Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.98 Mb.
bet10/60
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1761525
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

Ikkinchidan, I.Karimov ishlab chiqqan milliy g‘oya konsepsiyasida milliy о‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklash yangicha tarzda hal etildi. Prezidentning «Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q», degan shiorida juda katta ma’no bor. Gap shundaki, ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan sovet mustabid tizimi davrida «shikastlangan» fuqarolarni sog‘lomlashtirish lozim edi. Bu esa faqat tarixni о‘rganish, «moziyga qarab ish kо‘rish» bilangina hal bо‘lishi mumkin.
I.Karimovning bu masalalarga doir nazariyasining ikki jihati bor: 1. Tarixni bilmasdan yuksak ma’naviyatga erishish mumkin emas. 2. Ma’naviy jihatdan sust odamda tarixni о‘rganishga ehtiyoj bо‘lmaydi. Bundan tashqari, insondagi barcha yaxshi sifatlar, ayniqsa uning irodasi tarix orqaligina shakllanishi mumkinligiga keng e’tibor berildi. Shuningdek, tarix insonni tarbiyalaydi, uni hushyorlikka chaqiradi, «jamiyatning har bir a’zosi о‘z о‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yо‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka о‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»1.
Uchinchidan, Islom Karimovning milliy g‘oya konsepsiyasida jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga tahdid solayotgan g‘oyalar, mafkuralar, ularga qarshi kurashish zarurligi kо‘rsatib berilgan. 80-yillarning oxirida О‘zbekistonga kirib kela boshlagan va mamlakatimizga о‘zini «dо‘st», «dindosh», «millatdosh» sifatida kо‘rsatganlarning haqiqiy g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini kо‘rsatib, ularga qarshi jiddiy kurashish lozimligini alohida ta’kidlagan.
Shunday qilib, I.Karimov О‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga XX asrning 90-yillarida jadal kirib kelgan diniy fundamentalizm, ekstremizm va xalqaro terrorizmning mazmun-mohiyatini ochib berdi. Ayni paytda ushbu konsepsiyada mazkur masalaning ikki tomoniga e’tibor berildi. Birinchisi, diniy fundamentalizm, aqidaparastlik va xalqaro terrorizm faqat islom diniga taalluqli emas. Bunday salbiy holatlar boshqa dinlarga ham tegishli ekanligi qayd etildi. Bu bilan islom dinining sofligi saqlandi. Ikkinchi tomondan, bunday salbiy holatlarga qarshi kurashishning yagona yо‘li - fuqarolarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish va u orqali odamlarni g‘oyaviy, ma’naviy-ruhiy tarbiyalash, ularni milliy g‘oyaga ishontirish, uyushtirish va safarbar etish zaruriyati hamda yо‘l-yо‘riqlari kо‘rsatildi.
I.Karimovning bu boradagi nazariy qarashlarida diniy ekstremizm, fundamentalizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda kishilarning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, mustaqil fikrga ega bо‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, milliy-madaniy merosni asrash va amaliy faoliyatda unga suyanish kabilar о‘z aksini topdi.
Tо‘rtinchidan, I.Karimovning milliy g‘oya konsepsiyasida milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligini qaror toptirishga alohida ahamiyat berildi. Darhaqiqat, ijtimoiy rivojlanishning asosi milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligidadir. Xoh ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy, xoh ma’naviy-ma’rifiy sohada bо‘lsin, I.Karimov mazkur manfaatlar nisbatini tо‘g‘ri olishga harakat qilgan.
Masalan, hozirgi kunda О‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qilayotgan bо‘lsa, 100 dan ortiq milliy madaniy markazlar faoliyat kо‘rsatmoqda. О‘zbekistonda mustaqillik yillarida qо‘lga kiritilgan eng katta yutuq ham jamiyatda millatlararo munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash bо‘ldi. Barcha millat va elat vakillarining teng haq-huquq va imtiyozlarga ega bо‘lishi, ular manfaatlarining Konstitusion asosda muhofaza etilishi mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling