Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi
Mavzuning o’rganilganlik darajasi
Download 47.74 Kb.
|
Xamidov KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning obyekti va predmeti.
- Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Asarning o’zbekcha nashri esa J.Esonov4 tomonidan amalga oshirildi. Sankt-Peterburklik taniqli sharqshunos olima M. A Saloxiddinova SSSR Qo’lyozmaning uchdan ikki qismi sof tarixiy voqealarga bag’ishlanganligi uchun 1960 yilda o’tkazilgan sharqshunoslarning XXV Xalqaro anjumanida olima birinchi bo’lib, ushbu qo’lyozmada bayon etilgan tarixiy voqealar xaqida axborot beradi 1964 yidsa Eron filologiyasi bo’yicha o’tkazilgan IV Bugunittifok ilmiy anjumanida M. A. Saloxiddinova «O’rta Osiyo tarixiga oid yangi manba» mavzusida ikkinchi marta ma’ruza qildi. Bu ma’ruzada «Dastur ul- muluk» asari xususidagi qisqacha ma’lumot berilishi bilan birga, uning o’ziga xos tarixiy manba ekanligini yoritishga harakat qilingan.
Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asarini Xayriddin Sulton,5 D.S.Qulmamatov,6 Bo’riboy Axmedov,7 Asomiddin O’rinboyev,8 Ubaydi Zakoniy,9 va boshqalar ushbu asarni foydalanganlar. Xojaning «Dastur ul-muluk» asari xorijiy sharqshunoslarning ham tadqiq etish, o’rganish mavzusiga aylangan. Chunonchi, mashxur chex sharqshunos olimi Irti Bechka: «XVII asr O’rta Osiyo tarixini o’rganishda Xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul- muluk» asari muxim tarixiy manba hisoblanadi» — deb yozgan edi. Mavzuning obyekti va predmeti. Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari orqali Markaziy Osiyo tarixiga oid manbalarni o’rganish tadqiqotning obyekti hisoblanadi. Buxoro xonligining ichki vaziyatini tavsiflash uchun “Dastur ul-muluk” asarining asl nusxasidan foydalanildi, zero bunda asardagi boshqa manbalarda uchramaydigan ko’plab qimmatli ma’lumotlar yordam beradi. Kurs ishining maqsad va vazifalari. “Dastur ul-muluk” asari Orta Osiyoning XVII asr adabiyotining qiziqarli boyligi hisoblanadi. Ammo u nafaqat etika-didaktik adabiyotining asari sifatida, balki Buxoro xonligining XVII asr so’nggi choragidagi muhim voqealar o’z aksini topgan tarixiy manba sifatida ham ahamiyatga egaligini aniqlash lozim. Ishni bajarishda esa quyidagi jihatlarni amalga oshirish asosiy vazifalar sifatida belgilangan: - Xoja Samandar Termiziyning hayoti va ‘‘dastur ul-muluk’’ asari o‘rganish. - Xoja Samandar Termiziyning ilmiy faoliyati tahlil qilish. - “Dastur ul-muluk” asarining tuzilishi va tarkibi bilan tanishish. - “Dastur ul-muluk” asarida shayboniylar hukmronligi davrini o‘rganish. - “Dastur ul-muluk” asarida berilgan muhim ma’lumotlarni tahlil qilish. Download 47.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling