qilish xuquqlarini, tarmoq zahiralarini konfiguratsiyalashni, autentafikatsiyalash
dasturlarini va boshqalarni tekshirishi mumkin.
Dasturning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
- konfiguratsiyani tekshirish, ya’ni ruxsatsiz kirishlarning oldini olish
maqsadida konfiguratsiyani tekshirish. Bunga quyidagilar kiradi: konfiguratsiya
fayllari,
operatsion tizim versiyasi, kirish xuquqlari, foydalanuvchilarning
zahiralari, parollar;
- tizimdagi xavfli o’zgarishlarni tekshirish. Ruxsatsiz
kirishlar oqibatida
tizimda sodir bo’lgan o’zgarishlarni qidirishda qo’llaniladi. Bunday o’zgarishlarga
quyidagilar kiradi: fayllar egallagan xotira xajmining o’zgarishi, ma’lumotlarga
kirish xuquqi yoki fayldagi ma’lumotlarning o’zgarishi, foydalanuvchilarning
zahiralarga kirish parametrlarining o’zgarishi, fayllarni ruxsatsiz boshqa bir tashqi
kompyuterlarga uzatishlar;
- foydalanuvchi interfeysining qulayligi. By interfeys yordamida nafaqat
dastur bilan qulay ishlash ta’minlanadi, balki bajarilgan ishlar bo’yicha xisobotlar
xam yaratiladi;
- masofadan skanerlash. Tarmoqdagi kampyuterlarni
tekshirish va aloqa
jarayonida ma’lumotlarni shifrlash imkoniyati ta’minlanadi;
- xisobotlar tuzish. Bajarilgan ishlar bo’yicha to’liq, xisobotla’ yaratiladi.
Ushbu xisobotlarda tizimning aniqlangan zaif bo’g’inlarining izohi keltiriladi va
ularni tuzatish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi. Xisobot
HTML yoki oddiy matn
ko’rinishida bo’lishi mumkin.
SATAN dasturi xaqida
Tarmoq xizmatlarining himoyalanganligini tahlil qilish bo’yicha birinchi
bo’lib ishlab chiqarilgan dasturlardan biri bu SATAN dasturidir. Bu dastur 20 ga
yaqin tarmoq xizmatlaridagi zaifliklarni aniqlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: