Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-a’reldagi 137-sonli


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/51
Sana22.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1381244
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Axborot havfsiligi

Filtrlovchi-yo’llovchi — yo’llovchi, ya’ni kompyuter tarmog’ida 
ma’lumotlarni manzilga yetkazuvchi dasturlar paketi yoki serverdagi dastur bo’lib, 
u kiradigan va chiqadigan paketlarni filtrlaydi. Paketlarni filtrlash, ya’ni ularni aniq 
to’plamga tegishliligini tekshirish, TC’/I’ sarlavhasidagi ma’lumotlar bo’yicha 
amalga oshiriladi. 
Filtrlashni aniq xost-kompyuter, ya’ni tarmoqdagi fayl va kompyuter 
zahiralariga kirishni amalga oshiruvchi kompyuter yoki port, ya’ni xabarlarni 
jo’natish yoki qabul qilish maqsadida mijoz va server tomonidan ishlatiladigan va 
odatda 16 bitli son bilan nomlanadigan dastur bilan ulanishda amalga oshirish 
mumkin.
Tarmoq darajasidagi shlyuzlar ishonchli mijozlardan aniq xizmatlarga 
so’rovnomasini qabo’l qiladi va ushbu aloqaning qonuniyligini tekshirgandan so’ng 
ularni tashqi xost-kompyuter bilan ulaydi. SHundan so’ng shlyuz ikkala tomonga 
xam paketlarni fil’trlamay jo’natadi. 
Bundan tashqari, tarmoq darajasida shlyuzlar bevosiga server-dallol 
vazifasini bajaradi. Ya’ni, ichki tarmoqdan keladigan I’ manzillar o’zgartirilib, 
tashqiriga faqatgina bitta I’ manzil uzatiladi. Natijada, ichki tarmoqdan tashqi 
tarmoq bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’lamaydi va shu yo’l bilan ichki tarmoqni 
himoyalash vazifasini o’taydi. 
Amaliy darajadagi shlyuzlar filtrlovchi-yo’llovchilarga mansub bo’lgan 
kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu dasturiy vosita 
vakolatlangan server, deb nomlanadi va u bajarilayotgan xost-kompyuter esa 
amaliy darajadagi shlyuz deb ataladi. 
Amaliy darajadagi shlyuzlar mijoz va tashqi xost-kompyuter bilan to’g’ridan-
to’g’ri aloqa o’rnatishga yo’l qo’ymaydi. SHlyuz keladigan va jo’natiladigan 
paketlarni amaliy darajada filtrlaydi. Server-dallolla’ shlyuz orqali aniq server 
tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlarni qaytadan yo’naltiradi. 
Amaliy darajadagi shlyuzlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: 
• global tarmoq tomonidan ichki tarmoq tarkibi ko’rinmaydi; 
• ishonchli autentifikatsiya va qayd qilish; 
• filtrlash qoidalarining yengilligi; 
• ko’p tamoyilli nazoratlarni amalga oshirish mumkinligi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling