Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.98 Mb.
bet9/60
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1761525
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

3-masalaning bayoni: О‘zbekistonda milliy g‘oya konsepsiyasi milliy mafkuraning bosh g‘oyasi bilan uyg‘undir. Haqiqatdan ham «О‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yо‘lidagi bosh g‘oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‘oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi. Har bir inson, uchun muqaddas bо‘lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni о‘zida mujassam etadi»7.
Mamlakatimizda milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirish millat va jamiyat oldida turgan vazifalarni aniqlashtirib olishni talab qiladi. Umuman, bu vazifalar Milliy mafkuraning bosh g‘oyasidan kelib chiqadi. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik - bular milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirishdagi muhim nuqtalardir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat va jamiyatning bundan keyingi rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish va demokratiyalash bilan bevosita bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, ijtimoiy-siyosiy sohada demokratiya amalga oshirilmas ekan - milliy tiklanish tо‘g‘risida fikr yuritish befoydadir.
Umuman, fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishdir. О‘zbekistonda bu jarayon «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyil asosida olib borilmoqda. «Hammamizga ayonki, - deb qayd etadi I.Karimov, - bu yо‘nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq kо‘p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini jamoat tashkilotlariga о‘tkaza borishni taqazo etadi»8.
Darhaqiqat, О‘zbekistonning hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayotini erkinlashtirishda markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning о‘zini-о‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich о‘tkaza borishni ta’minlash о‘ta muhimdir.
«Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasi о‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga ega bо‘lib, ular О‘zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, shakllangan qadriyatlar darajasi va kо‘lami bilan belgilanadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‘tish vazifasi birdaniga hal bо‘lmaydi. Uning uchun ma’lum shart-sharoitlar yetilgan bо‘lishi lozim. Bular quyidagilardan iborat:
- jamiyat fuqarolarida eski tafakkur tarzini yо‘qotish, g‘oyaviy-ma’naviy boqimandalik hissini bartaraf etish;

  • kishilarda jamiyat hayotida sodir bо‘layotgan voqea va hodisalarga befarqlikni, jamiyatdan begonalashuv kayfiyatini bartaraf etish;

  • insonning siyosiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kо‘tarish, jamiyatda sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissini shakllantirish;

  • odamlarda о‘z-о‘zini boshqaruv organlarida, jamoat tashkilotlari, nodavlat muassasalarida erkin faoliyat kо‘rsatish kо‘nikmasini paydo qilish;

  • mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish orqali demokratik jamiyat qurish mexanizmining huquqiy-qonuniy asoslarini yaratish;

  • davlat tuzilmalarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga kо‘r-kо‘rona aralashuv mexanizmini yо‘q qilish;

  • qonunlar ijrosini ta’minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bо‘lgan meyoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Albatta, bular kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‘tishning barcha jihatlarini qamrab ololmaydi. Ammo, kuchli jamiyat yuqoridagi kabi holatlarning amaldagi ijrosisiz ham paydo bо‘lishi mumkin emas.
Siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, hech shubhasiz, jamiyatni bosqichma-bosqich demokratlashtirish bilan bog‘liqdir. Ta’kidlash lozimki, О‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurilishining umumjahon e’tirof etgan о‘ziga xoya konsepsiyasi ishlab chiqilgan bо‘lib, unda ijtimoiy hayotning muhim hodisalaridan bо‘lgan demokratiyani yangicha talqin etish va tushunishga alohida e’tibor qaratilgan.
Umuman, demokratiyani tushunish va anglash, unga amal qilish shaxsdan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Siyosiy ongi va tafakkuri shakllanmagan insonning demokratiya talablariga javob berishi mumkin emas. Bundan tashqari, demokratiyaning о‘ziga xos xususiyatlari, uning har bir davlat va millat hayotida amal qilish tamoyillari ham mavjud.
Shu о‘rinda Sharqona demokratiya tо‘g‘risida ayrim fikrlarni aytish muhimdir, zero bunday demokratiya aslida demokratiya tushunchasining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu demokratiya Sharq mamlakatlari, asosan aholisining kо‘p qismi musulmon ma’naviyatidan bahra olgan hududlarga xos bо‘lgan demokratik qoidalar majmuining о‘ziga xos shakl va mazmunda namoyon bо‘lishidir. Sharqona demokratiya milliy bosiqlik, andisha, yoshi ulug‘larga hurmat, о‘zaro maslahat, har qanday keskin masalada ham tomonlarning kelishuvlariga asoslanadigan faoliyatdir. Ana shu xususiyatlari bilan ushbu ijtimoiy tushuncha G‘arb demokratiyasidan farq qiladi.
Ayni paytda sharqona demokratiya, siyosiy tartibsizliklar, bosh-boshdoqlik va mitingbozlikni milliy manfaatlarga zid deb qaraydi hamda jamiyat va davlatning ichki masalalari har qanday fundamentalistik va qurolli kuchlarga asoslangan harakatlarni qoralagan holda, о‘z faoliyatini о‘ziga xos madaniyat tamoyillari asosida yо‘lga qо‘yadi.
Mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirish о‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy, ma’naviy-axloqiy negizlariga ega bо‘lishi alohida ta’kidlandi. Bular mamlakat Prezidenti tomonidan quyidagicha belgilandi:

  • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • insonning о‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

  • insonparvarlik va vatanparvarlik.

О‘zbekiston hukumati asosiy e’tiborni milliy ma’naviyatni rivojlantirishga, uning huquqiy-qonuniy bazasini yaratishga qaratdi. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 42-moddasida «Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxо‘rlik qiladi», deyiladi.
Islom Karimovning asarlari, nutqlarida milliy tiklanish masalasiga konseptual-nazariy jihatdan tamomila yangicha tarzda munosabatda bо‘lindi. Ta’kidlash lozimki, Prezidentning bu boradagi konsepsiyasi sobiq sovet mustabid tizimi va uning mafkurasining siyosiy-g‘oyaviy jihatdan cheklanganlik mohiyatini ochib berishdan boshlandi.
Ayniqsa, I.Karimovning sovet mustabid tizimi davridagi hukmron mafkura va ta’lim tizimi tо‘g‘risida fikrlarini anglab yetish о‘sha davrning mohiyatini bilish uchun juda kerak edi. «Bizga meros bо‘lib qolgan ta’lim-tarbiya tizimining ma’lum bir ma’qul jihatlari bilan bir qatorda uning eng nomaqbul tomoni shundan iborat ediki, - deydi I.Karimov, - о‘quv jarayonida о‘quvchi va talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga yо‘l qо‘ymaslik, har qaysi о‘quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, avvalo, ularning sobiq sovet tuzumiga va soxta g‘oyalarga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yо‘llash tamoyili asosiy о‘rinni egallar edi. Kо‘p joylarda sifat о‘rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi. Kо‘pchilik haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maqsadida emas, amal-taqal qilib diplomli bо‘lib olish ilinjida texnikum yoki institutlarga kirar edi. Bu tuzumdan bizga qolgan meroslar ichidagi shunga о‘xshagan salbiy asoratlarni, afsuski, hozir ham sezib turibmiz»1.
Darhaqiqat, sovet mafkurasi manfaati uchun mustaqil fikrlaydigan, siyosiy ongi va madaniyati kuchli shaxsning keragi yо‘q edi. Chunki bunday shaxs g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan boqimandalika mahkum etilgan bо‘lib, uni boshqarish oson bо‘lardi. I.Karimov tomonidan sovet mustabid tizimi mafkurasi mazmun-mohiyatining ochib berilishi shu nuqtai nazardan g‘oyat muhimdir.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling