Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-MAVZU: Mustaqillik va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi


Download 0.98 Mb.
bet7/60
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1761525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

3-MAVZU: Mustaqillik va milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi
Reja:

  1. Mustaqillikning ilk yillarida О‘zbekistonda jamiyat g‘oyaviy-mafkuraviy asoslarining о‘zgarishi.

  2. Mamlakatimizda jamiyat ijtimoiy hayotining asoslariga yangicha qarash, uning huquqiy asoslari.

  3. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi, uning mazmun va mohiyati

1-masalaning bayoni: Mustaqillikning ilk yillarida О‘zbekistonda
jamiyat g‘oyaviy-mafkuraviy asoslarining о‘zgardi. Kommunistik g‘oyadan butkul voz kechildi. Chunki, О‘zbekistonda qurilayotgan yangi jamiyat о‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga suyangandagina pirovard maqsadga erishish mumkin. Qayd etish lozimki, о‘zbek xalqining ming yilliklar davomida yaratgan о‘ziga xos g‘oyalari - tinchlik, ozodlik, hurlik, mustaqillik, ezgulik, barqarorlik, ma’naviy barkamollik, shaxsni ulug‘lash, uning manfaatlarini hurmatlash - bularning bari yangi shakllanayotgan jamiyatimizning g‘oyaviy poydevori hisoblanadi.
Kо‘hna qadriyatlarimiz, olimu ulamolarning asarlari jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy asosini yaratishda juda muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Yurtimiz xalqlarining tarixi, madaniyati о‘z ildizlari bilan asrlar qa’riga borib taqalishi va uzoq ming yillarni о‘z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman va suriyalik geograf va tarixchilarning yozib qoldirgan ma’lumotlari, Nosiriddin Burhonuddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy», Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlaridan, zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»dan, shuningdek, Bexistun, Bundaxishn, qadimgi turkiy bitiklar, jumladan О‘rxun-Yenisey yodgorliklaridan aniq va ravshan bilib olishimiz mumkin. Milliy g‘oya va mafkuramizning ildizlari о‘ta qadimiy ekanligiga yunonistonlik olimlar - Arrian, Kursiy, Plutarx, Geradot, Straban, shuningdek, Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari ham guvohlik beradi.
Qayd etish lozimki, О‘zbekistonda milliy tiklanish, bir tomondan milliy о‘zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о‘tish asnosida yuz berdi. “Ayni vaqtda biz jamiyatni va jamiyat tafakkurini yangilashning inqilobiy usullariga, bu jarayonni sun’iy ravishda chetdan turib, zо‘ravonlik yо‘li bilan tezlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga mutlaqo qarshimiz. Biz barcha sohalarda, jumladan, ma’naviy sohada ham tadrijiy-evolyusion islohotlar yо‘li tarafdorimiz va bunga qat’iy amal qilamiz. YA’ni, sodda qilib aytganda, odamlarning dunyoqarashi, e’tiqod va tafakkurida demokratik tamoyillar vademokratik qarashlarning kengayishi va mustahkam о‘rin topishi avvalambor hayotning tabiiy yurishi bilan, ularning moddiy turmush darajasi va madaniy saviyasi tobora rivojlanishi va yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq ekanini hayotning о‘zi taqozo etadi”.6
Ma’lumki, sotsialistik ishlab chiqarish usulidan bozor munosabatlariga о‘tish о‘z-о‘zidan bо‘lmaydi. Buning uchun kishilardagi eskicha tafakkur tarzini о‘zgartirish, iqtisodiyotda erkinlashtirish jarayonini avj oldirish, islohotlarni chuqurlashtirish kerak edi. Bu borada ayniqsa xо‘jalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, uning huquqiy bazasini mustahkamlash lozim bо‘ldi.
Mustaqillik yillari bu borada ulkan ishlar bajarildi. Biroq, hali bajarilishi lozim bо‘lgan vazifalar kо‘p. «Bu - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va о‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bо‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat
Bu yо‘nalish yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda yetakchi о‘rinni egallaydigan, fuqarolarning muhim daromad manbai va mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosi bо‘lgan xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish, kichik va о‘rta biznes hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi»1.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling