Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xalqaro Nordik universiteti


Download 246.79 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2023
Hajmi246.79 Kb.
#1476413
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiy ma’lumotlarni himoyalash usullari

Viruslardan himoyalanishning asosiy vositalari Eng yaxshi himoya turi - viruslarni qay tarzda ta'sir etishini bilishdir. Viruslar oddiy programmalar bo`lib, biror g`aroyib kuchga ega emaslar. Kompyuter viruslar bilan zararlanishi uchun undagi biror-bir zararlangan programma ishlashni talab qilinadi. Shuning uchun kompyuterning birlamchi zararlanishi quyidagi hollarda ro`y beradi: - kompyuterdagi virus bilan zararlangan programmalar yuklanishi (COM, BAT yoki EXE fayllar) yoki moduli zararlangan programmaning ishlatilishi; - kompyuterga virusli disketning yuklanishi; - kompyuterga zararlangan OS yoki qurilmalarning zararlangan drayverlarining o`rnatilishi. Viruslardan quyidagi usullar bilan himoyalanish mumkin: - o`qilayotganda disketani, albatta, virus borligiga tekshirish; - axborot nusxalarini ko`chirish, shuningdek disklar va axborotni saqlash uchun ishlatiladigan umumiy qoidalardan foydalanish, disklarni jismoniy zararlanishdan, programmalarni esa buzilishdan saqlash; - axborotdan noqonuniy foydalanishni cheklash, xususan, programma va ma'lumotlarning viruslar ta'sirida o`zgarishidan, noto`g`ri ishlayotgan programmalar va foydalanuvchilarning noto`g`ri harakatlaridan himoya qilish; - viruslar bilan zararlanish ehtimolini kamaytiruvchi chora-tadbirlar; - viruslar bilan kurashuvchi maxsus programmalardan foydalanish.



Axborotni himoya qilishni kriptografik usullarida boshlang‘ich axborot shunday o‘zgartiriladiki, buning natijasida axborot, kerakli vakolatlarga ega bo‘lmagan shaxslarga, tanishish va ishlatish uchun mumkin bo‘lmay qoladi. Boshlang‘ich axborotga ta’sir etishi bo‘yicha kriptografik o‘zgartirishni shifrlash, stenografiya, kodlash va zichlash usullari mavjud.

Qayta joylashtirish usuli boshlang‘ich matnni ma’lum bir uzunlikdagi bloklarga bo‘lib chiqish va keyinchalik aniq algoritm bo‘yicha har blok ichida belgilarni qayta joylashtirishdan iborat.

Taxliliy usullar esa matritsali algebrani ishlatishga asoslangan.

Additivli usullar (gammalash) kodlari boshlang‘ich axborotning raqamli kodlari bilan qo‘shiladigan raqamli kortejning tasodifiy ketma - ketligini ishlatadi. Gamma kalit hisoblanadi. Kalit qancha uzun bo‘lsa, kriptografik chidamlilik shuncha yuqori bo‘ladi.
Xulosa shuki, doim kampyuter bilan ishlashda doimiy nazorat qilish va virus bor yoqligini tekshirish, antivirus ornatish lozim.
Download 246.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling