Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


II BOB. “DASTUR UL-MULUK” - XVII ASR BUXORO XONLIGI TARIXINI YORITUVCHI MANBA


Download 47.74 Kb.
bet6/11
Sana19.06.2023
Hajmi47.74 Kb.
#1609761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamidov KURS ISHI

II BOB. “DASTUR UL-MULUK” - XVII ASR BUXORO XONLIGI TARIXINI YORITUVCHI MANBA
2.1. «Dastur ul-muluk» asarida Shayboniylar hukmronligi davri.
XXI bob. Subhonqulixon hukumatining o’rnatilganidan so’ng bo’lib o’tgan voqealar
(V fasldan iborat)
I fasl19
Abdulazizxon Kerminda bo’lgan vaqtida Buxorodan chopar keladi va Anushaxonning tobelikdan bosh tortib, hukmronlik uchun qo’zg’olon ko’targan holda Buxoroga kelgani haqida xabar beradi. Oliy hazratlari amir Bahovuddin va qozi Lutfullo kabi kishilariga pastkash xorazmliklar (Anushaxon) to’g’risida xabar beradi. Bu xabarni eshitgach, barcha xizmatkorlar to’planishib xorazmliklarga qarshi kurash olib borish kerakligini aytishadi. Shundan keyin Abdulazizxon Buxoroga yo’l oladi, hech qayerda to’xtamasdan ketar ekan, Buxoro tumanlarining biridagi Oqsoch qal’asida joylashadi. Yo’llarda esa qo’shinlarini terib qo’yadi.
O’sha vaqtda Buxoro shahri hukmdori Iskandarbiy saroy bo’lib, o’sha davrning e’tiborli kishilaridan sanalgan. Uning huzuriga Abdulazizning xizmatkorlari yetib kelgan vaqtda qamalda turgan bir nechta urganchliklar Iskandarbiy ustiga hujum qilishadi. Kuchlar teng bo’lmagani sababli xorazmliklar shahar bo’ylab talon- tarojlik ishlarini amalga oshirishadi va ularning qo’lida katta miqdorda boylik hamda o’lja to’planadi. Sarosimaga tushgan Buxoroning bir qator nufuzli kishilari Anushaxon huzuriga kelishadi va uning tomonidan qabul qilinadilar. Ular qatorida
Buxoro qishloqlari sug’orilib, gullab-yashnashida hissa qo’shgan Muhammad Bakirxo’ja va qozilik ishlarini adolatli tarzda olib borgan qozi amir Nosir bo’lgan.
Bo’lib o’tgan janglarda Abdulqodir o’g’lon, Ma’sum miroxo’r saroy, Ne’matulla xo’ja, Shoh Tibxo’ja, Rahimberdi shig’ovulning mardonavorligi va jasurligi tilga olinadi, xon xorazmliklar qonini to’kib, hukumatni qo’lga oladi. Bu orada Samarqandga parvonachi lavozimiga tayinlangan Abdulkarimbiy nayman tayinlanadi. U xon bilan uchrashib, Anushaxonga qarshi jangga kirishga rozi bo’ldi va u bilan birga Qarshi qal’asi tomon yurish qilgan botir Muhammad Alibiy ham kelib qo’shiladi. Xorazmliklar esa yengilib Xorazmga qaytishadi.
Bu faslda Abdulazizxonning o’limi haqida ham hikoya berilgan. Abdulazizxon taqdir taqozosi bilan davlat ishlaridan uzoqlashadi va ikki muqaddas shahar tomon yo’l oladi. Isfahon tomon ketar ekan, kambag’al odamlarga yordam qo’lini cho’zadi. Movarounnahr taxtini esa ukasi Subhonqulixonga qoldiradi. Ka’bani ziyorat etgach, Hindiston kabi davlatni ko’rish ishtiyoqida Moxa (Yaman) portiga keladi, ammo kasalligi tufayli kuchsizlanib qoladi va safar orzusi amalga oshmay qolib vafot etadi.

Download 47.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling