Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


“Iqlim oʻzgarishi boʻyicha BMTning Ramkali konvensiyasi”


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

“Iqlim oʻzgarishi boʻyicha BMTning Ramkali konvensiyasi” 1992-yilda 
Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan sammitda qabul qilingan boʻlib, butun dunyoda 
iqlim oʻzgarishini bataraf etishga qaratilgan. Iqlim oʻzgarishi xavflarini 
boshqarishni ta’minlovchi asosiy yoki bosh xalkaro xujjat BMTning Iqlim 


72 
oʻzgarishi toʻgʻrisidagi soxaviy konvensiyasi (IUSK) xisoblanib, u yer sammitida 
(Rio-de-Janeyro, 1992-yil) qabul qilingan va 1994-yilning 21-martidan kuchga 
kirgan. Oʻzbekiston bu Konvensiyani 1993-yili imzolagan. Iqlim oʻzgarishi 
muammosi boʻyicha global xarakterdagi asosiy xalkaro xuquqiy xujjat xisoblanish 
barobarida, bu oʻzgarishning salbiy oqibatlarini yengillashtirish boʻyicha xalkaro 
xamkorlik xamda yer atmosferasiga antropogen yukni pasaytirish vositasi sanaladi. 
Global iqlim oʻzgarishiga qarshi xarakat qilish boʻyicha dunyo xamjamiyati 
faoliyatining umumiy faoliyat yoʻnalishlari belgilab qoʻyilgan.
Iqlim oʻzgarishlari xavflarini boshqarishni xuquqiy ta’minlashda asosiy rolni 
quyidagi xujjatlar bajarib kelgan va bajarmoqda: BMT doirasidagi Kioto Protokoli; 
Biologik xilma-xillikni saqlab kolish toʻgʻrisidagi Konvensiya; BMT ning "Jiddiy 
qoʻrgʻoqchilik va choʻllashishni boshidan kechirayotgan mamlakatlar, ayniksa, 
Afrikada choʻllashishga qarshi kurash boʻyicha" Konvensiyasi va boshqalar.
BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi soxaviy konvensiyasi 1992-yili Rio-
de-Janeyro shaxrida boʻlib oʻtgan BMTning atrof-muxit va rivojlanish boʻyicha 
Konferensiyasi majlisida qabul qilingan. Bu Konvensiya 1994-yilning 21-martida 
kuchga kirgan. Bugungi kunda iqlim oʻzgarishini yoklovchi davlatlar soni 195 tani 
tashkil kiladi. Uning pirovard maqsadi - atmosferadagi parnik gazlari 
konsentratsiyasini ikdimiy tizimga xavfli antropogen ta’sirning oldini oluvchi 
darajada barqaror ushlab turishdir.
Ushbu xujjat umumiy, lekin differensiallashgan javobgarlikka asoslangan
iqlim oʻzgarishlari boʻyicha mamlakatlarning xarakatlariga oid umumiy 
prinsiplarni aniqlab beradi va parnik gazlarini chiqarishni qisqartirish boʻyicha 
miqdoriy majburiyatlarni uzida aks ettirmaydi. Konvensiyada ishtirok etuvchi 
tomonlar iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlari bilan kurashda asosiy rolni 
sanoatlashgan davlatlar va uzining iqtisodiy rivojlanish jarayonida parnik 
gazlarining chiqishiga asosiy xissa qoʻshuvchi (tarixiy masʻuliyat tamoyili) 
iqtisodiy oʻtish davridagi davlatlar uynashi kerakligini tan oladilar.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling