Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.98 Mb.
bet8/60
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1761525
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
Bog'liq
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

2-masalaning bayoni: Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish eng avvalo uning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslarini mustahkamlashni talab etadi. Agar har bir sohadagi, jumladan, iqtisodiy jabhadagi islohotlar g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta’minlanmas ekan, jiddiy milliy tiklanish tо‘g‘risida fikr yuritish mushkuldir.
Xо‘sh, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda uning qaysi g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga suyanish lozim? Avvalo, iqtisodiy hayot erkinlashishi lozim. Shuningdek, kо‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, mulkdorlar sinfining shakllanishi о‘ta muhimdir. Biroq, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi eng muhim g‘oyaviy asos - fuqarolarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini о‘zgartirish, har bir kishiga о‘z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatini yaratib berishdir.
Mamlakat iqtisodiy hayotini barqarorlashtirish, milliy g‘oya konsepsiyasida ijtimoiy hamkorlik va evolyusion taraqqiyot kabi g‘oyalarning о‘rni kattadir.
Ijtimoiy hamkorlik davlat va millat taraqqiyotida har bir soha uchun muhimdir. Siyosat, ijtimoiy soha, iqtisodiyot, madaniy jabhadagi hamkorlik milliy tiklanish uchun kuchli poydevor hisoblanadi. Ayniqsa shu narsani yodda tutish lozimki, davlatning bosh islohotchilik roli jamiyatdagi ijtimoiy hamkorlikni ta’minlaydigan iqtisodiy asoslarni, siyosiy vazifani, madaniy muhitni, qonuniy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, boshqarish va nazorat qilish faoliyatida yaqqol namoyon bо‘ladi.
О‘zbekistonning hozirgi ijtimoiy taraqqiyotidagi muhim jihatlardan yana biri - bu yangi jamiyat barpo etish va milliy tiklanish jarayonida evolyusion rivojlanishning ustuvor ahamiyatga ega ekanligidir. Ma’lumki, bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yо‘li nafaqat bozor iqtisodiyotiga о‘tishda, shuningdek, barcha sohalarda muhim о‘rin egallaydi. О‘zbek xalqining mentalitetiga xos bunday tadrijiy taraqqiyot pirovard natijada О‘zbekistonda demokratik, insonparvar huquqiy davlat qurishning kafolati hisoblanadi.
Shu bois mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat ijtimoiy hayotining asoslariga yangicha qarash shakllanib, uning huquqiy asoslari yaratildi. О‘zbekistonda jamiyat ijtimoiy hayot sohalarining siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma xilligiga asoslanmoqda. Hech bir mafkuraning davlat mafkurasi sifatida о‘rnalitishi mumkin emasligi konstitusiyaviy asoslar bilan mustahkamlab qо‘yildi.
Bularning barchasi milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasini ishlab chiqish ehtiyojini keltirib chiqardi.
Prezident Islom Karimov asarlarida milliy istiqlol g‘oyasining nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling