Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-a’reldagi 137-sonli
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot havfsiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimki axborotga ega bo’lsa, dunyoni qo’lga kiritadi. Bill Geits
- Kompyuter virusi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-a’reldagi 137-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan tasdiqlangan «Axborot xavfsizligi» fanining na’munaviy dasturi va mazkur na’munaviy dastur asosida tayyorlangan ishchi o’quv dasturida fanning o’qitilishida kurs va semestrlar bo’yicha taqsimoti. O’quvchining umumiy o’quv yuklamasi 60 soat, shu jumladan mashg’ulot turlari bo’yicha ajratilgan soatlar: № Mashg’ulot turlari Ajratilgan soat SHu jumladan sеmеstrlar bo’yicha 1-kurs 2-kurs 3-kurs I II III IV V VI 1 Auditoriya jami yuklamasi 60 2 Nazariy mashg’ulot 20 3 Amaliy mashg’ulot 40 4 Sеminar 5 Laboratoriya mashg’uloti 6 Kurs ishi (loyihasi) 7 YAkka tartibli mashg’ulot 8 O’quvchining mustaqil ishi 25 Tuzuvchilar: O’.Xolmirzayev To’raqo’rg’on sanoat va transport kasb-xunar kollеji maxsus fan o’qituvchisi Taqrizchi: t.f.n.dotsent O.Jakbarov Namangan Muxandislik-Qurilish Instituti Kasb ta’lim (Informatika va AT) kafedra mudiri KIRISH Kimki axborotga ega bo’lsa, dunyoni qo’lga kiritadi. Bill Geits Bugungi kunga kelib XXI asr axborot kommunikatsion texnalogiyalar asrida butun dunyo Internet tarmog’ida istalgan ma’lumotni xohlagan tilingizda topish imkoni yuzaga keldi. Insonlarning internet tarmog’I orqali o’zaro ma’lumot almashishlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, ularning olib borayotgan ishlari, turfa xildagi mavzular, ko’ngil ochar saxifalarni o’z ichiga olgan turli ko’rinishdagi saytlar, ijtimoiy tarmoqlar qisqacha aytganda barcha internet tarmog’ida faoliyat yurutuvchilar, tarmoqda o’zlariga tegishli ma’lumotlarni tashqi xavf-xatardan ximoyalash, ularga bo’ladigan tasodifiy va qasddan ta’sirlarni oldini olish uchun xavfsizlik tizimlari ishlab chiqilgan. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qadimda miloddan avvalgi yillarda imperator va qrollar tomonidan xabar jo’natishda xarflar o’rniga belgilardan foydalanish, harflarni surib yozishdan foydalanilgan. Bunday yo’l bilan axborot xavsizligini ta’minlashda bugungi kun tili bilan aytkanda kriptotizimlarga asos solingan. Microsoft kompanyasining prizidenti Bill Geitsning fikricha – “Kimki axborotga ega bo’lsa, dunyoni qo’lga kiritadi”. Agar Bill Geitsning fikrlarini taxlil qiladigan bo’lsak, chindan ham bugungi kunda insonlar ish faoliyatlarini yuritishlarida, ularga ish-faoliyatlaridan kelib chiqqan xolda ularga ma’lumotlar zarur bo’ladi va bu ma’lumotlar shu tipdagi axborotlarda o’z aksini topadi. Misol sifatida aksionerlar faoliyatini olsak: Ularning ish-faoliyati aksialarning bugungi va ertangi kelajagi (narx-navosi) bilan uzviy bog’liqdir. Aksionerlar faoiliyatini olib borishi uchun aksialarning doimiy narx- navosi bilan muntazam qiziqib va kuzatib borishlari talab etiladi. Buning uchun esa ularga doimiy aksialar to’g’risida axborot olib turish talab etiladi. Zarur bo’lganda ular to’g’risida ma’lumot uzatish ham kuzatiladi. Bu ishlarni amalga oshirishda ularda axborot xavfsizligini ta’minlash juda katta ro’l o’ynaydi. Axborot xavfsizligiga boshqacha yondashib o’tishimiz xam mumkin: bu borada el orasidagi ajoyib bir naql bor. “Agar siring bo’lsa, u sening quling bo’ladi. Agar bu sirni o’zingdan boshqa yana kimdir bilsa sen bu sirning quliga aylanasan”. Chindan ham bu naql fan tili bilan aytganda axborot xavfsizligining bir ko’rinishi demakdir. Bugungi kunda Internet tarmog’ida barcha soxalarda, barcha yo’nalishlarda axborotlar topiladi. Tarmoqda xavfsizlikni ta’minlash zaruriyati birinchi bo’lib Amerikada o’tgan asrning 60-yillarida yuzaga keldi. Internet tarmog’iga asos solinishidan oldin 1957-yilda AQSH qurolli kuchlari tomonidan ArpaNet tarmog’I dunyoga keldi. Dastlab bu tarmoqdan AQSH qurolli kuchlarining barcha qismlaridagi kompyuterlar o’zaro tarmoq qilib, yagona tizimda axborot almashish ishlarini olib borishdi. Keyinroq ArpaNet tarmogi boshqa soxalarga xam qo’llanila boshlandi va Amerikadagi mavjud barcha banklar xam bu tarmoq xizmatidan keng foydalana boshladilar. Oradan ma’lum vaqt o’tib tarmoqda juda katta xaxf yuzaga keldi va buning natijasida butun mamalakat bir necha milliard dollar zarar ko’rdi. Bunga sabab birinchi marta “Kompyuter virusi” yaratilishi bo’ldi. Virus dasturlari g’ayri maqsadlarni ko’zlab, axborotga qasddan ta’sir yetkazish uchun ishlab chiqilgan dasturdir. Yuqoridagi ka’bi ishlarni xisobga olgan xolda bugungi kunda kasb-hunar kollejlarida va oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va AT” yo’nalishida oquvchilar uchun “Axborot xavfsizligi” fani kiritildi. Mazkur ma’ruza matni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6- apreldagi 137-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Axborot xavfsizligi» fanining na’munaviy dasturi va mazkur na’munaviy dastur asosida tayyorlangan ishchi o’quv dastur asosida ishlab chiqildi. Ma’ruza matni o’z ichiga quyidagi bo’limlarni oladi: Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling