Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 460.5 Kb.
bet13/32
Sana17.09.2023
Hajmi460.5 Kb.
#1680264
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
turkiy tillarning qiyosiy-tariixy grammatikasi-buxoro

Bobotil nazariyasi Yevrop fanida Kant-Gegel falsafasi va fanlarda tabiatshunoslikning (naturalizmning) yetakchiligi davrida ishlab chiqilgan. Bu nazariyasiga ko‘ra, dastlab tirik yoki biologik organizm kabi yaxzlit, tugal va mukammal bo‘lgan bitta – bobotil (prayazik) mavjud bo‘lgan. Tarixiy taraqqiyot natijasida bu til ­ daraxt bitta butun va yaxlit tanadan shoxlanib, shoxlar yana bo‘linib… ketavergani kabi ­ bo‘linib, parchalanib, tarmoq-u, guruh-u, guruhcha-yu guruhchachalarga ajralib ketavergan. Shu taqiqda yogona bobotil bugungi kunda har bir oilada birlashadigan yuzlab va hatto minglab tillarni (qiztillarni, farzand tillarni) bergan.
Bopp-Shleyxer ta’limotida takomillashgan bu nazariyaning falsafiy metodologik asosini Georg Fridrix Gegelning falsafiy qarashlari tashkil etib, til Ruhi mutlaqning ijodi mahsuli sanalgan va har bir oilada Ruhi mutlaqning xalq ruhi ko‘rinishi tomonidan ijod etilgan bitta bobotil va uning ikki bosqichi – dastlab tovush olamida ijod qilib, til taraqqiyotining ma’lum cho‘qqisiga yetishishi, undan keyin xalq ruhining tovush olamidan xalq, inson olamiga ko‘chishi, yagona tilning taraqqiyotdan qolishi va buzila – parchalana borishi kabi bosqichlarga ajratilishi metodologik tamoyiliga tayanadi. Shleyxer bugun ham tillarning tipologik (morfologik) tasnifida keng qo‘llaniladigan amorflik, inkorporatsiya (sinkretizm), agglutinatsiya, feklivlik kabi to‘rt taraqqiyot cho‘qqisini ajratadi va dunyo tillarining shu asosdagi ilk tipologik tasnifini beradi. Shuning uchun tillarning Bopp-Shleyxer metodologik tamoyillariga asoslanib tuzilgan genealogik tasniflari odatda daraxt shaklida beriladi va, masalan, “Turkiy/Hind-yevropa… tillar shajara daraxti” deb nomlanadi.
Bobotil ham butin oilaga yoki uning alohida bir guruhiga taalluqligiga ko‘ra hind-yevropa bobotili (butun olianing bobotili), slavyan bobotil (praslavyanskiy yazik, slavyanskiy prayazik) pragerman bobotil v.h. deb yuritiladi.
Kezi kelganda shuni eslatib o‘tih lozimki, yagona bobotil nazariyasinng falsafiy-metodoloik asosini muqaddas kitoblarda bayon qilingan bosh g‘oya – insoniyatning bir ota-onadan – Hazrat Odam Ato va Momo Havvodan tarqaganlari tashkil etadi.

Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling