Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 47.74 Kb.
|
Xamidov KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastur ul-muluk” asarining tuzilishi va tarkibi
Tadqiqot tuzilishi. Tadqiqot kirish, 2 bob va 4 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
I BOB. XOJA SAMANDAR TERMIZIYNING HAYOTI VA ‘‘DASTUR UL-MULUK’’ ASARI. Xoja Samandar Termiziyning ilmiy faoliyati “Dastur ul-muluk” (“Podshohlarga qo’llanma”) nomli qimmatli asaming muallifi XVII asr tarixchisi Xoja Samandar Termiziy bo’lib, uning to’g’risidagi ma’lumotlar deyarli kam. U haqidagi ma’lumotlar asosan “Dastur ul-muluk”ning o’zida, shuningdek muallifga zamondosh bo’lgan mashhur shoirlardan Muhammad Ba’di ibn Muhammad Sharif Samarqandiy Malihning “Muzakkir ul-asxob” antologiyasida mavjud. Muallifning haqiqiy ismi so’nggi vaqtlargacha noma’lumligicha qolgan edi. “Dastur u-muluk” va Malihning “Muzakkir ul-asxob” asarlarida uning faqat taxallusi - Samandar ko’rsatilgan edi. Bu taxallus unga uning tilining o’tkirligi, o’z ishiga jiddiy yondashganidan berilgan bo’lishi kerak. Faqatgina “Muzakkir ul- asxob” asaridagina Xoja Samandarning asl ismi - Muhammad Baqo berilgan10. Muallif hayotining aniq sanasi hali to‘liq o‘rnatilmagan edi. U uzoq umr ko‘rgan degan asoslar ham bor. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Xoja Samandar taxminan 1638-yil Termizda sayyidlar oilasida tavallud topgan bo‘lib, 1740-yilgacha Qumqo‘rg‘onda yashab o‘tgan. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Dastlab Narpayda qozilik qilgan(1660 - 1662-yillar)11. Hayotining birinchi yarmi sayohat qilib yurish bilan kechgan. Malih u haqida shunday yozadi: “U sharq va g’arb shaharlari bo‘ylab sayohat qilib, taqdirning shirin va achchiq damlarini boshidan kechirgan”. Yana shunday asoslar ham borki, bu davrda muallif darveshona hayot tarzini ham boshidan kechirgan. Keyinchalik esa o’z hayot tarzini o’zgartirgan bo’lishi mumkin. Xoja Samandar uzoq vaqt Qarshi(Nasaf)da yashagan bo‘lishi kerak. Yo’l- yo’lakay shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, muallifimiz to‘g‘risida yozayotgan Malih 1100 [1688 – 1689] yili uni Nasafiy deb ataydi. Bu yerda u ikki bor Qarshi raisi lavozimiga tayinlangan. Malihning so‘zlariga ko‘ra, u “rayosat panoh” faxriy unvoniga ega bo’lgan. 1670-yillarda Buxoroga qaytib, Ashtarxoniylardan Abdulazizxon(1055 – 1091] [1645 - 1680) saroyida tarixchi (voqeanavis) lavozimida ishlagan. U Abdulazizxonning Buxoroga kirib kelgan xorazmiylarga qarshi yurishida ishtirok etgan. Xoja Samandar Subhonqulixon(1091 – 1114] [1680 - 1702)ning Balxga 1097/1685, 1104/1693 va 1107/1695-yillarda amalga oshirgan uchta yurishining ishtirokchisi bo’lgan. Shuningdek, Xoja Samandar elchilik vazifasini ham amalga oshirgan. U Subhonqulixon tomonidan Samarqandning isyonkor hukmdori Xo’jaquli bilan uni xon bilan yarashishga ko’ndirish maqsadida muzokaralar olib borish uchun ikki marta vakil qilib yuborilgan edi. Bularning barchasi haqida muallifning shaxsan o’zidan, uning Balxga 1107/1695-yilgi yurishida ishtirok etishi to’g’risida esa Xoja Samandarga zamondosh bo’lmish Muhammad Amin ibn Muhammad Zamonning “Muhit at-tavorix” nomli tarixiy asaridan bilish mumkin12. Muallifning 1702-yili Qarshiga kelishi uning uchun katta falokat bilan tugagan. Uning so’zlariga qaraganda, unga qarshi axloqan past, ammo Qarshida juda katta ta’sir kuchiga ega bo’lgan Avaz xo’ja degan kishi boshchiligidagi harakat uyushtirilgan edi. Ushbu tuhmat natijasida Xoja Samandardan do’stlari yuz o’girishadi; uning Qarshi jamiyatidan uzilishiga va darveshona hayotini eslatuvchi turmush tarzini boshidan kechirishiga to’g’ri kelgan. Shu bilan u umrining oxirigacha faqat ilmiy faoliyat bilan shug’ullanadi. Xoja Samandaming hayoti va ijodida Balxda yashovchi qozi Yusuf mirzo degan kishi katta rol o’ynagan va muallifimiz u bilan asosan yozishmalar orqali aloqada bo’lgan. Bu ikki shaxsning xatlari “Dastur ul-muluk”da keltirib o’tilgan. Xoja Samandar Yusuf mirzoni yuksak faxr bilan tilga oladi13. Xoja Samandar Termiziy o’z davrining keng ma’lumotli kishilari jumlasidan bo’lgan. Malihning bergan ma’lumotlariga asosan, Xoja Samandar yetuk shoir, yozuvchi va tarixchi olim bo’lgan, ilohiyot ilmini ham yaxshi bilgan, ko’p sayohat qilib, nazariy bilimini mustahkamlagan. Uning adabiy faoliyati 1100/1688 - 89- yillarda Qarshida boshlangan. Bizning zamonimizgacha olimning ikki muhim asari yetib kelgan. Bulardan biri “Dastur ul-muluk” va ikkinchisi “Anis ul- fuqaro”(“Faqirlar do’sti”) nomi bilan mashhur bo’lib, 1735-yili yozilgan. Malihning so’zlariga ko’ra, ”Dastur ul-muluk” Xoja Samandaming ilk yirik asari bo’lishi mumkin14. Ushbu asar, muallifning so’zlariga qaraganda, qandaydir yosh odamning iltimosi bilan yozilgan edi. Iltimos esa qandaydir nufuzli kishidan kelib chiqqan, zero muallif uning iltimosiga qarshi chiqa olmagan. Asar Subhonqulixonga bag’ishlangan. U 1106/1694 - 95-yillarda tuzilgan bo’lib, unda ushbu yillar voqealari haqidagi hikoyalar mavjud. “Dastur ul-muluk” asarining tuzilishi va tarkibi 1890-yil sobiq Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyida A. L. Kunning to’plamlari orasida Xoja Samandar Termiziy asarini o’z ichiga olgan qo’lyozma ham mavjud bo’lgan. K. G. Zaleman birinchi bo’lib Kun to’plamidagi qo’lyozmalar ro’yxatini nashr qilganida ushbu asami qayd etdi. Zaleman asar, muallif nomi va vaqtini ham keltirib o’tdi. O’shandan keyin asar tadqiqotchilar e’tiborini o’ziga tortmadi. Sababi asar nomi va tuzilishi (boblar ro’yxati) uning etika-didaktik mazmundagi asar deb qaralishiga sabab bo’lgan. M. A. Salohiddinovaning so’zlariga ko’ra, bu asar tadqiqiotchilami SSSR FA sharqshunoslik institutining fors va tojik qo’lyozmalari qisqa katalogini tuzish vaqtida qiziqtiradi, chunki asarning uchdan ikki qismini tarixiy mazmundagi ma’lumotlar tashkil etadi. 1964-yil Eron filologiyasi bo’yicha IV Butunittifoq ilmiy konferensiyasida “O’rta Osiyo tarixi bo’yicha yangi manba” mavzusida ma’ruza o’qildi. Ushbu ma’ruzada “Dastur ul-muluk” ning muallifi haqida qisqa ma’lumotlar berilib, asarning tarixiy manba ekanligini tushuntirishga harakat qilindi15. “Dastur ul-muluk” asari Orta Osiyoning XVII asr adabiyoti boyligi hisoblanadi. U nafaqat etika-didaktik asar sifatida, balki Buxoro xonligining XVII asr so’nggi choragidagi muhim voqealar o’z aksini topgan tarixiy manba sifatida ham ahamiyatlidir. “Dastur ul-muluk”ning kirish qismida berilganidek, muallif bu asarni avvalo 21 bobdan tuzmoqchi bo’lgan, etika-didaktik mazmundagi 20 bob hamda Subhonqulixon boshqaruvi va uning hukmronligining birinchi o’n yilligi voqealari haqidagi so’nggi 21-bobni qo’shmoqchi bo’ldi. O’z navbatida muallif mazkur bobni 4 qism (maqola)ga bo’lmoqchi edi. Keyinchalik yozish davomida Xoja Samandar bir necha marta asarning dastlabki rejasini o’zgartirdi. Unga yana bir bob - “Ishq-muhabbat haqida” nomli bob qo’shdi va uni 20-bob sifatida kiritdi. Ko’zda tutilgan “Olamning o’zgaruvchanligi to’g’risida” nomli 20-bobni esa oxiriga joylashtirdi va u 22-bobni tashkil etdi. 21-bobni esa oldindan mo’ljallangan 4 qismga qo’shib kengaytirdi. Shu tariqa asar 22 bobni o’z ichiga oladi. Asaming 22 bobidan ilk 20 ta bobi hamda so’nggi 22-bobi etika, axloq va odob masalalariga, 21-bob esa asosan muallif davridagi tarixiy voqealar haqidagi hikoyalarga bag’ishlangan. Asarda berilgan boblar nomlari quyidagicha: Download 47.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling