Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 47.74 Kb.
bet7/11
Sana19.06.2023
Hajmi47.74 Kb.
#1609761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamidov KURS ISHI

II fasli. 1096-yilda bo’lib o’tgan voqealar haqida20
Qudratli said Subhonquli Muhammad Bahodirxon Movarounnahr taxtiga o’tirgandan keyin Samarqand boshqaruvini Xo’jaqulibiy o’tarchiga topshiradi, ammo Xo’jaqulibiy xonga sodiqligini ko’rsatish o’rniga qo’zg’olon ko’taradi. U ko’psonli xitoy qabilasiga ishonib, xonga nisbatan hurmatsizlik qilgancha Samarqanddan chiqib ketadi va Koson qal’asiga kirib keladi.
Qudratli xon hazratlari sabr ila muallif(Xoja Samandar)ni Xo’jaqulibiyni o’z huzuriga chaqirish uchun uning oldiga yuboradi. Lekin u Xo’ja-Muborak degan joygacha kelganda bir nechta isyonchilar qo’zg’olonni kuchaytiradilar. Bu xabar xon qulog’iga yetib kelgach, bu safar muallif bilan birga Xo’jamberdi shig’ovul qipchoqni ham jo’natadi. Lekin shig’ovul so’zlarini ko’ngliga yaqin olmagan Xo’jaquli odamlarini to’plab, qo’zg’olon yo’li bilan Qarshilik musulmonlarining mulkiga bostirib kiradi. Uning dushmanligi shu darajaga yetib borganki, urganchlik (ya’ni Anushaxon) qabulida bo’lib, uni Xorazmdan chiqib harakat qilishiga ko’ndiradi. Anushaxon esa Buxoroni egallash niyatida Xo’jaquli so’zlariga quloq solib, qo’zg’olon yo’lini tanlaydi. Bu xabarni eshitgan xon dushmanga qarshi jangga kirishadi. Bu orada G’oyib Nazarbiy saroy, Jonibek to’qsoba, Sher G’ozibiy dodxox harbiy qo’shinlar bilan birga otlarda jangga kirishadi. Ushbu dahshatli jang vaqtida xonning bahodirlari tomonidan yetkazilgan zarbalari natijasida Anushaxonning noibi bo’lmish Murod Urganjiy egaridan tushiriladi. Bu voqeadan keyin dushmanlar vodiyga qarab chekinishadi. Bundan xabar topgan Anushaxon ertasi kuni tongda katta qo’shin bilan G’ijduvon tomondan chiqib keladi. Lekin Subhonqulixon g’alabasi aniq bo’lgan edi. Mazkur jangda qahramonlik ko’rsatgan bahodirlardan qilichbozlikda mahoratini ko’rsatgan Ma’sum miroxo’r saroy, shuningdek jasoratliligi bilan ajralib turgan Shoh Tibxo’ja, chap tomondan harakat qilgan Ne’matulla-xo’ja hamda Bek Muhammadbek durman va Muhammad Rahimbek durman nomlari keltiriladi. Shu kuni xon uchun o’z jonini qurbon qilgan Abdullaxo’ja (Yusuf xo’janing o’g’li) va Ollohberdibek jaloyir tarix varaqlarida saqlanib qolgan. Ajoyib g’alabalardan so’ng Subhonqulixon o’sha vaqtni o’zida xizmatkorlariga oltin egarli otlar, qilichlar, bahodirlariga esa sarpo va yirik miqdorda pul berishni buyuradi.



Download 47.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling