Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 460.5 Kb.
|
turkiy tillarning qiyosiy-tariixy grammatikasi-buxoro
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-Ma’ruza . Turkiy tillar morfologiyasi taraqqiyotining asosiy yo ‘ malishlari . Reja
- Adabiyotlar
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Tovushlarning mos kelishi deganda nimani tushunasiz? 2. Tovushlarning almashinishi deganda nimani tushunasiz? 3. Tovushlarning mos kelishi va tovushlaning almashishi o‘zaro qanday munosabatda? 4. Turkiy o‘zak va qoshimchalarda old qator va orqa qator unlilarining almashinishiga o‘zbek shevalaridan misollar keltiring. 5. Turkiy o‘zak va qoshimchalarda keng va tor unlilarining almashinishiga o‘zbek shevalaridan misollar keltiring. 6. Turkiy o‘zak va qoshimchalarda lablangan va lablanmagan unlilarining almashinishiga o‘zbek shevalaridan misollar keltiring. 7. Turkiy o‘zak va qoshimchalarda /r/ ~: /z/ undoshlarining almashinishiga o‘zbek shevalaridan misollar keltiring. 8. Turkiy o‘zak va qoshimchalarda /y/ ~ /j/ ~ /jh/ (va boshqa turlariga) undoshlarining almashinishiga o‘zbek shevalaridan misollar keltiring. 9. O‘zbek tili shvalaidagi tovujh almashinuvlari turliy tillarda tovushlarning mos kelishi va almahinihi silisisida qanday o‘rin egallaydi? 14-Ma’ruza. Turkiy tillar morfologiyasi taraqqiyotining asosiy yo‘malishlari. Reja: Kirish. Turkiy tillar morfologiik tizimining ustuvorligi haqida. Turkiy tillar morfologiyasiga fonetiki tizim ta’siri. Turkiy tillar morfologik tizimi taraqiyotining asosiy yo‘nalishlari. Ixtisoslash. Soddalanish Yakun. Adabiyotlar:/ 9;10;15;21;22;24;/ Tayanch tushunchalar: Fo;rma yasalishining barqarorligi, affiksal morfemalarning singarmonistik variantlari, affiksal morfemalarning tarixiy fonetik variantlari, affiksal morfemalarning tarixiy morfologik variantlari, turkiy morfologik tizimning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlari, soddalanish, sintetik shakl vazifasining analitik shakllarda muayyanlashishi, analitik shaklning sintetikka aylanishishi. O‘quv fanimizning boshida aytib o‘tganimizdek, turkiy tillar sathlarida tarixiy o‘zgaruvchnlik masalasida bu o‘zgarishning miqdoriy kuchi nuqtayi nazaridan quyidagi darajalanish qatorini va sathning barqarorlikdan uzgaruvchalikka qarab boruvchi yo‘nalishini ko‘rishimiz mumkin: sintaksis→morfolofiya→fonetika→leksika Demak, turkiy tillar morfologiyasi o‘zgarishlarga sintaksisdan ko‘ra ko‘proq va fonetikadan kamroq uchragan. Turkiy tillarning morfologik tizimi umuman olganda bir-biriga ancha yaqin. Turkiy morfolotok tizimda dunyoning boshqa tillari oilasida ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan keskin-keskin tafovutlarni ko‘rish mumkin emas. Chunonchi, oriy tllarida, masalan, bir kelishik karegoriyasi va shakllarini olib ko‘radigan bo‘lsak, rus tilida ular 6 shaklga ega, tojik tilida atigi ikki kelishik shakli bor, nemis tilida ular to‘rtta, ingliz tilida kelishik shaklining borligi umuman hozirgacha fanda meammo bo‘lib kelmoqda; of yordamchi so‘zi vositasida ikki otning o‘zaro bog‘lanishini kelishik deb sanash mumkinmi, yo‘qmi, fanimizda munozarali. Sof morfologik nuqtayi nazaridan, albatta, a book of father birikmasida f o r m a l farq yo‘q. Turkiy tillarning morfologik tizimida – xoh affiksal derivatsiya (so‘z yasalishi), xoh forma yasalishi bo‘lsin, bunday keskin farqlarni ko‘ra olmaymiz. Morfologik tizimi boshqa tillardan ancha ko‘p farq qiladigan yoqut va chuvash tillarida ham bu farqlar sof morfologik emas; ularning asosiy ko‘pchiligi bu tillar fonetikasining boshqa turkiy tillar fonetikasidan ancha farqi, ikkinchidan, ilmiy talqinlarning xilma-xilligi bilan boglangan. Chunonchi, o‘zbek tilshunosligida, masalan, biz-la, kitob-la (Siz-la keldi. ~ Siz bilan keldi), sendek, odamdek kabi shakllar kelishik shakli sanalmaydi, lekin yoqut tilshunosligida bu shakl alohida kelishik deb (albatta, tamoman beasos emas) talqin etiladi38. Turkiy tillar ichida boshqalardan ancha uzoqlashgan va turkiy tillar bilan genealogik aloqadorligini asoslash Otto Bo‘tling tomonidan o‘tgan asrning boshlarida maxsus ulkan asarni talab qilgan hozirgi yoqut tili kelishiklar tizimini o‘zbek tili bilan qiyoslasak , bunga to‘la amin bo`lishimiz mumkin: O‘zbek, chuvah, yoqut tilida kelishik qoshimchalari
Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling