Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Sinxronik tadqiq va tahlilda
Download 460.5 Kb.
|
turkiy tillarning qiyosiy-tariixy grammatikasi-buxoro
Sinxronik tadqiq va tahlilda tilning ma`lum bir davrdagi turg’un holati va uning hodisalari tadqiq manbayi sifatida olinadi. Bu davr hozirgi kun ham, bundan bir necha asr muqaddam ham bo‘lishi mumkin. Sinxronik tahlilda bir davrda yonma-yon turgan lisoniy hodisalar tavsiflanadi.
Diaxronik tadqiq va tahlilda bir lisoniy hodisa turli taraqqiyot davrlarida olib ko‘riladi va unda hodisalar orasida birin-ketinlik (oldin-keyinlik) munosabatlari o‘rganiladi. Chunonchi, “Hozirgi (yoki XII asr) o‘zbek tilida unli fonemalar” tadqiq mavzusi sinxronik tahlilga aloqador bo‘lsa, “O‘zbek tilida /a/ fonemasining (yoki unli fonemalarning) taraqqiyoti” mavzusi diaxronik tadqiq va tahlilga mansubdir. Ilmiy adabiyotlarda har bir davrda - xoh hozirgi kun bo‘lsin, xoh bundan ikki yuz yil muqaddam - tahlil usullarini a n ‘ a n a v i y (oldingi, eski, avvalgi) va y a n g i (hozirgi, zamonaviy) sifatida ikkiga ajratib tasnif etishni juda ko‘p uchratish mumkin. Bunday bo‘linish mohiyatan noto‘g‘ri, lekin ilmiy adabiyotda keng tarqalgan. Hamma davrlarda a n ‘ a n a v i y deganda o‘sha davrda keng ommalashgan, ta`lim muassasalarida ommaviy ravishda o‘qitilayotgan tadqiq va tahlil usuli tushunilgan. Y a ng i (hozirgi, zamonaviy) atamasi bilan oldingi tadqiq va tahlil usullarining inkori sifatida shakllangan tadqiq usullari nomlangan XVIII asr uchun mantiqiy-grammatik (Por-Royal) tahlil usullari ana`anaviy, komparativistik tadqiqotlar yangi bo‘lgan bo‘lsa, X1X asrda komparativistik tadqiqotlar an’anaviy, yosh grammatiklarning tadqiq usuli (neogrammatika) yangi mavqeyini oldi. XX asr boshlarida neogrammatika an’anaviy nomi bilan, strukturalizmning turli oqimlari yangi deb ataldi6. Shu sababli an’anaviy - zamonaviy atamalariga juda ehtiyot bo‘lish, ulardan foydalanmaslikka intilish lozim; har bir tadqiq usuli (metodi) o‘z nomi (atamasi)ga ega va har bir narsani o‘z nomi bilan atagan ma`qul. Til - juda serqirra, ko‘ptomonli hodisa. Uning har bir qirrasi, tomoni alohida bir metod bilan tadqiq etiladi, o‘rganiladi. Shunga ko‘ra tilshunoslikda tilning taraqqiyot va o‘zgarishlarini o‘rganadigan tarixiy lingvistik metodlar (diaxronik lingvistik metodlar), uning nisbatan turg‘un, barqaror (sinxoronik) holatini tasvirlovchi sinxronik tavsif metodlari, turli tillar orasidagi o‘xshashlik va farqlarni o‘rganuvchi qiyosiy (tipologik) tadqiq metodlari, tillar orasida qarindoshlik (bir tildan bir necha tillarning keib chiqishi) masalalari va tomonlarini o‘rganuvchi genealogik lingvistik tadqiq metodi, ikki va undan ortiq tillarning qorishuvi natijasida yangi bir tilning paydo bo‘lishini o‘rganuvchi lingvistik chatishuv (interferensiya) metodlari, til hodisalari va birliklarining xilma-xil tajriba-sinov uskunalari vositasida tadqiq qiluvga moslashtirilgan eksperimental lingvistik tadqiq metodlar kabi o‘nlab tadqiq usullari va shularga muvofiq ravishda tilshunoslik yo‘nalishlari – tarixiy tilshunoslik, tavsifiy tilshunuslik, qiyosiy tilshunoslik, ekspeimental tilshunoslik, tipologik tilshunoslik v.h. yonma-yon yashab, bir-birini to‘ldirib kelmoqda. Bizni qiziqtirgan qiyosiy-tarixiy metod, tilshunoslik nuqtayi nazaridan, bir qarashda qiyosiy va tarixiy metodlarning birikishidan hosil bo‘lgandek ko‘rinadi. Lekin bu o‘ta aldamchi, zohiriy va juda ko‘p – hatto katta-katta tilshunoslarni chalg‘itgan tahsqi o‘xshashlikdir. Dastlab qiyosiy va tarixiy metodlar mohiyati bilan chuqurroq tanishamiz. Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling