Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.98 Mb.
bet13/60
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1761525
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Bog'liq
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

3-masalaning bayoni: Mustaqillik sharoitida jamiyat g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari о‘zgarishining mamlakat taraqqiyotini ta’minlashdagi ahamiyati yuksak.
Dunyodagi barcha xalqlarning milliy g‘oyalari, о‘z navbatida, umuminsoniy mazmunga ega bо‘ladi. YA’ni, milliy xususiyatlar umuminsoniy g‘oyalar bilan yaxlit, mantiqiy bog‘langan shaklda amal qiladi. «Asrlar, davomida, - deb ta’kidlaydi Islom Karimov, -xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qо‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, о‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini о‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam»13.
Darhaqiqat, hech bir umuminsoniy g‘oya yoki qadriyat alohida olingan bir millat tomonidan yaratilmaydi. Umuminsoniy g‘oyalar - bashariyat intellektual salohiyatining ijodiy mevasi, insoniyat taraqqiyoti, evolyusion о‘zgarishlarning mahsuli hisoblanadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida demokratiya, gumanizm, tinchlik, barqarorlik, mustaqillik, ozodlik, qonun ustuvorligi va inson erkinliklari kabi g‘oya va qadriyatlar umuminsoniy ahamiyatga ega. Ayni paytda, yaxshilik, adolat, millatlarning teng huquqliligi, vijdon erkinligi, tabiatni asrash va shu kabilar umuminsoniy g‘oyalarga misol bо‘la oladi. Jamiyat rivojida ular xilma-xil tarzda, turli-tuman shakllarda namoyon bо‘lib, inson hayotining ma’naviy mezoni bо‘lib xizmat qiladi.
Umuminsoniy g‘oyalarning har bir xalq mafkurasida ustuvor bо‘lishi shu xalqning jahon hamjamiyatiga teng huquqli a’zo sifatida barcha bilan tinchlik va hamkorlik aloqalarini о‘rnatishi, erkin va farovon hayot barpo etishining muhim shartidir. Qayd etish lozimki, mamlakatimizdagi milliy mafkura umuminsoniy g‘oyalarga suyanadi, undan oziq oladi14.
XIX asrning ikkinchi yarmidan jahondagi g‘oyaviy- mafkuraviy jarayonlarda demokratik tamoyillarning shakllanib, rivojlanishi yuz bera boshladi. Demokratlashtirish, erkinlashtirish, iqtisodiyotning ochiqligi, havfsizlik muammolariga munosabatlarning bir-biriga yaqinlashuvi bugun jahondagi kо‘pchilik davlatlarning ichki va tashqi siyosatlarini belgilab bermoqda. 200 yil muqaddam jahonning hamma davlatlari avtoritar davlatlar edi. XIX asrning oxirida jahonda 13 tagina demokratik davlat bor edi. XX asrning birinchi yarmida ularning soni ikki marta ortdi, 1992 yilga kelganda esa jahondagi 183 davlatning 91 tasi demokratik davlat bо‘ldi, yana 35 tasi esa avtoritarizmdan demokratiyaga о‘tish davrida turardi. Shu asosda umumsayyora kо‘lamida axloqiy-ma’naviy masalalar va qiziqishning kuchayishi ravshanroq ayon bо‘lmoqda15.
Mustaqillik yillarida О‘zbekiston jamiyati oldida turgan eng katta vazifa - barpo etilishi lozim bо‘lgan davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy qiyofasini aniqlash edi. Pirovard natijada bunday qiyofaning chizgilari yuzaga keldi. «Bizning bosh strategik maqsadimiz - bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun, millati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta’minlash davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Bu - xalqimizning asriy an’analariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, rivojlangan davlatlarning tajribalaridan kо‘r-kо‘rona nusxa kо‘chirmasdan, о‘zimizga xos va о‘zimizga mos rivojlanish yо‘lini izchil davom ettirish demakdir»16.
О‘zbekistonda qurilayotgan yangi jamiyat о‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga suyangandagina pirovard maqsadga erishish mumkin. Qayd etish lozimki, о‘zbek xalqining ming yilliklar davomida yaratgan о‘ziga xos g‘oyalari - tinchlik, ozodlik, hurlik, mustaqillik, ezgulik, barqarorlik, ma’naviy barkamollik, shaxsni ulug‘lash, uning manfaatlarini hurmatlash - bularning bari yangi shakllanayotgan jamiyatimizning g‘oyaviy poydevori hisoblanadi.
Kо‘hna qadriyatlarimiz, olimu ulamolarning asarlari jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy asosini yaratishda juda muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Yurtimiz xalqlarining tarixi, madaniyati о‘z ildizlari bilan asrlar qa’riga borib taqalishi va uzoq ming yillarni о‘z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman va suriyalik geograf va tarixchilarning yozib qoldirgan ma’lumotlari, Nosiriddin Burhonuddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy», Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlaridan, zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»dan, shuningdek, Bexistun, Bundaxishn, qadimgi turkiy bitiklar, jumladan О‘rxun-Yenisey yodgorliklaridan aniq va ravshan bilib olishimiz mumkin. Milliy g‘oya va mafkuramizning ildizlari о‘ta qadimiy ekanligiga yunonistonlik olimlar - Arrian, Kursiy, Plutarx, Geradot, Straban, shuningdek, Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari ham guvohlik beradi.
Qayd etish lozimki, О‘zbekistonda milliy tiklanish, bir tomondan milliy о‘zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о‘tish asnosida yuz berdi. “Ayni vaqtda biz jamiyatni va jamiyat tafakkurini yangilashning inqilobiy usullariga, bu jarayonni sun’iy ravishda chetdan turib, zо‘ravonlik yо‘li bilan tezlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga mutlaqo qarshimiz. Biz barcha sohalarda, jumladan, ma’naviy sohada ham tadrijiy-evolyusion islohotlar yо‘li tarafdorimiz va bunga qat’iy amal qilamiz. YA’ni, sodda qilib aytganda, odamlarning dunyoqarashi, e’tiqod va tafakkurida demokratik tamoyillar vademokratik qarashlarning kengayishi va mustahkam о‘rin topishi avvalambor hayotning tabiiy yurishi bilan, ularning moddiy turmush darajasi va madaniy saviyasi tobora rivojlanishi va yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq ekanini hayotning о‘zi taqozo etadi”.17
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish eng avvalo uning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslarini mustahkamlashni talab etadi. Agar har bir sohadagi, jumladan, iqtisodiy jabhadagi islohotlar g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta’minlanmas ekan, jiddiy milliy tiklanish tо‘g‘risida fikr yuritish mushkuldir.
Xо‘sh, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda uning qaysi g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga suyanish lozim? Avvalo, iqtisodiy hayot erkinlashishi lozim. Shuningdek, kо‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, mulkdorlar sinfining shakllanishi о‘ta muhimdir. Biroq, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi eng muhim g‘oyaviy asos - fuqarolarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini о‘zgartirish, har bir kishiga о‘z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatini yaratib berishdir.
Mamlakat iqtisodiy hayotini barqarorlashtirish, milliy g‘oya konsepsiyasida ijtimoiy hamkorlik va evolyusion taraqqiyot kabi g‘oyalarning о‘rni kattadir.
Ijtimoiy hamkorlik davlat va millat taraqqiyotida har bir soha uchun muhimdir. Siyosat, ijtimoiy soha, iqtisodiyot, madaniy jabhadagi hamkorlik milliy tiklanish uchun kuchli poydevor hisoblanadi. Ayniqsa shu narsani yodda tutish lozimki, davlatning bosh islohotchilik roli jamiyatdagi ijtimoiy hamkorlikni ta’minlaydigan iqtisodiy asoslarni, siyosiy vazifani, madaniy muhitni, qonuniy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, boshqarish va nazorat qilish faoliyatida yaqqol namoyon bо‘ladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling