Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
иклим кулланма
Durban platformasi. Tarafdorlarningun yettinchi sessiyasi Janubiy
AfrikaningDurbanida tashkil etildi. Durbandagi eng muhim qaror Durban platformasi boʻyicha Maxsus ishchi guruxini shakllantirish xakida qabul qilindi va u "Konvensiyaga muvofiq barcha tarafdorlarga qoʻllaniluvchi protokol, boshqa huquqiy xujjat yoki kelishilgan yakuniy xujjatni ishlab chiqishga kirishishi" zarur edi. Ushbu xujjat 2015-yilga tayyorlanishi va 2020-yildan keyin kuchga kirishi koʻzda tutiladi. Oʻz navbatida, bu qapop Kioto Protokoli doirasidagi majburiyatlarning ikkinchi davri amal kilish muddatini aniqlashga chambarchas bogʻliq edi. Durbanda 2 xil muddat taklif qilindi, ular: 2013-yil 1-yanvardan 2017-yil 31-dekabrgacha va 2013-yil 1-yanvardan 2020-yil 31-dekabrgacha. Birok muddatlar boʻyicha yakuniy bir qarorga kelinmadi va uni aniqlashtirish Doxadagi tarafdorlar konferensiyasiga qoldirildi. Shuningdek, Durbanda moliyalash soxasida muvaffakiyatlarga erishildi. Xususan, moliya boʻyicha Doimiy qoʻmita qilingan ishlarning barcha jixatlari boʻyicha xisobot topshirishi va tarafdorlar konferensiyasining xar bir sessiyasida kurib chiqish uchun tavsiyalar tayyorlashi kerakligi xakida qaror qabul qilindi. Uzoq muddatli moliyalashtirish masalasiga aloxida eʻtibor karatildi. Tarafdorlar konferensiyasi yana 2012-yildan keyin xam rivojpangan mamlakatlar 76 koʻmaklashishining muhimligini tasdiqladi. Shunga bogʻliq tarzda 2012-yilda uzoq muddatli moliyalashtirish boʻyicha ishchi dastur qabul qilindi. Durbandagi majlis ishining yakuni sifatida bir qator qarorlar shuningdek, yordamchi organlar tomonidan tayyorlangan koʻp miqdordagi xulosalarning ma’qullanganligini koʻrsatib oʻtish mumkin. Bu qarorlar qator masalalarni, jumladan, yukorida aytib oʻtilganlar bilan bir qatorda Konvensiya doirasida bajariladigan uzoq muddatli uzaro xarakatlar boʻyicha qarorlar, iqlimiy texnologiyalar markazi va tarmogini tashkil kilish boʻyicha shartlar va tartiblari majmuini qabul kilish, sof tarakkiyot mexanizmiga oid kelgusidagi boshqaruvni qabul kilish kabilarni oʻz ichiga oladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling