Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Iqlim oʻzgarishining hayvonot dunyosiga ta’siri


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Iqlim oʻzgarishining hayvonot dunyosiga ta’siri. Quruqlikda yashovchi 
hayvonlarga iqlim va ob-havo kuchli ta’sir etadi, chunki ularning hayoti yashash 
muhitining haroratiga bogʻliq. Suvda ham quruqlikda yashovchilarning koʻpchiligi 
suvda va quruqlikda yashayotganligi uchun ularning miqdori 10-martalab 
oʻzgarishi mumkin, chunki koʻpgina suvda va quruqlikda yashovchilarning 
koʻpayishi harorat, suv darajasiga bogʻliq.
Abiotik omillardan biri – harorat oʻsish va rivojlanishga kuchli ta’sir 
koʻrsatadi hamda koʻpayish sikli va hayvonlarning xulq-atvorini boshqaradi. 
Qurgʻoqchilik boshlanishi bilan suv havzalarining qurishi bilan koʻpgina 
hayvonlarning uvildiriqlari nobud boʻladi. Ba’zi yillarda yogʻingarchilikning kech 
boshlanishi suvda va quruqlikda yashovchilarning sonini kamayishiga olib keladi. 
Suvda va quruqlikda yashovchilar sonining kamayishiga asosiy sabab ozuqaning 


38 
yetishmasligi, ya’ni umurtqasiz hayvonlarning kamayishi hisoblanadi.
Koʻpgina mutaxassislarning fikriga koʻra, yer yuzidagi suvda ham 
quruqlikda yashovchilar sonining kamayishi oʻtgan asrdan boshlangan. Soʻnggi 
yillarda 60 mamlakatlarning 500 dan ortiq olimlari 5743 suvda va quruqlikda 
yashovchilarning populyasiyasini oʻrganishdi. Baholash natijasiga koʻra 25 yil 
davomida122 tur Suvda ham quruqlikda yashovchilar yoʻqolib ketgan boʻlsa, hozir 
qurbaqalar, baqalar, salamandra va tritonlarning yoʻqolish xavfi kuzatilmoqda. 
Olimlar suvda ham quruqlikda yashovchilar sonining qisqarish sabablarini aniqlash 
qiyinchilik tugʻdirmoqda, lekin ehtimolga koʻra yashash muhitining ifloslanishi, 
iqlim oʻzgarishi va antropogen omillar boʻlishi mumkin.
Kosta-Rikadagi 
Tropik 
ilmiy 
markazi 
tadqiqotchisi 
Dj.A.Paunds 
aniqlashicha, Markaziy va Janubiy Amerika oʻrmonlarida qurbaqalarning 
yoʻqolishi “gribok” kasalligidan boʻlib, inson faoliyati bilan bogʻliq ekan. 
F.Paunds aniqlashicha, tropiklarda kechki payt haroratning koʻtarilishi 
“gribok”larning koʻpayishiga yaxshi sharoit yaratadi. Paunds bilan bir qator 
olimlar suvda va quruqlikda yashovchilarning xronologiya va geografiyasini iqlim 
oʻzgarishi bilan solishtirganda oʻrtacha haroratning koʻtarilishi koʻpgina 
hayvonlarning nobud boʻlishiga olib keladi, degan xulosaga keldilar. Olimlar 
hisoblanishicha, havoning isib ketishi bulutlarning koʻpayishi va “gribok”larning 
koʻp boʻlishiga olib keladi.
London shahridagi Zoologiya jamiyati olimlarning fikriga koʻra, 2050-yilda 
yevropadagi yarmidan koʻp Suvda ham quruqlikda yashovchilar yoʻqolish 
arafasida turipti. Oʻlimga sabab boʻluvchi asosiy omil iqlimning global isishi, 
hayvonlar arearining buzilishi va kasalliklar epidemiyasi hisoblanadi.
Suvda ham quruqlikda yashovchilar populyasiyasiga turli faktorlar ta’sir etib 
bu - lokal yoki global boʻlishi mumkin. Rossiyalik Suvda ham quruqlikda 
yashovchilar mutaxassisi A.N. Reshetnikov (2007) hisoblashicha, salbiy omillar 
populyasiyani qisqarishiga olib kelishini hayvonlar miqdorining oʻzgarishidan 
farqlash kerak. Buning uchun albatta, monitoring olib borish maqsadga muvofiq 
boʻladi. Reshetnikov tadqiqotining natijasiga koʻra Suvda ham quruqlikda 


39 
yashovchilarning kamayishida bir qarcha sabablar boʻlishi mumkin: yer yuzida 
ultrabinafsha nurlarning koʻpayishi, ozon qatlamining yupqalashuvi, iqlim 
oʻzgarishi, yuqumli kasalliklarning koʻpayishi, biotoplarning ifloslanishi va 
buzilishi, boshqa turlarning kirib kelishidir.
I.V.Maslova (2001) Janubiy Primorya qoʻriqxonalardagi suvda ham 
quruqlikda yashovchilarning hayotiga iqlim oʻzgarishi ta’sirini oʻrgandi. Xulosa 
qilinishicha, suvda va quruqlikda yashovchi, tuproqda qishlovchi hayvonlarning 
fenologiya va ekologiyasiga qorning qaysi paytda erishi ta’sir koʻrsatadi. Qor 
eriganda dastlab janub ekspozitsiyasidagi Suvda ham quruqlikda yashovchilar 
fevral oyining oxirida chiqar ekan. Boshqa rayonlarda, botqoq tuproqlardagi 
qorlarning sekin erishi hayvonlarning ikki hafta kech chiqishi kuzatiladi. Maslova 
xulosasiga koʻra, tuproqdagi qorning erishi suvda va quruqlikda yashovchilarning 
koʻpayish jarayoniga ta’sir koʻrsatadi.
Hayvonlar migratsiyasi yashash joyida muhit sharoitining oʻzgarishi yoki 
rivojlanishningʻ har xil davrlarida hayvonning yashash muhiti sharoitiga talabining 
oʻzgarishi migratsiya bilan bogʻliq. Hayvon yashaydigan joyda yashash 
sharoitining oʻzgarishi ta’sirida sodir boʻladigan Hayvonlar migratsiyasi davriy 
(mavsumiy, sutkalik) yoki nodavriy boʻlishi mumkin. Hayvonlar, odatda, ajdodlari 
oʻtgan yoʻl orqali migratsiya qiladi. 
Davriy (siklik) migratsiya har xil: vertikal
 
(sut
 
emizuvchilar, qushlar
 
va 
hasharotlarning togʻning vertikal mintaqalari boʻyicha, umurtqasizlarning tuproq
 
va suv
 
qatlamlari boʻyicha migratsiyasi), anadrom (oʻtkinchi baliqlarning 
dengizlardan daryolarga oʻtishi), katadrom (oʻtkinchi baliqlarning daryolardan 
dengizlarga 
oʻtishi) 
xillarga 
ajratiladi. 
Dengiz 
toshbaqalari 
va 
sut 
emizuvchilarining 
okeanlarda, 
tuyoqli, 
yirtqich 
va 
kemiruvchi 
sut 
emizuvchilarning 
quruqlikda, 
koʻpchilik 
qushlar, 
koʻrshapa-laklar 
va 
hasharotlarning havo orqali migratsiyasini ham davriy deyish mumkin. 
Davriy 
boʻlmagan, 
ya’ni 
sporadik 
migratsiya-oʻtroq 
yashovchi 
hayvonlar (olmaxonlar, 
lemminglar 
va 
boshqalar) 
yashash 
muhitining 
yomonlashuvi (qurgʻoqchilik, yongʻin, toshqin
 
va boshqalar), individlar sonining 


40 
oshib ketishi natijasida sodir boʻladigan ommaviy koʻchishi. Bu xildagi migratsiya 
tartibsiz sodir boʻladi va koʻp hollarda hayvonlarning yalpi qirilib ketishiga olib 
keladi. Ontogenetik migratsiya - rivojlanishning har xil davrlarida hayvonlarning 
yashash muhiti sharoitiga talabining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Bunday migratsiya 
lichinkalik (oʻtroq yashovchi assidiyalar, korall poliplar, gʻovaktanlilar, 
qalqondorlar
 
va boshqalar) yoki jinsiy voyaga yetgan davrda sodir boʻlishi 
mumkin. Faol migratsiya qilish uchun hayvonlar vaqt
 
va yoʻnalishni biologik 
sezish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Migratsiya hayvonlarni tamgʻalash 
va eksperiment orqali oʻrganiladi. 
Sut emizuvchilarning migratsiyasi, asosan, tuyoqlilar, kurakoyoqlilar
koʻrshapalaklar Shimoliy yarimsharda iqlimning oʻzgarishi va muzliklarning 
shimolga qarab chekinishi natijasida shakllangan. Muzliklarning erishi bilan oziq 
topish va koʻpayish uchun yaroqli maydonlar koʻpaydi. Shimol kiyiklari (karibu) 
har yili 600 dan 800 km masofani bosib oʻtadi. Yozda kiyiklar tundrada oʻtlab 
yursa, iyulda ninabargli oʻrmonlar orqali janubga qarab bir xil marshrut boʻyicha 
harakatlanadi va bahor faslida esa yana qaytadilar. Ularning harakat tezligi 15-20 
km/sutkaga teng. Ayrim vaqtlarda daryolarning suvi toshgan boʻlsa koʻpchilik 
kiyiklar nobud boʻladi. Iqlim isishi tuyoqli hayvonlarning yashash muhitining 
oʻzgarishiga olib keladi, bu faqat qishlash va koʻpayish emas, balki migratsiya 
yoʻlida boʻlishi mumkin. Shunday qilib, hayvonlarning migratsiyasi anʻanaviy 
migratsiya yoʻlini oʻzgartirishi ularning koʻproq nobud boʻlishiga va 
populyasiyasining qisqarishiga olib keladi.
Erik Post Pansilvaniya universitetidan (AQSh), Mads Forchxammer 
Kopengagen universiteti (Daniya) va ularning hamkasblari (1999) iqlim 
oʻzgarishining ta’sirida kiyik (karibu) va qoʻyhoʻkizlarning uzoq vaqtli 
populyasiya dinamikasini tahlil qildilar. Karibu va qoʻyhoʻkizlar Grelandiyaning 
turli qirgʻoqlarida va muz qalqonlari bilan ajralganlar joylarda yashaydilar. Lekin 
lokal (mintaqa) qishki harorat va Shimoliy-Atlantik global ob-havo indeksining 
oʻzgarishi mana shu turlarning dinamikasiga ta’sir koʻrsatadi. Qattiq sovuq qish 
yosh individlarning oʻlish sonini koʻpayishiga olib keladi. Mumkin sovuq qish ular 


41 
oziqlanadigan oʻsimliklarga ham ta’sir qiladilar, oziqning yetishmasligi ham 
populyasiyalar sonining kamayishiga olib keladi. Umuman bu turlarning 
migratsiyasi mavsumiy boʻlib, yilning iqlim sharoitiga bogʻliq. 
Hayvonlarning migratsiyasi nafaqat Shimolda, balki iqlimi issiq Afrika 
mintaqasida ham yuzaga keladi. Ob-havo omillari asosiy sabab boʻlmoqda. Tropik 
Afrikada yomgʻirli davr boshlansa, yarim choʻllar va dashtlarda oʻt va 
oʻsimliklarning uygʻonishi sodir boʻlib, koʻpgina hayvonlarni oʻziga jalb qiladi. 
Zebra, gazel va boshqa tuyoqlilar ulkan podasi ortidan katta yirtqichlar - sher, 
yoʻlbars, shoqol, giena va boshqalar izidan boradilar. Yomgʻirlarning oʻtishi va 
quyoshning issiq taftidan oʻsimliklarning qurishi bilan hayvonlarning qayta 
migratsiyasi boshlanadi.
V.N.Lissov koʻp yillar davomida Arktika dengiz muhitini himoyasi boʻyicha 
Xalqaro guruhlar ishida ishtirok etib “Xavfli isish” (2007-y.) nomli maqolasida 
soʻnggi 10 yillar ichida Arktika muzliklarining qisqarishini yozadi. Har yili qariyb 
100 ming kv. km muz maydoni qisqarishi va Islandiyaning butun maydoniga 
tengligini ta’kidlaydi. Muzliklar nafaqat qisqarishi,balki 
muz qalinligi 
yupqalashuvi sodir boʻlmoqda. Soʻnggi 30 yil ichida dengiz muzlari qariyb 1,3 
m.ga yupqalashdi va qancha muz yupqalashsa muz mavsumi ham qisqa boʻladi. 
Hozirgi kunda muzlarning erishi erta bahorda boshlanmoqda. Iqlimning global 
oʻzgarishi qutb sutemizuvchilariga salbiy ta’sir qilmoqda. Ayiqlar va ayiq bolalari 
uchun kritik davr boshlandi. Urgʻochi ayiqlar oʻz bolalari bilan 5-7 oylik ochlikdan 
chiqishi hayot-mamot masalasi boʻlmoqda. Kanada tadqiqotchilarning fikriga 
koʻra, oziq-ovqatning yetishmovchiligi oq ayiqlarning salomatligiga, urgʻochi 
homilador ayiqlarga va bolalariga salbiy ta’sir koʻrsatdi. Tugʻilish koʻrsatkichi 
tushib ketdi, yosh ayiqlarning oʻrtacha ogʻirligi taxminan 15%ga tushdi (3-rasm).


42 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling