Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 47.74 Kb.
bet1/11
Sana19.06.2023
Hajmi47.74 Kb.
#1609761
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamidov KURS ISHI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI


SHARQ SIVILIZATSIYASI VA TARIX FAKULTETI


KURS ISHI


Mavzu: Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari Markaziy Osiyo tarixiga oid muhim manba


Taqrizchi: t.f.n., dots. Alimova R.R _______


Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi:
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va
etnologiyasi kafedrasi mudirasi,
t.f.n., dots. Alimova R.R. _______________


Bajardi: “Tarix (Markaziy Osiyo
mamlakatlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi
4-kurs talabasi Xamidov Azizbek
Baxtiyorjon o‘g‘li_______


Ilmiy rahbar: Karimov N_____________
Toshkent – 2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………...
I BOB. XOJA SAMANDAR TERMIZIYNING HAYOTI VA ‘‘DASTUR UL-MULUK’’ ASARI

    1. Xoja Samandar Termiziyning ilmiy faoliyati………………………………..

    2. “Dastur ul-muluk” asarining tuzilishi va tarkibi……………………………..

II BOB. “DASTUR UL-MULUK” - XVII ASR BUXORO XONLIGI TARIXINI YORITUVCHI MANBA
2.1. «Dastur ul-muluk» asarida Shayboniylar hukmronligi davri……………………
2.2. «Dastur ul-muluk» asarida berilgan muhim ma’lumotlar………………………
XULOSA……………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………..
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Milliy istiqlol yillarida jahon ilm-fani, madaniyati rivojiga, insoniyat ma’naviyati takomiliga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ardoqli, bebaho merosini o‘rganish, ibratli hayoti va ijodi, benazir kashfiyotlarining jahonshumul ahamiyati haqidagi bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan harakat bugun o‘z samarasini bermoqda. Qadimiy ilm-fan va madaniyat markazlaridan biri Termiz shahridan yetishib chiqqan Imom Termiziy va termiziy allomalarning boy merosini o‘zlashtirish va keng targ‘ib etish maqsadida xorijiy ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiya, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Xurmatli Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviyatimizni quyidagicha ta’riflaydi1: «Ma’naviyat uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, his-tuyg’u tinim bilmaganidek, ularning masuli o’larok, ma’na­viyat ham doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo’ladi. Ma’­naviyat deganda avvalambor odamning ruhan pokligiga qalban ulg’ayishiga chorlaydigan inson ichki dunyosini, idrokini bakuvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuchni tasavvur qilaman».
“Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o‘xshash mentalitet, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va an’analar, hamda ajralmas do‘stlik chambarchas bog‘lab turadi. Bularning barchasi, xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yo‘lida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorligimizga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi, — deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev2 janobi oliylari.
Istiqlol tufayli o’zligimizni anglay boshladik, hayotimiz, fikrimiz, dunyoqarashimiz o’zgardi shunga yarasha tushunchalarimiz ham yangilandi: Milliy g’oya, milliy mafkura, komil inson tarbiyasi davrimizning dolzarb vazifasiga aylandi. Ota-bobolarimiz asrlar davomida yaratgan, beshavqat davr sinovlaridan omon qolgani iymonni mustahkam, bakuvvat etuvchi, ko­mil inson xususida yozilgan axloqiy, diniy, ilmiy va didaktik asarlarni o’rganish ham davlat siyosati darajasiga kutarildi.
Mustaqillikning samarasi sifatida dunyo yuzini kurgan ana shunday asarlardan biri Xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul-muluk» («Podshohlarga qo’llanma »)3 kitobidir.
Markaziy Osiyo tarixida Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari o’rtasidagi siyosiy munosabatlami chuqurroq o’rganishda “Dastur ul-muluk” asarining tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini aniqlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Download 47.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling