Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 47.74 Kb.
bet5/11
Sana19.06.2023
Hajmi47.74 Kb.
#1609761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamidov KURS ISHI

XXII bob. Olamning o’zgaruvchanligi to’g’risida
Shu tarzda asar uning mazmuniga ko’ra ikki qismga: etika-didaktik va tarixiy qismga bo’linadi. Etika-didaktik qismi deyarli oldingi etika-didaktik asarlardan kelib chiqqan tuzilgan. Ikkinchi tarixiy qismi esa muallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida yozilgan. “Dastur ul-muluk”ning muqaddimasida muallif tomonidan foydalanilgan manbalar ro’yxati berilmagan va ular faqatgina ko’chirilayotgan vaqtda tilga olinishi mumkin. Asarda quyidagi mashhur mualliflarning asarlaridan ko’chirmalar keltiriladi: taniqli so’fiy shayx Abu Sa’id ibn Abulxayr al-Mayxoniy, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy (muallif uning “Bo’ston” va ”Guliston” asarlaridan keng foydalanadi), Husayn Voiz al-Kashifiy (uning “Anvar- i Suhayli” asari misolida), Abdulloh Habushani Jomiy Xatifiy, Muhammad ibn Sulaymon Fuzuliy va muallifga zamondosh: Nozim Xoroviy, Muhammad Ali Tabriziy Isfag’oniy Soib, Mir Obid Nasafiy Said, Fozil Valiy, Hasanbek Ra’fiy, Muhammad Shavkat Buxoriy. Shuningdek, muallif “Axloq” deb tilga oladigan asarni ham misol qilib ko’rsatadi. Tarixchilar tomonidan aniqlanishicha, bu nom ostida Xoji Yusufga tegishli “Ilm al-axloq” asari yashiringan.
Yuqorida sanab o’tilgan manbalar orasida asosan uchtasi keng qo’llanilgan: 1) Husayn Voiz al-Kashifiyning “Anvar-i Suhayli”; 2) Xoji Yusufning “Ilm al-axloq”
va 3) Sa’diyning “Bo’ston”i. Xoja Samandar boshidagi ikki asardan ko’plab hikoya va fikrlarni “Dastur ul-muluk”ga qo’shadi16.
Muallifning tilga olingan manbalarga nisbatan ularni qo’llash nuqtai-nazaridan yondashishini qayd etish ham qiziqarlidir. Odatda boshqa mualliflaming she’rlari Xoja Samandar tomonidan o’zgartirishsiz o’zlashtirib olingan, nasriy matni esa ko’p hollarda qisqartirishlarga uchragan.
Hozirgi vaqtda muallif tomonidan foydalanilgan manbalarning to’liq doirasi haqida ishonch bilan aytib bo’lmaydi. Shu sababli muallif tomonidan o’zlashtirib olingan yoki muallifning asl matnlari asardagi etika-didaktik qismning qancha ulushini tashkil etishini aniqlab bo’lmaydi. Biroq ko’plab she’rlari muallif so’zlari bilan yonma-yon keladi: ’’...aytganlaridek”. Demak bundan bilsa bo’ladiki, she’rlarning hammasi bo’lmasa ham ko’pchiligi Xoja Samandarga tegishli bo’lmay, boshqa mualliflarga taalluqlidir.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, “Dastur ul-muluk”ning etika-didaktik qismi muallif tomonidan o’zidan oldin o’tganlarning asarlaridan keng o’zlashtirilgan. Ammo ma’lumotlarni terish hamda o’zlashtirilgan qismlar o’rtasidagi uyg’unlashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va bunday san’at asari nafaqat muallifning zamondoshlari, balki undan keyin yashab o’tganlarga manzur bo’lgan. Buni quyidagi fakt ham tasdiqlaydi: ”Gulshan ul-muluk” tarixiy asarning muallifi - Muhammad Yoqub mirzo ibn Muhammad Doniyolbiy otaliq “Dastur ul-muluk” yozilganidan 130 yil o’tgach, o’z asarining oxiriga Xoja Samandar asarining etika- didaktik qismidan katta parcha joylashtiradi. Mazkur qism biz uchun XVII asr oxiri O’rta Osiyo adabiyotining etika-didaktik yodgorligi sifatida muhim17.
O’zbekiston tarixini o’rganishda Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul- muluk” asari katta ahamiyatga ega. Asarda o’zaro kurashlar, oily martabali mansabdorlar orasida keng tarqalgan buzuqlik, poraxo’rlik, zulm va mehnatkash xalqning og’ir ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. “Dastur ul-muluk”da o’zbeklarning etnik tarkibi haqida ham muhim dalil va ma’lumotlarni uchratish mumkin9. Uning 21-bobini tashkil etuvchi ikkinchi katta qismida, yuqorida aytilganidek, muallif davridagi voqealar bayoni o’z aksini topadi va qolgan boblardan farqli mustaqil, asl hisoblanadi. Bu qismda muallifning biror manbadan foydalanganligi (she’rlardan tashqari) to’g’risida gapirilmaydi. Malihning so’ziga ko’ra, Xoja Samandardek oliy ma’lumotli inson tarixiy adabiyot bilan tanish bo’lmasligi mumkin emas. Biroq u o’z zamonasining voqealarini yozishda foydalanishi mumkin bo’lgan manbalar bo’lmagan. Haqiqatan, Xoja Samandar tomonidan tasvirlangan davr o’z aksini topgan Muhammad Aminning “Muhit at - tavorix” va Muhammad Yusuf Munshining “Tarixi Muqimxoniy” kabi mashhur tarixiy asarlar “Dastur ul-muluk”dan keyin vujudga kelgan.
Hozirgi vaqtda “Dastur ul-muluk”ning uchta ro’yxati ma’lum:

  1. Asarning to’liq ro’yxati O’zbekiston FA ning sharqshunoslik institutida mavjud. U n4468 qo’lyozmalar to’plami tarkibida joylashgan bo’lib, 1b - 92b varaqlarini egallaydi. Ro’yxat O’rta Osiyoda ko’chirilgan, tugatilgan vaqti 1245- yil 24 rabi’/1829-yil 23 sentabr. Matn qora siyohda, sarlavhasi - qizil siyohda, nasta’liq yozuvida, O’rta Osiyo qog’ozida yozilgan; qog’oz o’lchami 24,5 x 14,5, matn o’lchami 18,5x9,5; qog’ozda 17 satrda berilgan. Ushbu ro’yxat shartli ravishda T belgisi bilan berilgan.

  2. Yana bir ro’yxati SSSR FAning sharqshunoslik instituti ro’yxatining C 450 qo’lyozmalar to’plami tarkibiga kiradi, 128a - 235b qog’ozlarini egallaydi. Ro’yxat O’rta Osiyoda ko’chirilgan, tugatilgan vaqti 1242-yil 15 jumada/1827-yil 14-yanvar. Matn qora siyohda, sarlavha - qizil siyohda, O’rta osiyo qog’ozida nasta’liq xatida yozilgan; qog’oz o’lchami 24,5x14,5, matn o’lchami 19x8,5, qog’ozda 16 satrda berilgan. Ro’yxat muqaddimasining boshi bo’lmagan nuqsonli qo’lyozmadan ko’chirilgan. Ro’yxat shartli ravishda Л belgisi bilan ifodalangan.

  3. N1437 raqamli O’zbekiston FA ning sharqshunoslik instituti ro’yxati. Hozirgi kundagi mashhur asarlar ro’yxatidagi eng eskisi hisoblanadi (1107/1695- 96-yillar, ya’ni asar tuzilganidan keyin). Ro’yxat to’liq emas: unda muqaddima va birinchi bobning boshlansh qismi mavjud emas. Shu bilan birga qolgan ikki ro’yxatda bo’lmagan katta parcha mavjud. Ro’yxat tekis O’rta Osiyo qog’ozida qora siyohda, sarlavhasi va iboraning chegarasini anglatuvchi nuqtalar esa - qizil siyohlarda, nasta’liq xatida O’rta Osiyoda ko’chirilgan. Qog’oz o’lchami 25x16; 372 bet. Bir betida 11 satr, undagi matn o’lchami 16x8. Ro’yxat matni ko’chirilgandan so’ng tuzatishlarga uchragan. Asosiy matnda o’chirilgan va noto’g’ri yozilgan so’zlar tuzatilgan, o’chirilgan so’z ostida so’zlar to’g’ri shaklda yozilgan; hoshiyada matnda tushirib qoldirilgan so’zlar, iboralar, she’rlar ko’rsatib o’tilgan. Matnga kiritilgan tuzatishlar asosida ularning so’nggilari ikki shaxs tomonidan amalga oshirilgan deb tushunish mumkin. Tuzatishlarning katta qismini ko’chirayotgan shaxsning o’zi kiritgan, ya’ni tushirilgan so’zlarni qizil siyoh bilan belgilagan, hoshiyalarda tushirib qoldirilgan yoki tuzatilgan matnni yozgan. Mazkur ro’yxat Ta belgi bilan ko’rsatilgan.

“Dastur ul-muluk” ro’yxatlarining matni munosabatida yaqinlik kuzatiladi. Ular orasidagi farq uncha bilinmaydi. Ulardagi farqlar asosan ko’chirib yozish texnikasiga tegishli: so’zlarning grafik berilishi, so’zlarning sinonimlari bilan ifodalanishi, bir grammatik shaklining boshqasi bilan berilishi, so’zlarning va ayrim hollarda alohida iboralarning qoldirilishi,.
Ta ro’yxati nafaqat vaqt bo’yicha eng qadimgi asar qo’lyozmasi hisoblanadi, balki Л va T ro’yxatlari bilan qiyosan bir qator ustnliklarga ega. Unda matnda tushirib qoldirilgan alohida so’zlarning berilishidagi xatoliklar kamroq. Bu yerda ayrim arab so’zlari noodatiy shakllarda yozilgan. Ammo bu yerda ko’chirib yozuvchini savodsizlikda ayblab bo’lmaydi. Tarixchilar fikricha, ko’chirib yozuvchi shaxs ma’lum bir xat turlariga amal qilgan. Ushbu ro’yxat texnik jihatidan yaxshi tashkillashtirilgan: tekis qog’ozda aniq yozuvda yozilgan.
Л va T ro’yxatlari esa yupqa qog’ozga kamroq qoldirishlar va xatolar bilan ko’chirilgan. Л va T ro’yxatlari alohida so’zlar, grammatik shakllarning yozuvda berilishida o’zaro yaqindir.
Ushbu “Dastur ul-muluk” asarining O’zbekiston FA Sharqshunoslik institutida N1437 raqam ostida M. A. Salohiddinova tomonidan amalga oshirilgan forschadan tarjimasi, muqaddimasi, izoh va ko’rsatkichlari nusxasi saqlanadi. Tarjima izoh bilan keltirilgan. Izohlarda Xoja Samandar tomonidan foydalanilgan manbalar ro’yxati ko’rsatilgan. Izohda matnning alohida iboralari, so’zlar, atamalar, atoqli otlar va geografik nomlar sharhlanadi.
Ta ro’yxatini suratga tushirishda 88 - 89, 239 - 240, 288 - 289 betlaridagi matnlar muvaffaqiyatli chiqmagan, 285 - 287, 290 - 297 betlari ham yaxshi chiqmagan18.



Download 47.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling