Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-O’zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi


Download 0.98 Mb.
bet58/60
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1761525
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

28-O’zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi
Reja
1. Demokratik taraqqiyot va milliy g’oyaning o’zaro aloqadorligi. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish maqsadlari.
2. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati tushunchalarining milliy g’oya maqsadlari bilan uzviy aloqadorligi.
3. “Fuqarolik jamiyati” tushunchasi, bu boradagi g’oyaviy- mafkuraviy qarashlar va munosabatlar mohiyati.


Demokratik taraqqiyot va milliy g’oyaning o’zaro aloqadorligi. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish maqsadlari. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati tushunchalarining milliy g’oya maqsadlari bilan uzviy aloqadorligi. XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q, deb to’la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo’lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko’proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g’ayri ixtiyoriy ta’sir esa ko’pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o’tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o’rganish lozim. Bu hodisani chuqur o’rganmay turib unga moslashish, kerak bo’lganda, uning yo’nalishini tegishli tarzda o’zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o’rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini tog’dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qoyish bilan baravar bo’ladi.
Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o’tkazgan va o’tkazayotgan tadqiqotlarga ko’z yugurtirish bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuvning milliy ma’naviyatga ham ta’sir o’tkazadi. Har qanday siyosat, jumladan iqtisodiy siyosat va ma’naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo’lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga yetarli ko’mak berishlarini e’tirof etishga to’g’ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko’proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yo’nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning to’g’ri yo’l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin.
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir.
Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Lekin uning xususiyatlarini to’laroq qamrab olgani bizningcha, frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta’rif. Unda globallashuv jarayonining uch o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:

  • globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;

  • globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;

  • globallashuv-milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.

B.Bandi ta’rifida keltirilgan globallashuv o’lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e’tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko’ramiz.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag’dar-to’ntar qilib tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».
Shuning uchun ham milliy istiqlol g’oyasini bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta’minlab, ayni paytda «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash muhim.
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi, bu boradagi g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar va munosabatlar mohiyati. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining g’oyaviy-mafkuraviy asoslari. Milliy g’oyada fuqarolik jamiyati qurish maqsadlarining aks etishi.
Milliy ong va milliy o’zlikni anglashning rivojlanishi – fuqarolik jamiyatini mustahkamlashning muhim omili. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining o’ziga xos tamoyillari.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasida belgilangan vazifalar, ularning g’oyaviy-mafkuraviy mazmuni. Fuqarolik jamiyati qurilishining asosiy bosqichlari, yo’nalishlari va rivojlanish istiqbollari.
Milliy g’oya maqsadlarining mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish maqsadlari bilan mushtarakligi, uni yanada rivojlantirish istiqbollari.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling