Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 460.5 Kb.
|
turkiy tillarning qiyosiy-tariixy grammatikasi-buxoro
Lekin yoqut tilida kelishik qoshimhalari 32 tagacha har xil fonetik variantlarda ega bo‘lishi mumkin. Turkiy tillar morfologik tiziminig ustuvorligi, ehtimol, bu tillarning bir-biridan batamom ajralib ketganligiga tarix uchun nisbatan uncha katta bo‘lmagan davr o‘tganligi sabab bo‘lishi mumkin; million-u milliard yillik tarixni o‘z ichiga oladigan insoniyat tarixida 5.000-10.000 yil juda qisqa davrni tashkil qiladi; ma’lumki, taxminan eramizdan oldingi II-I-asrlarda (demak qaiyb ikki ming yil avval) turkiy xalqlar hun imperiyasi doirasida birga edilar. Ularnng bir-biridan keskin ajralishi 1X asrdan keyingi davrga mansubdir. Shuning uchun bu tillarning morfologik tizimida umumiylik juda ko‘p. Turkiy tillarning morfologik tizimidagi o‘zgarish va farqlar juda ko‘p hollarda fonetik tizimning morfemalarga ta’siri bilan belgilanadi – singarmonizm affiksal morfemalarning shakliga keskin o‘zgartirib yuboradi. Sizngarmonizm kuchli rivojlangan turkiy tillarda (chunonchi yoqut, qirg‘iz tillarida) unlilar va undoshlar garmoniyasining ta’siri natijasida qo‘shimchalar 4 tadan 16, hatto 32 fonetik singarmonistik variantga ega bo‘lishi mumkin. Qo‘shimchalarning fonetik singarmonistik variantlari deganda affiksal morfema fonetik shaklining o‘zakdagi unli va undoshlarning tabiatiga ko‘ra unga moslashishi bilan bog‘liq bo‘lgan foneik shakllar tushuniladi. Chunonchi quyidagi ikki shaklni qiyoslaylik: o‘zb.turklarning ~ qir.to‘rkto‘rdun. Bu zohiran bir-biridan ancha farq qiluvchi ikki shakl orasida mutlaqo morfologik farq yo‘q: qig‘izcha shakldagi –to‘r turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan –lar ko‘plik qo‘shimchasining, -dun esa –-ning qaratqich kelishiki qo‘shimchasining singarmonistik variantidir. Turkiy tillar morfologik tizimida o‘zgaish va taraqqiyotni belgilovchi omillar sifatida quyodagilarni ko‘rsatish mumkin: turli turkiy tillarda morfemalarning har xil tarixiy-fonetik variantlaridan birining u yoki bu tilda ko‘proq iste’molda bo‘lishi, turli turkiy tillarda morfemalarning har xil tarixiy-morfologik variantlaridan birining u yoki bu tilda ko‘proq iste’molda bo‘lishi, soddalanish va analitik qurilmalarning sintetik shakllarga o‘tishi. Bulardan birinchi va ikkinchi omillar i x t i s o s l a sh i sh − variantlardan birining me’yorlashishi yoki ulardan har birining o‘ziga xos ma’no va vazifa kashf etishi bilan bog‘liq bo‘lsa, uchinchisi tarixan bo‘linuvchan qismlardan (morfemalar birikuvlaridan) yaxlit qo‘shimchalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Endi shular ustida to‘xtalib o‘tamiz. Turkiy tillar morfologik tizimida farqlarni va tarixiy taraqqiyotni belgilovchi muhim omillardan biri turli tillarda morfemalarning har xil tarixiy-fonetik variantlarining u yoki bu tilda ko‘proq iste’molda bo‘lishi bilan belgilanadi. Affiksal morfemalarning tarixiy-fonetik variantlari deganda tovushlar almashunuvi va mos kelishlari asosida ayni bir qo‘shimchaning turli xildagi fonetik variantlarining u yoki bu tilda ixtisoslashib, me’yor holida qo‘llanilishi tushuniladi. Chunonchi, turkiy tillarda auslautdagi /ng/ tovushi /n/ bilan ham, /g/ bilan ham almashinishi mumkin. Mana shu hodisa ta’sirida qaratqich kelishigi shakli ham -ning hamda -nin shakllariga ega bo‘lishi mumkin. Shulardam -ning ko‘rinishi o‘zbek tilida. -nin ko‘rinishi, masalan, turk yoki qig‘iz tilida me’yorlashgan. Tarixan esa bu bitta qishimchadir. Aniq o‘tgan zamonning 2-shaxs birlik um.-ding shakli bir tilda -din shaklida, ikkinchi tilda -digh shaklida me’yorlashgan. Yoki ismlardan o‘timsiz ve’l yasovchi -(a)dh-qo‘chimchasi tovushlar almahinuvi va mos kelishi qonuniyatlariga ko‘ra -adh-/-ad-/-at-/-ay-/ar kabi shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Shu shakllardan biri bir turkiy tilda, ikkinchi ko‘rinishi boshqa bir turkiy tilda me’yorlashgan. Qiyos.: ozbyozarman/ yozmasman ~ turk yazarin/.yozmarin. Turkiy tillar morfologik tizimida taqqiyot va farqlarni belgilovchi yana bir omil turli tillarda morfemalarning har xil tarixiy-morfologik variantlaridan birining u yoki bu tilda ko‘proq iste’molda bo‘lishi bilan belgilanadi. Affiksal morfemalarning tarixiy-morfologik variantlari deganda ayni bir grammatik shaklning har xil so‘z guruhlariga birikib keladigan qo‘shimchalari, yoki ayni bir ma’no-vazifani bajaradigan ikki va undan ortiq shakli tushuniladi. Chunonchi, turkiy kelishiklar olmoshlarda va egalik qo‘shimchali otlarda bir turli shaklda (olmosh yoki egalikli, posessiv turlanish) va otlarda boshqa shaklda kelgan39. Mana shunday morfologik variandlardan biri bir turkiy tilda, ikkinchisi boshqa bir turkiy tilda me’yorlashgan. Chunonchi, qaratqich (tushum, o‘rin-chiqish) kelishigi egalikli turlanishda –ning (-ni, -nda) shaklida, egaliksiz turlanishda esa –ing (-i, -da) shaklida kelgan. Bu shakllardan biri bir turkiy tilda (masalan, -ning o‘zbek tilida), ikkinchisi esa boshqa bir turkiy tilda (masalan, undoshlardan keyin –in turk tilida) me’yorlashgan. Shunga monand ravishda turkiy tillarda hozirgi zamon ravishdoshi -i/-yi qo‘shimchasi bilan ham, -a qo‘shimchasi bilan ham yasalgan. Mana shu variantlardan biri bir tilda, ikkinchisi ikkinchi tilda meyorlashgan40. Yana bir misol: Turkiy tillarda {/harakat nomi + chi/ = ismi foil41} qolipi bo‘lgan. Harakat nomi esa turkiy tillarda –(=)sh, -(=)g‘, -g‘u kabi tarixiy-morfologik variantlar bilan yasalgan. Shuning uchun ismi foillarni, masalan, Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling