotosintez jarayoni buziladi, oqibatda barg qurib, uzilib tushadi. Defoliantlarning ta'siri havo harorati va tuproq namligi bilan bog'liqdir. Havo harorati +18-21 0 S dan past bo'lmaganda, tuproq namligi dala nam sig'imga nisbatan 65-70 % bo'lganda yuqori samaradorlikka erishiladi. G'o'za bargi 10-12 kunda 80-90 % to'kiladi. Defoliatsiya uchun keng ishlatilayotgan magniy xlorati (Mg(ClO3)2 6H2O, kal`tsiy xlorat–xloridi (Ca(ClO3)+CaCl2, sihat-kaltsiy xlorning (Ca(ClO2)2 karbamid SO(NH)2 bilan 1:3 nisbatda aralashmasi, dropp va dropp ultra preparatla ridir. Dropp va ultra dropp yumshoq ta'sir etuvchi guruhga kirsa, dastlabki ikki preparat esa qattiq ta'sir ko'rsatadi. Defoliatsiyaning samarali bo'lish omillaridan muhimi uni o'tkazishning eng ma'qbul muddatini belgilashdir. Ko'p yillik ma'lumotlarga qaraganda o`rta tolali g'o'za navlarining tuplarida mavjud ko'saklarining 35-40 %, o'rta tolali navlarda esa kamida 50 % ochilganda defoliatsiya qilish tavsiya etiladi. G'o'zaning rivojlanishi, bargning kam yoki ko'pligi va havoning haroratiga qarab o'rta tolali g'o'zalar uchun magniy xloridining me'yori gektariga 8-12 kg, kal`tsiy xlorat –xlo ridi 20-25 kg va dropp 0,4-0,7 kg miqdorida qo'llaniladi. O`rta tolali g'o'zalar uchun yuqoridagilar mos ravishda 15-17 kg, 26-30 kg va 0,3-0,6 kg miqdorida sepiladi. Harorat 190 dan oshib ketsa normani 10-15 ga kamaytirish va aksincha havo sovib ketsa (14-150S bo'lganda), 17-25 % oshiriladi. Ishchi eritmalarining sarfi traktor purkagichlari OVX-14, OVX-28 ishlatilganda gektariga 400-450 litrgacha, samolyot va vertalyotda 150 – 200 litr qilib belgilanadi. Agar defoliatsiya o'tkazilganda barg to'liq to'kilmasa desikatsiya o'tkaziladi. Bunda desikat sifatida magniy xlorati gektariga 25-30 kg yoki kalsiy xlorot-xloridi 45-50 kg miqdorida sepiladi. Desikatsiya g'o'za rivoji kechikib ketgan, ko'saklari ochilmasdan qolgan yer osti suvi yuza joylashgan maydonlarda ham o'tkaziladi. Defoliatsiya qilish boshlanishdan bir necha kun ilgari paxtasi mashinada teriladigan dalalarning ikki boshida 8- 10 m kenglikda traktor buriladigan joy ajratiladi va g'o'zalar desikatsiya qilinadi. Burilish joylaridagi ochilgan paxtalar mashina terimiga 3-4 kun qolganda terib olinib, g'o'za tuplari ko'saklari bilan o'rib olinib, dala chetiga yoyib qo`yiladi, ko'saklari to'liq ochilgandan so'ng terib olinadi. Terim mashinalari burilish maydonlari GN-4,0 markali greydir yoki D-606 markali buldozer bilan tekislanadi. O'rta tolali g'o'zalar paxta mashinalari bilan ikki marta: birinchisi g'o'za tuplaridagi hosilning 50-60 % ochilganda, ikkinchisi yana 20-30% ochilganda terib olinadi. O`rta tolali g'o'zalarda ko'sakning kamida 50-60 % ochilganda boshlanib, 10-12 kun o'tgandan keyin yana bir marta terib olinadi. Paxta terish mashinalaridan vertikal shpindelli quyidagi mashinalar keng tarqalmoqda: XVN-1,2 (qator ora lig'i 60 sm ), ikki qatorli, 14XV –2,4(60 sm qator oralig'i uchun)-to'rt qatorli, XNP-1,8(90 sm qator oralig'i uchun)- ikki qatorli XVB-1,8 (90 sm qator oraliqlari uchun) va XVA 1,2(60 sm qator oraliqlari uchun). Keyingi bu ikkala mashinalar urug'chilikka ajratilgan g'o'zalarning ochilgan ko'saklari paxtasini yaruslab terishga mo'ljallangan. Hozirgi vaqtga kelib paxta terish mashinalari AQSH dan keltirilgan yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan gorizontal shpendelli paxta terish mashinalari bilan to'ldirilmoqda. Ko'rak terish mashinalari ham keng joriy etilgan. SKO 2,4(60 sm li qator orliqlari uchun), SKO-3,6 va SKO-5,4 (90 sm li qator oraliqlari uchun) markali mashinalar keng tarqalmoqda. Paxtaning birinchi va ikkinchi terimidan keyin dala larda ma'lum miqdorda to'kilgan paxtalar uchraydi. Ularni terib olish uchun PXN-1,2(60 sm li qator oraliqlari uchun) va PXS-3,6(90 sm li qator oraliqlari uchun) markali podbor shiklardan foydalaniladi. Terilgan ko'sakni chuvish uchun UPX-1,5B mashinasi keng qo'llanilmoqda. Yuqorida keltirilgan paxta terim mashina lar sistemasi bilan tashkiliy ishlari to'g'ri yo'lga qo'yilsa, yetishtirilgan hosilning 90-97 % terib olish imkoniyati yara tiladi. Qo'l terimi ko'proq mashina terimi uchun noqulay, mos kelmagan maydonlarda hamda urug'chilik uchun ajratilgan paykallarda o'tkaziladi. G'o'za hosili to'liq yig'ishtirib olingach, g'o'zapoya KV-4A va KV-3,6A moslamalar yordamidayig'ishtirib olinib, daladan olib chiqiladi yoki maxsus mashinalar KI-1,2, KI-1,8, KIV-4 yordamida maydalanib, o'g'it sifatida dalaga sepilib, ko'mib yuboriladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling