Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Tajriba o'tkazilgan joyning tuprog'i, tuproq tarkibi va morfologiyasi


Download 1.47 Mb.
bet6/12
Sana11.05.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1453542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
dissertatsiya eng oxirgi..

2.2. Tajriba o'tkazilgan joyning tuprog'i, tuproq tarkibi va morfologiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, jumladan qishloq xo‘jaligida erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish borasidagi qarorlar va boshqa me'yoriy hujjatlar yer egalarining huquqlari, uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlaridan maqsadli va oqilona foydalanishdagi javobgarlikni kuchaytirish hamda tuproqlarning tabiiy unumdorligini saqlash va uni oshirishga qaratilgan. Chunki, yer, uning unumdor qatlami bo'lgan tuproq, mamlakatning bebaho boyligi, resursi bo'lib, kelajakda ham qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirishning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Keyingi yillarda qishloq xo'jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida yangi dehqonchilik tizimi vujudga keldi, mavjud ko'p dalali, katta massivlarga ega bo'lgan g'o'za-beda almashlab ekish tizimlari esa talabga javob bermay qoldi. G'o'za yakka hokimligiga barham berilib, g'alla-g'o'za-yem-xashak, g'alla-g'o'za-sabzavot kabi ekinlarini almashlab va navbatlab ekish tartiblari kirib keldi. Natijada, respublika dehqonchilik amaliyotida kuzgi bug'doy sug'orib dehqonchilik qilinadigan umumiy maydonning 32-35%iga, g'o'za esa 43-45%iga ekila boshlandi. Bu esa aksariyat hollarda bozor iqtisodi talablariga javob bersada, dehqonchilikning bu yangi tizimida ham tuproq unumdorligini saqlash va oshirish muammosi kelib chiqmoqda. Paxtachilik majmuida ekilayotgan ekinlarning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishdagi ijobiy o'rni yetarli emasligi namoyon bo'lmoqda.
2016 yil 1-yanvar holatiga O'zbekiston Respublikasining ma'muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 44896.9 ming gektarni tashkil qiladi. Respublika korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarning foydalanishidagi jami yerlar 44892.4 ming gektar, shundan sugʻoriladigan yerlar esa 4312.4 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 9.6% ni tashkil qiladi. O'zbekiston Respublikasi yer fondi yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko'ra o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular O'zbekiston Respublikasi yer kodeksining 8-moddasiga binoan 8 toifaga bo'linadi. Yer toifalari orasida qishloq xo'jaligi uchun foydalaniladigan yerlar alohida ahamiyat kasb etadi. Respublikaning qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlari umumiy maydoni 20388,8 ming gektarni, foiz hisobida Respublika umumiy yer maydonining 45,42% ni tashkil qiladi. Foydalaniladigan yerlarni Xorazm viloyati misolida ko'rib chiqadigan bo'lsak, viloyatining umumiy yer maydoni 608,2 ming gektar bo'lib, shu jumladan sug'oriladigan yerlar 266,2 ming gektarni tashkil qiladi. Ekin yerlari jami 206,3 ming gektar bo'lib, bu maydonlarning deyarli 100% i sug'oriladigan yerlar hisoblanadi. Keyingi ekin ekish umumiy maydonlari va shundan sug'oriladigan yerlar quyidagicha taqsimlangan:

Yer maydoni

Ko'p yillik daraxtzorlar

Bo'z yerlar

Jami qishloq xo'jalik yerlari

Tomorqa yerlari

O'rmonzorlar

Bog'dorchilik

Boshqa yerlar

Jami

12,6

3,8

332,9

51,2

57,5

0,1

166

Sug'oriladigan

12,6

3,8

222,7

43,1

0,3

0,1






Xorazm viloyatidagi jami foydalaniladigan yerlar maydoni.(2019-yil 1-yanvar holati bo'yicha)
issiq subtropik cho'l mintaqa hududiga joylashgan. Viloyatda asosan to'rt Xorazm viloyati tipga mansub tuproqlar mavjud bolib, asosiy qismini o'tloqi-allyuvial tuproqlar 74,9 % tashkil etadi. Shundan sho'rlanmagan va kuchsiz sho'rlangan maydonlar 71,0 % ni, o'rtacha va kuchli sho'rlangan tuproqlar esa 29,0 % ni tashkil etadi. Sho'rlanish asosan xlorid-sulfat tuzlari ishtirokida sodir bo'ladi. Yer osti (sizod) suvlari viloyatda turli chuqurliklarda joylashgan. Daryo sohili yaqinida joylashgan maydonlarda ular 0,5 metrdan 1,5 metrgacha, daryodan uzoqroqda joylashgan maydonlarda esa 2,0-2,5 metrni tashkil etadi.
0-47 sm (0-28 sm haydov qatlami, 28-31 sm plug osti qatlami biroz zich), qo'ng'ir-mallarang, o'rtacha qumoq, kesmasida mayda teshikchalar bor bo'lib, keyingi qatlamga o'tishda mexanik tarkibi bilan keskin farq qiladi.
47-60 sm, mallarang, yengil qumoq, mayda qumli, namligi kam,
jinsligi kam, o'simlik ildizlari oz miqdorda (47-50 sm yumshoq, oqimtir rangli), keyingi qatlamga o'tishda mexanik tarkibi bo'yicha farq qiladi.
60-84 sm, qo'ngir-sarg'ish, o'rtacha qumoq, o'g'irga yaqin, namligi avvalgi qatlamlardagidan ko'proq, yo'g'onligi 1-2 mm.lik ildizlar bor, jips joylashgan.
84-108 sm, mallarang, mayda qum, kam namli, yumshoq, juda siyrak ildizlar va chirigan ildizlar bor.
108-142 sm, qo'ngir, yengil qumoq, kam namli (139-142 sm, qizgish og'ir-jips tuproq-jips), 1 mm diametrli siyrak ildizlar bor.
142-180 sm, (150-152 sm, qizgish o'g'ir jips), qo'ng'ir, yumshoq kuchli namli mayda qum.
Sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial tuproqlarning agrokimyoviy tarkibi ham o'ziga xosdir. Mexanik tarkibi yengil qumoq bo'lgan ushbu tuproqlarda chirindi miqdori oz, (0,5-0,8 % gacha), og'ir qumoq tuproqlarda esa biroz ko'proq 0,7-1,4% ni tashkil etadi. Azot esa 0,3-0,4 % ni tashkil etadi xolos. Haraktchan fosfor miqdori 6,0 mg/kg dan 32,0 mg/kg gacha, kaliy esa 130 mg/kg dan 190 mg/kg. Barcha profillar boyicha tuproq yuqori karbonatligi bilan ajralib turadi.
Xorazm vohasi iqlimi bo'yicha issiq subtropik hududlar qatoriga kiradi. Bu hudud subtropik sahroning O'rta Osiyo provintsiyasiga kiradi. Vohada asosan quyidagi tuproqlar rivojlangan:
1. Sug'orma dehqonchilik qilinadigan o'tloq-sahro qum tuproqlar, maydoni 28 ming gektardan ko'proq.
2. Sug'orma dehqonchilik qilinadigan o'tloq-allyuvial voha tuproqlari 227 ming gektardan ko'proq.
3. Sug'orma dehqonchilik qilinadigan o'tloq-botqoq tuproqlar-30 ming gektar atrofida.
4. Sho'rxoklar 7 ming gektar atrofida.
Tajribalar sug'orma dehqonchilik qilinadigan o'tloq-allyuvial ya'ni viloyatning asosiy yer maydonini tashkil etadigan tuproqlar sharoitida bajarildi. Bu tuproqlar qadimdan sug'orilib, dehqonchilik qilinadigan maydonlarni egallagan bo'lib, paxtachilik bilan shug'ullaniladigan yerlarning asosini tashkil etadi va qadimgi Daudan, Daryolik va hozirgi Amudaryoning allyuviysida rivojlangan.
Relefning har xilligi, yerning litologiyasiga o'z tasirini ko'rsatgan bo'lib, yuqori joylarda mexanik tarkibi yengil, pastki qismida esa loyqa yotqiziqlari «Og'ir» mexanik tarkibga ega bo'lgan tuproqlar rivojlanishiga sabab bo'lgan. Shu pastki qismdagi og'ir tuproqlarda sho'r ko'proq to'planib, ularni yuvish ancha qiyin kechadi, mexanik tarkibi yengil bo'lgan hududlarda sho'r kamroq to'plangan va ularni yuvish osonroq. Viloyat bo'yicha mexanik tarkibi bo'yicha o'rta qumoq yerlar 115 ming, og'ir qumoq 40 ming, yengil qumoq 71 ming gektar atrofidadir.
Agrofizikaviy xossalari jihatidan eng qulay o'rta va yengil qumoq mexanik tarkibga ega bo'lgan tuproqlardir. Ularda suv o'tkazish qobiliyati yaxshi, sho'ri nisbatan tezroq yuviladi, yerni haydash va ekin orasida ishlash uchun tuproq tez yetiladi. Bu yengil tuproqlarning haydov qatlamida gumusning o'rtacha miqdori 0,5-0,8%, pastida esa 0,7-1,4%. Yalpi azot miqdori haydov qatlamida 0,03-0,04% atrofida. O'simlik oson o'zlashtiradigan fosfor miqdori 5,9-32,2 mg/kg, almashinuvchi kaliy 134,4-193,0 mg/kg atrofida bo'lib, bu tuproqlar oziqa elementlarining miqdori jihatidan kam va o'rta ta'minlangan.
Viloyat janubida mayda shoʻr koʻl, botqoqlik va shoʻrxok koʻp. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo vodiysida oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, gʻarbida qumliklar uchraydi. Sugʻoriladigan yerlarda, asosan, boʻz tuproq boʻlib, kuchli shoʻrlangan.Sho’rlanish darajasi deyarli 70 % ga teng. Qolgan 30 % i o’rtacha va kuchli sho’rlangan. Sho’rlanish xlorid-sulfad tipida bo’lib, tuproq tarkibida sulfatli tuzlar ko’proqni tashkil qiladi. Yer osti suvi kech kuzda va qishda chuqurda oqadi, sho’r yuvish davrida (bahor) va sug’orish davrida (yozda) yerosti suvi yer yuzasiga yaqin bo’ladi.
Xorazmda tuproq daryo oqiziqlari va tog’ jinslari, daryo suvi loyqalari to’planishidan tashkil topgan bo’lib, tuproqning har xil turlari bor. Sug’orilib foydalanilayotgan yerlarning 75-80 foizi o’tloq-allyuvial tuproq bo’lib, har xil darajada madaniylashtirilgan o’tloq-cho’l, o’tloq-taqir,cho’l-qum, botqoq- o’tloq tuproqlar, shuningdek sho’rxaklar va boshqa xil tuproqlar mavjud.
Xorazm vohasi gidrogeologik sharoiti - tuproq hosil bo‘lish jarayonidagi tabiiy omillaridan biri hisoblanib, tuproq qoplami evolyusiyasi, sho‘rlanish jarayonining shiddatliyligi bilan uzviy bog‘liqdir.
Xorazm vohasi gidrogeologik sharoitini sistematik ravishda o‘rganish 1924-1925 yillarda Toshsaqa magistral sug‘orish kanalining qurilishi bilan boshlangan. Yer osti suvlarining sharoiti, tartiboti, mineralizatsiyasi va oqimini B.M.Georgievskiy, M.M.Krilov, F.M.Raximbaev va boshqalar chuqur o‘rganganlar.
Xorazmda tuproq sho’rlanishi yuqori bo’lishiga qaramasdan qishloq xoʻjaligi asosini paxtachilik va gʻallachilik tashkil etadi. Polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, ijara va xususiy fermer, dehqon xoʻjaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda jami ekin maydoni 232,1 ming ga, shundan 129,4 ming gektari qishloq xo'jalik shirkatlari (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7 ming ga yer dehqon xoʻjaliklari)ga tegishli. Umumiy yer fondining 38,4 % haydaladi, 18,2 % yaylov, oʻtloq, 1,3 % bogʻ va tokzor; oʻrmon va changalzorlar 9,6 % ni, tutzorlar 0,9 %ni tashkil etadi. 1991-2003 yillarda kanal va ariqlar rekonstruksiya qilinib, suv yoʻllarining umumiy uzunligi koʻpaydi. Xorazm viloyatidagi shoʻr suvlar viloyat tashqarisiga zaxkashlar orqali chiqarib tashlanadi. Viloyatda irrigatsiya va melioratsiya ishlariga alohida eʼtibor berib kelinmoqda.
Jami ekin maydonining 102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming gektariga sabzavot ekiladi (2003). So'ngi yillarda aholini oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qoplash maqsadida don (asosan, bugʻdoy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar kengaydi. Defoliatsiya — hosilni mashinalar yordamida yig'ib-terib olishni osonlashtirish uchun o'simlik barglarini sun'iy ravishda to'ktirish. Defoliatsiya uchun kimyoviy moddalar — defoliantlarlan foydalaniladi, ular o'simliklar barglarida qarish yoki tabiiy to'kilish yuz beradigan
jarayonlarga o'xshash hodisalarni sodir etadi. Bu jarayonda barglarda xlorofill miqdori kamayadi, fotosintez keskin susayadi, organik moddalar hosil bo'lish jarayoni buziladi, suv bug'lanishi kuchayadi, oqsil va boshqa birikmalar parchalanishidan hosil bo'ladigan mahsulotlar ko'payadi. Bu birikmalar barg plastinkasi orqali oqib, barg bandi ajratuvchi qavati xo'jayralarining yakkalanib qolishiga olib keladi va barg o'z og'irligi ta'sirida to'kiladi. Barglar kimyoviy preparatlar yordamida to'kilsa, ekin qator oralaridan shamol o'tishi yaxshilanadi, havoning nisbiy namligi kamayadi. Tajribalar olib borishda tuproq iqlim sharoiti
muxim xisoblanadi.Xorazm viloyati tuproq sharoitiga ko'ra gidromorf tuproqlar yer fondining asosiy qismini tashkil qilib, ular yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqin kelgan holatlarida shakllanadi. Bu tuproqlar avtomorf tuproqlardan gumus miqdorining nisbatan ko'p va quyi-o'rta kesimlarda namlikning yuqoriligi bilan ajralib turadi. O'tloqi tuproqlar sho'rlanishga moyil va ularda ham gumus miqdori boshqa tuproq turlariga nisbatan ko'p. Ular viloyatning Honqa, Urganch hamda Gurlan tumanlarida keng tarqalgan.Gurlan tumanda yer fondining mexanik tarkibiga ko'ra taqsimlanishi Sektimenko V.YE. va Ismanov A.J. ma'lumotlarigako'ra umumiy yer maydoniga nisbatan og'ir tuproqlar 37.9%, o'rta qumoq tuproqlar 30.8 %,yengil qumoq tuproqlar 17.1%,qumoq va qumli tuproqlar 7.6%,boshqa ajratmalar 6.6%ni tashkil qiladi.
Defoliatsiya bo'yicha tajribalar Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi Guliston qishlog'i Dastonbek Abrorbek fermer xo'jaliga g'o'za dalasida 2022 yil 1 sentyabr kunlari o'tkazildi.Bu fermer xo'jaligini umumiy ekin maydoni 125 gektar bo'lib shundan 70 gektar maydonga Mexnat navli g'o'za ekilgan. Defoliatsiya ishlari yangi EntoDEFOL 540 g/l s.k defolianti bilan olib borildi. Tajribalar kichik maydonlarda qo'lda ishlatiladigan apparaturadan foydalanilish orqali olib borildi . Bunda qo'lda purkalgan defoliant ishchi eritma go'zaga puxta va aniq sepilganiga ahamiyat berish kerak. Bunday sepilganda 1 ga yerdagi go'za bargi yuzasida 670- 700 l ishchi eritma saqlanib turadi (OP-7 yoki OP-10 mikdorini tutuvchi preparatlar uchun birinchi chegara) va barglar yuzasini oldindan yuvilgan holda ma'lum aniqlik bilan zarur defoliant me'yorini purkash mumkin. Ishchi eritmaning zarur kontsentratsiyasi O'zbekiston Paxtachilik ilmiy- tadqiqot instituti dala tajribalarini o'tkazish ulubiy qo'llanmasi asosida quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: K=m•100/S •V Bunda: m-defoliantning 1 ga maydonga mo'ljallangan me'yori; S-1ga maydondagi go'za bargi yuzasi, ga; V-bir gektariga sarflanadigan ishchi aralashma miqdori, l; 100-kontsentratsiya ko'paytirgichi. Bir tup o'simlik bargi satxi ma'lum bo'lganda, ishchi eritma kontsentratsiyasi ushbu formula bo'yicha aniqlanadi: K=m•100•10000/ Sr•N•V Bunda: Sr-1 tup o'simlik bargi yuzasi, m2 V-bir gektariga sarflanadigan ishchi aralashma mikdori, l; N-go'zaning tup kalinligi; 100- barg yuzasini gektariga aylantirish uchun ko'paytirgich.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling