Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vаzirligining 2015-yil " " dаgi " "-sоnli buyrug‘ining ilovasi bilаn fan dasturi ro‘yxati tаsdiqlаngаn


Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi


Download 285.5 Kb.
bet3/14
Sana23.11.2023
Hajmi285.5 Kb.
#1795246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
26971 5110200-Умумий физика(лотин)-2015-16

Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

Umumiy fizika fani fizikaning uning barcha bo‘limlari: nazariy fizika, astoronomiya, astrofizika bilan o‘zaro bog‘liq, hamda oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya,geografiya kabi tabiiy-ilmiy fanlar bilan uzviy bog‘langan, shuningdek talabaning ushbu fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishligi talab etiladi.




Fanning ta’limdagi o‘rni

Umumiy fizikani o‘zlashtirgan talaba makro va mikro dunyoda sodir bo‘ladigan harakat va uning turlari xaqida fenomenologik bilim, ko‘nikma va malaka larga ega bo‘ladi, yangi axborot texnologiyalarini qo‘llab, olgan bilimlari pedagogik va ilmiy faoliyatida qo‘llaydi.




Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Umumiy fizika fanini o‘qitishda ta’lim texnologiyalari, elektron plakatlar, tarqatma materiallar, elektron darsliklar va qo‘llanmalar, virtual laboratoriyalar, internet ma’lumotlari, lokal tarmoqdagi turli o‘quv, ilmiy bilimni nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlar jamlamasidan foydalaniladi. Mustaqil ta’lim, aqliy hujum, vaziyatli masalalarni echish, disskusiya, rolli o‘yinlar, referatlar Yozish kabi pedagogik usullar bilan fanning o‘qitilishi amalga oshiriladi.



Asosiy qism
Mexanika
Moddiy nuqta kinematikasi. Mexanik harakat. Fazo va vaqt. Sanoq sistemasi. Harakatning nisbiyligi. Moddiy nuqta, traektoriya, Yo‘l va ko‘chish. Fizik kattaliklar. O‘lchov birliklari. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Tezlik. To‘g‘ri chiziqli notekis harakat. Tezlanish. Erning tortishish maydonidagi harakat. Moddiy nuqtaning aylana bo‘ylab harakati. Burchak tezlik. Burchak tezlanish. Normal va tengentsial tezlanishlar. Moddiy nuqta dinamikasi. Nyuton qonunlari Galileyning nisbiylik printsipi. Kinetik va potentsial energiya. Energiya va impulsning saqlanish qonunlari. Potentsial va nopotentsial kuchlar. Moddiy nuqtalar sistemasining harakati. Massalalar markazi. O‘zgaruvchan massali jism harakati. Reaktiv harakat. Meshcherskiy tenglamasi. Elastik va noelastik to‘qnashishlar. Butun olam tortish qonuni. Kepler qonunlari. Gravitatsion maydonda bajarilgan ish. Kosmik tezliklar. Vaznsizlik. Ishqalanish kuchlari. Stoks formulasi. Elastiklik kuchlari. Noinertsial sanoq sistemalaridagi harakat. Koriolis kuchi. Maxsus nisbiylik nazariyasi (MNN) elementlari. Lorents almashtirishlari. Tezliklarni qo‘shishning relyativistik qonuni. Relyativtik mexanikada impuls va energiya. Massa bilan energiya orasidagi bog‘lanish. MNN da to‘liq energiya. MNN da energiya va impulsning saqlanish qonuni. Qattiq jism mexanikasi. Suyuqliklar mexanikasi. Mexanik tebranishlar. Tebranishlarni qo‘shish. So‘nuvchi tebranishlar. Majburiy tebranishlar. Rezonans. Mexanik to‘lqinlar. To‘lqin tenglamasi. To‘lqin energiyasi va intensivligi. Fazoviy va gruppaviy tezliklar. Umov vektori. To‘lqin interferentsiyasi. Turg‘un to‘lqin. Akustika. Ultratovush va infratovush.



Download 285.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling