Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.98 Mb.
bet2/60
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1761525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

2-masalaning bayoni: Har bir bir fanning о‘rganadigan bosh mavzusi, obyekti bо‘lgani kabi “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fani ham о‘z obyektiga ega. Xalqimizning tarixiy, milliy –ma’naviy merosi, qadriyatlari, maqsad va mо‘ljallari, demokratik prinsiplarini namoyon bо‘lishining umumiy va milliy xususiyatlarini о‘rganish – “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining obyektidir.
Mazkur fanning predmeti – milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy ildizlari, xalqimizning ma’naviy merosi va qadriyatlarining shakllanishi, umuminsoniy demokratik prinsiplar, milliy mafkuraning bosh va asosiy g‘oyalarining о‘zaro munosabati, uni taqozo etuvchi umumiy va о‘ziga xos xususiyatlari.
Umumlashtirib aytganda, birinchidan, millatning tarixiy taraqqiyoti darajalariga mos ravishda vujudga kelgan bunyodkor g‘oyalari: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ahloqiy munosabatlarning mazmuniga aylanib boradi va ularning globallashish tendensiyasini о‘rganish — milliy g‘oya tarixi va nazariyasining tadqiqot obyekti va predmeti doirasini belgilaydi. Ikkinchidan, “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” – ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayot yо‘nalishlarining globallashuvi, integratsiyalashuvi о‘ziga xos individual milliy g‘oya shakllarini va ularni nazariy va amaliy jihatdan о‘rganadigan fan hisoblanadi. Uchinchidan, mazkur fan turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy—madaniy munosabatlarning nisbatan mustaqil rivojlanishini ifodalaydi. Tо‘rtinchidan, hozirgi zamonda ijtimoiy munosabatlarning intellektual asoslari, texnik—texnologik kommunikatsiya vositalari rivojlanishi bilan jahon miqyosida muqobil mafkura yо‘nalishlarining tarixiy integratsiyalashuv, intensivlashuv, globallashuv va universallashuv jarayonlari kuchaymoqda.
3-masalaning bayoni: Milliy g‘oya - halqning qalbidan chiquvchi, uning orzu-umidlarini о‘zida ifoda etuvchi, xalqning haq-huquqini himoya qiluvchi, uning qadr-qiymatini yuksaltirishga undovchi haqqoniy fikrdir. Milliy g‘oya xalqning о‘zligini anglatuvchi, milliy tuyg‘ularini uyg‘otuvchi, milliy g‘urur va oriyatini qо‘zg‘atuvchi fikrdir. Milliy g‘oya xalqni uyushtiruvchi, uning qadr-qiymatini tiklovchi, о‘zligini anglatuvchi, ijodkorlik va yaratuvchanligini rо‘yobga chiqaruvchi, jamiyat taraqqiyotini insonparvarlik yо‘nalishiga yetaklovchi kuch sifatida namoyon bо‘ladi. Milliy g‘oya vatanparvarlikka, xalqning tarixiy xotirasiga, о‘zligini anglashiga asoslanadi. Bizning milliy g‘oyamiz millatning, davlatning, yurtning qadr-qiymatini yuksaltiradi, iqtisodiy, sotsial, siyosiy va ma’naviy salohiyatini yuzaga chiqaradi, oriyat va g‘ururini asraydi, istiqbolini belgilaydi, kelgusi taraqqiyot uchun yо‘l-yо‘riqlar kо‘rsatadi. Milliy g‘oya о‘zbek millatining о‘ziga xosligi nimada ekanligini asoslab beruvchi ilmiy-nazariy va falsafiy qarashlar sistemasidir. 4
Darhaqiqat, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab о‘tganidek, tarix - millatning tarbiyachisidir, о‘zlikni anglash - tarixni bilishdan boshlanadi, - isbot talab qilmaydigan bu haqiqat davlat siyosati darajasiga kо‘tarilishi lozim. Alohida inson xotirasida о‘zining hayotida nimalar qilganligi, uning aql-zakovati va irodasi nimalarga sarflanganligi qay darajada о‘rnashib qolsa, millat uchun ham u tomondan amalga oshirilgan narsalar shu darajada yaqin va qimmatlidir. Tarix - bu insoniyatning, millatning ijtimoiy xotirasi, uning о‘z-о‘zini bilishi va anglashidir: voqelikda yо‘qolgan narsalar ongda, xotirada yashaydi. О‘tmishni bilish hozirgini yaratish uchun beqiyos ahamiyatga molik. Ijtimoiy hayotni tushunishdagi birinchi qadam hozirning о‘tmish tomonidan yaratilganligini tasavvur qilish bilan bog‘liqdir. Milliy g‘oya xalqimiz tarixiga, uning tarixiy xotirasiga tayanadi. Tarixiy xotirasidan judo bо‘lgan xalq о‘zini millat sifatida anglay olmaydi, millatning manfaat va ehtiyojlarini qalban xis qila olmaydi. Binobarin milliy g‘oya ham ratsional, ham irratsional mohiyatga ega bо‘lib, u milliy ruhiyat, kayfiyat, ichki uyushtiruvchi, yо‘naltiruvchi, harakatga keltiruvchi, yetaklovchi milliy xis-tuyg‘u hisoblanadi.1.
Shulardan kelib chiqqan holda “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin: Mazkur fanning maqsadi – milliy g‘oyaning shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va negizlarining xalqimiz hayotida tutgan о‘rni va rolini о‘rganish, О‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oya va mafkuraning ahamiyatini ochib berishdir.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling