Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.98 Mb.
bet16/60
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1761525
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
Bog'liq
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

2- masalaning bayoni: Hozirgi kundagi muhim muammolardan yana biri - milliy tiklanish g‘oyasining strategik va taktik vazifalari masalasidir. Ta’kidlash lozimki, О‘zbekistonda milliy g‘oya konsepsiyasi milliy mafkuraning bosh g‘oyasi bilan uyg‘undir. Haqiqatdan ham «О‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yо‘lidagi bosh g‘oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‘oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi. Har bir inson, uchun muqaddas bо‘lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni о‘zida mujassam etadi»18.
«Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasi о‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga ega bо‘lib, ular О‘zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, shakllangan qadriyatlar darajasi va kо‘lami bilan belgilanadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‘tish vazifasi birdaniga hal bо‘lmaydi. Uning uchun ma’lum shart-sharoitlar yetilgan bо‘lishi lozim. Bular quyidagilardan iborat:
- jamiyat fuqarolarida eski tafakkur tarzini yо‘qotish, g‘oyaviy-ma’naviy boqimandalik hissini bartaraf etish;

  • kishilarda jamiyat hayotida sodir bо‘layotgan voqea va hodisalarga befarqlikni, jamiyatdan begonalashuv kayfiyatini bartaraf etish;

  • insonning siyosiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kо‘tarish, jamiyatda sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissini shakllantirish;

  • odamlarda о‘z-о‘zini boshqaruv organlarida, jamoat tashkilotlari, nodavlat muassasalarida erkin faoliyat kо‘rsatish kо‘nikmasini paydo qilish;

  • mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish orqali demokratik jamiyat qurish mexanizmining huquqiy-qonuniy asoslarini yaratish;

  • davlat tuzilmalarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga kо‘r-kо‘rona aralashuv mexanizmini yо‘q qilish;

  • qonunlar ijrosini ta’minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bо‘lgan meyoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Jamiyatning erkinlashishi insonlar, turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokiga, о‘zaro munosablardagi о‘rni, mavqei, holatiga bog‘liq. Inson erkinlikni xohlaydi, lekin nosog‘lom siyosat, mafkuraviy maqsadlar bunga yо‘l bermasligi mumkin. Bunga sobiq Ittifoq davri yaqqol misol bо‘ladi. О‘zining erkin yoki erkin emasligini farqlamaydigan insonlar ham uchraydi. Bu ularning ongi, dunyoqarashi, tafakkuri darajasiga bog‘liq. Inson erkinlikni istaydi, ammo mavjud ijtimoiy–iqtisodiy holati bunga imkon bermasligi mumkin. О‘z erkinligini idrok eta olmagan kishi ozod bо‘la olmaydi. Bunday odamlar doimo birovning ta’sirida va unga qaram bо‘ladi. Iqtisodiy qaramlik inson erkinligini yuzaga chiqarmaydi. Bu о‘ziga xos iqtisodiy tobelik ruhiyatini shakllantiradi. Ayrim ijtimoiy muammolarning mavjudligi kishining erkin faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir kо‘rsatmasdan qolmaydi. Masalan, bir amallab о‘z ish о‘rnini saqlab turgan, boshqa mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qо‘lidan kelmagan yoki unga imkoniyati bо‘lmagan kishi о‘z ishini yо‘qotib qо‘ymaslik uchun jim turishni afzal kо‘radi. U ishsiz qolishdan qо‘rqadi. SHо‘rolar davrida insonlar bir kasb doirasiga chambarchas «bog‘lab» qо‘yilgan, boshqa mehnat faoliyati, xususan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari cheklangan edi. Bugun xususiy tashabbusga keng imkoniyatlar berildi, biroq bu imkoniyatlardan foydalanish oson kechayotgani yо‘q.
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning bozor iqtisodiga asoslangan, mulk xilma–xilligiga о‘tgan О‘zbekistonda hammaning oldida yangi-yangi imkoniyatlar paydo bо‘ldi. Insonlar endi faqat bir narsaga tayanib qolish emas, balki mulkdor bо‘lish huquqining barcha imkoniyatlaridan keng foydalanishlari mumkin. Buning uchun odamdan faqat yetarli salohiyat, izlanish, mehnat, faollik talab etiladi. Bugun kim shu talablarga javob bersa, muayyan yutuqlarga erishayapti va yomon yashamayapti.
Demak milliy g‘oyaning jamiyat hayotiga tadbiq etilishi jamiyatni erkinlashtirish va demokratiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. U erkinlik, erkinlashtirishning muhim ma’naviy omili bо‘lib xizmat qiladi. Chunki u tayanadigan, amal qiladigan qoidalar, tamoyillar shunga shart-sharoit yaratadi va shuni talab ham qiladi. Mustaqillik tufayli jamiyat yangilanishga, erkinlashishga ehtiyoj sezayotgan ekan, demak mustaqillikkacha amal qilgan g‘oyalar, qoidalar, tamoyillar bugungi kun talablariga javob bermaydi, ularga asoslangan holda jamiyat va inson hayotining erkinlashtirish mumkin emas. Mamlakatning huquqiy asoslari, qonunchilik sohasi, ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy negizlari yangilanmoqda. Yangi g‘oyalar demokratik tamoyillar asosida qurilmoqda Bu istiqbolda kuchli, demokratik fuqarolik jamiyatini qurish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Erkinlashtirish va demokratiyalashtirish esa, uning ustuvor yо‘nalishi bо‘lib qoladi.
Insonlarning erkin bо‘lishi yoki bо‘lmasligi jamiyatda qanday g‘oya amal qilayotganligiga, u qanday tamoyillarga asoslanishiga bevosita bog‘liq. Agar mamlakatda fikrlar, qarashlar, g‘oyalar xilma–xilligi e’tirof etilsa va jamiyat hayoti unga asoslansa, shunga mos tarzda ong va tafakkur erkinligi shakllanadi. Tafakkur erkinligi, ya’ni fikr erkinligi esa insonlar, shaxs erkinligiga, ozod shaxs ma’naviyatini va demokratiyani qaror topishiga xizmat qiladi.
Agar jamiyatda fikrlar, qarashlar, g‘oyalar xilma xilligiga amal qilinsa, insonning jamiyatdagi о‘rni yangicha ma’no kasb etadi. Ong va tafakkur erkinligi fikrlar xilma–xilligini yuzaga chiqaradi. Mamlakatning kuch-qudrati, salohiyati ortadi. Milliy g‘oya mamlakatning ma’naviy kuch-qudrat manbaiga aylanadi.
Milliy g‘oyaning fikrlar, g‘oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada demokratiyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang‘ich bosqichi sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish vazifalari amalga oshirilmoqda.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasida milliy g‘oya va mafkuralar tarixi asoslangan. Uning g‘oyaviy-mafkuraviy asosini ikki jihatdan tahlil etish lozim. Birinchidan, bunday asos nazariy-metodologik nuqtai nazardan tamomila yangi emas. U qadimdan mavjud.
О‘zbek xalqining kо‘hna tarixi, mustaqillik uchun bosqinchilarga qarshi kurash, ma’naviy-ma’rifiy kо‘tarilish, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qо‘shgan hissasi, ma’rifatparvarlik, milliy ozodlik harakati, jahon hamjamiyatining faol ishtirokchisiga aylanish kayfiyati - bularning bari milliy tiklanishning g‘oyaviy-mafkuraviy asosini tashkil etadi.
Ikkinchidan, milliy g‘oya konsepsiyasining mafkuraviy asosi о‘tmish madaniy-tarixiy merosimiz negizida, о‘zgargan dunyo xususiyatlari e’tiborga olingan holda yanada takomillashib bormoqda.
Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash zaruriyati konsepsiyada yoritilgan. Unda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga tahdid solayotgan g‘oyalar, mafkuralar, ularga qarshi kurashish zarurligi kо‘rsatib berilgan. 80-yillarning oxirida О‘zbekistonga kirib kela boshlagan va mamlakatimizga о‘zini «dо‘st», «dindosh», «millatdosh» sifatida kо‘rsatganlarning haqiqiy g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini kо‘rsatib, ularga qarshi jiddiy kurashish lozimligini alohida ta’kidlagan.
Shunday qilib, I.Karimov О‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga XX asrning 90-yillarida jadal kirib kelgan diniy fundamentalizm, ekstremizm va xalqaro terrorizmning mazmun-mohiyatini ochib berdi. Ayni paytda ushbu konsepsiyada mazkur masalaning ikki tomoniga e’tibor berildi. Birinchisi, diniy fundamentalizm, aqidaparastlik va xalqaro terrorizm faqat islom diniga taalluqli emas. Bunday salbiy holatlar boshqa dinlarga ham tegishli ekanligi qayd etildi. Bu bilan islom dinining sofligi saqlandi. Ikkinchi tomondan, bunday salbiy holatlarga qarshi kurashishning yagona yо‘li - fuqarolarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish va u orqali odamlarni g‘oyaviy, ma’naviy-ruhiy tarbiyalash, ularni milliy g‘oyaga ishontirish, uyushtirish va safarbar etish zaruriyati hamda yо‘l-yо‘riqlari kо‘rsatildi.
I.Karimovning bu boradagi nazariy qarashlarida diniy ekstremizm, fundamentalizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda kishilarning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, mustaqil fikrga ega bо‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, milliy-madaniy merosni asrash va amaliy faoliyatda unga suyanish kabilar о‘z aksini topdi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling