Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 70.35 Kb.
|
ishchi ZBN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami 6-semest 15 8 Hammasi
- Amaliy mashg’ulotlar mavzulari
- Jami 5-semest 15
- Jami 6-semest 15 Hammasi
- IV. Laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Tajriba mashg‘ulotlari
- Tajriba mashg’ulotlar mavzulari
- Jami 6-semest 15
- V. Kurs ishi bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
III. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Amaliy mashg`ulotlarda talabalar asosiy ma`ruza mavzulari bo`yicha olgan bilim va ko`nikmalarini amaliy masalalar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o`quv qo`llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo`yicha taqdimotlar va ko`rgazmali qurollar tayyorlash tavsiya etiladi. Amaliy mashg`ulotlarda talabalar axborot texnologiyalarida avtomatik boshqarish sistemalarining matematik ifodalarini, turg`unligini tahlil qilish va rostlash sifatini baholash usullarini hisoblashni o`rganadilar. Amaliy mashg’ulotlar multimedia hamda zaruriy qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada yoki korxonada (tashkilotda) bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi yoki korxonaning (tashkilotning) yetakchi mutaxassisi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq. IV. Laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Tajriba mashg‘ulotlari
Tajriba ishlari talabalarda avtomatik boshqarish sistemalarining turg`unligini taxlil qilish, rostlashning sifatini baholash va oshirish, sistemalarni tekshirish bo`yicha amaliy ko`nikma va malaka hosil qiladi. Laboratoriya mashg’ulotlari multimedia hamda zaruriy qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada yoki korxonada (tashkilotda) har bir kichik guruhga (guruhda talabalar soni 24 nafar va undan ortiq bo’lsa kichik guruhlarga bo’linadi) birta professor-o’qituvchi yoki korxonaning (tashkilotning) yetakchi mutaxassisi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.) V. Kurs ishi bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar Kurs ishidаn mаqsаd “Bоshqаrish nаzаriyasi” kursining nаzаriy qismlаrini mustаhkаmlаsh, аvtоmаtik bоshqаrish sistеmаlаrini (АBS) hisоblаsh usullarini egаllаsh vа shu sistеmаlаrni elеktrоn hisоblаsh mаshinаlаridа (EHM) tеkshirishni o‘rgаnishdir. Kurs ishining mаzmuni chiziqli аvtоmаtik bоshqаrish sistеmаlаrini EHM yordаmidа hisоblаsh vа tеkshirishdаn ibоrаtdir. Bundаy sistеmаlаr ishlab chiqarishning ko‘pginа tаrmоqlаridа tеxnоlоgik jаrаyonlаrni vа оbеktlаrni bоshqаrishdа kеng qo‘llаnilаdi. АBSni tеkshirishning sаmаrаdоrligi оshirish uchun hisоblаsh ishlаridа EHMni kеng qo‘llаsh zаrur. Kurs ishi 30-35 bеt hаjmdаgi hisоblаsh tushuntirish xаtidаn vа zаruriy grаfik vа sxеmаlаrdаn ibоrаt. Tushuntirish xаti vа grаfik qism mаzmuni kurs ishi vаzifаsi bilаn аniqlаnаdi. Himоya qilish jаrаyonidа tаlаbа mаntiqiy fikr yuritа оlishi vа kurs ishi yo‘nаlishi bo‘yichа yеtаrli bilimini hаmdа kurs ishidа qo‘llаnilmаgаn АBSni hisоblаshning bоshqа usullаrini egаllаgаnligini ko‘rsаtishi kеrаk. Kurs ishini bajarish uchun taxminiy mavzular: - Berilgan aniqlikni ta’minlaydigan sistemani uzatish koeffitsientini hisoblash. - Zaruriy elementlardan tashkil topgan chiziqli sistemaning turg’unligini tahlil qilish. - Sistemaning zaruriy logarifmik amplitudaviy xarakteristikasi parametrlarini hisoblash. - Korrektlovchi kurilmalarni tanlash va hisoblash. - Korrektlangan avtomatik boshqarish sistemasinining xatoligini va EHM yordamida o’tkinchi jarayonini hisoblash. - Berilgan nochiziqli sistemani garmonik balans usuli bo’yicha tahlil qilish.
Download 70.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling