Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Iqlim isishi oqibatlarining aholi sogʻligiga ta’siri


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Iqlim isishi oqibatlarining aholi sogʻligiga ta’siri. XX asrning 1970-
yillariga kelib navbatdagi iqlimning global isishi sodir boʻldi, bu holat koʻpgina 
olimlarning yana bir karra biosferaga iqlimning ta’siri muammolariga, shu 
jumladan, fenologik tadqiqotlarga eʻtiborini qaratdi. Texas universitetidan Kamilla 
Parmesan bir qator ekologik va evolyusiyaga oid adabiyotlar tahlilida (2006) 866 
ta maqolalarni (1899-yildan 2006-yilgacha) koʻrib chiqib iqlimning hayvonot va 
oʻsimliklarga ta’siri 349 (40%) ni oxirgi 3 yil ichida chop etilganini ta’kidladi. Bu 
maqolalarning aksariyati Shimoliy Amerika, Shimoliy yevropa va Rossiya 
mamlakatlarida chop etilgan. Prognozlarga qaraganda, iqlim oʻzgarigi yaqin 50 
yillarda chorakka yaqin oʻsimliklar va hayvonlarning yer yuzidan yoʻqolishiga olib 
keladi. Olimlarning hisob-kitobiga koʻra, 2050-yilda yer yuzidan 1 mln flora va 
faunaning turlari yoʻqolishi mumkin ekan. Koʻpgina mamlakatlarda (Rossiya, 
Oʻzbekiston va boshqalar) koʻp yillik monitoring olib borish qimmatli ilmiy 
axborot yigʻish uchun muhimdir.
Oʻsimliklarni boshlangʻich rivojlanishida tashqi yoki ekzogen omillar ta’sir 
etadi. Bunga kun uzunligi (fotoperiodizm), harorat va namlik misol boʻla oladi. 
Ushbu omillar atrof-muhitning holati toʻgʻrisida signal beruvchi ma’lumot 
hisoblanadi. O.M.Xeyde (1997) ning ma’lumotlariga koʻra, hamma oʻt oʻsimliklar 
sovuq va muʻtadil iqlim zonada 2 guruhga boʻlinib, gullashning ekzogen tavsifi 
bilan farqlanadi: uzun kun oʻsimliklarining gullash fazasiga oʻtishi (masalan, bir 
yillik boshoqli oʻsimliklar) va ushbu oʻsimliklarga past harorat talab etilmaydi. 
Birlamchi va ikkilamchi gullaydigan oʻsimliklar (koʻpyillik oʻtlar).
Fenologiya fazalarining boshlanishi va davomiyligi, masalan, kurtaklarning 
ochilishi va gullashining harorat bilan bogʻliqligini koʻpgina olimlar ta’kidlab 
oʻtgan. Turli xil oʻsimliklarning erta bahorda boshlanishiga munosabati ularning 
tinim davrining vaqtiga va qisqa ob-havoga qarab farq qilishi mumkin.
Koʻpgina mualliflarning taxminicha, oʻsimliklarning vegetatsiyasining 
boshlanishi nafaqat kunduzgi haroratga, balki kechki haroratga, isish tezligi va 


32 
tuproqning namligiga ham bogʻliq. Yaponiya va Janubiy Koreyada olxoʻrilarni 
gullashini boshlanishi yanvar oyi va mart-aprel oylarining haroratiga bogʻliq. 
Masalan, mart oyida harorat 1
0
Cga koʻtarilganda gullash 3-4 kun oldin boshlanadi. 
Angliyada erta bahorda haroratning 1
0
Cga yuqori boʻlishi eman (dub) daraxtida 
barglarning paydo boʻlishi 6 kun oldin boshlanadi. Kuz faslida haroratning 1
0
C ga 
yuqori boʻlishi chinor va ginkgo daraxtlarida barglarning sargʻayishi 2-7 kun kech 
boshlanadi. Norvegiyada koʻpgina daraxtlarning kurtaklarning ochilishi aprel 
oyining harorati bilan bogʻliq. Germaniyada nok va olma daraxtlarning kurtaklari 
martning birinchi 10 kunligiga toʻgʻri keladi. Oʻzbekistonda harorat fevral-mart 
oyida yuqori boʻlishi bilan oʻrik va shaftolilarning gullashi boshlanishini kuzatish 
mumkin. Bunday holatda janub hududlaridagi yuqori harorat va shimoliy 
hududlarning past harorati bilan tushuntirish mumkin. 
Tadqiqotlar koʻrsatishicha, Gʻarbiy va Markaziy yevropada koʻp turlarning 
bahorgi fenofazalari ancha erta (oʻrtacha 4 hafta) boshlansa, Sharqiy yevropada 
aksincha, muddati (ikki hafta) kechroq boshlanadi.
Soʻnggi oʻn yillarda Gʻarbiy va Markaziy yevropada oʻsimliklarning 
fenofazalarining erta boshlanishini olimlar Atlantikadan qishki-bahorgi havoning 
iliq oqimi bilan bogʻliq deb hisoblaydilar. Sharqiy yevropadagi oʻsimliklarga esa 
shimoliy-sharqiy sovuq havo oqimi Sibir antitsiklonidan ta’sir koʻrsatadi.
XX asrning 70-yillarda Ispaniyada oʻndan ziyod mevali oʻsimliklarning 
bargi, gullashi va yoz faslida pishishi erta boshlanganini kuzatish mumkin.
AQShda amerikalik tadqiqotchilari M.Abu-Asab va boshqalar (2001) 
Vashingtonda 30 yil ichida 100 dan ziyod oʻsimliklarning gullash muddatini 
(1970-yildan 1999-yilgacha) tahlil qildilar. Aniqlanishicha, 89 tur oʻsimliklarda 
gullash fazalarining 4,5 kunga erta boshlanar ekan. Oʻsimliklarda gullash 
fazalarining erta boshlanishi havo haroratining minimal darajada yuqori boʻlishi 
bilan belgilanadi. Faqat 6 tur oʻsimliklarda gullashning 7 kunga kechikkanini 
kuzatish mumkin. AQShning janubiy-gʻarbiy qismida (Arizona, Nyu-Meksiko, 
Kolorado, Yuta) havoning isishi 1953-1956 va 2000-2003-yillarda kuzatildi. 
Natijada kuchli qurgʻoqchilik tufayli shu davrlarda 90% daraxtlar, shu jumladan, 


33 
hudud uchun dominant hisoblangan qaragʻay oʻsimliklar nobud boʻldi.
Avstraliya tadqiqotchilarining tahliliga koʻra, oʻsimliklarning koʻp turlariga 
iqlimning oʻzgarishi ta’sir etadi. Aniqlanishicha, soʻnggi 22 yil ichida Viktoriya 
shtatida 56 tur oʻsimliklarning gullash muddati ancha erta boshlangan. Ushbu 
oʻsimliklardan 24 turi gullash fazasi ikki hafta oldin boʻlsa, qolgan turlarda gullash 
biroz kechroq boshlangan. 1983-2004 tadqiqot yillarida Avstraliyada 13 yil 
davomida havoning isishini kuzatish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, 
Avstraliyada koʻpgina turlar haroratning keskin oʻzgarishiga yaxshi moslashgan. 
Shunday qilib, oʻsimliklar kurtagining ochilishi va gullashi nafaqat 
geografik va sistematik holatiga, balki bahor faslidagi harorat rejimiga ham 
bogʻliqdir.
Keskin muammolardan biri sayyoraviy ekologik muammolardir. Inson 
tomonidan chiqarilgan chiqindilarning bir qismi atmosferada, bir qismi okeanlarda 
tushlanmoqda, ya’ni chiqindilar izsiz yoʻqolmaydi. Endi ular umumbashariyat 
hayotiga havf tugʻdirmoqda. Shu tufayli ham sayyoraviy ekologik muammolarning 
mohiyatini bilish, ularni bartaraf qilish yoʻllarini izlash va zudlik bilan amalga 
oshirish barcha mamlakatlar oldidagi yechimini kutayotgan bosh masala boʻlmogi 
darkor. 
Bugungi kunda eng katta iqlim oʻzgarishiga olib kelayotgan muammolardan 
biri dunyo “issiqxonasi samarasi” hisoblanadi. Yer atmosferasi tarkibidagi barcha 
gazlar uziga yarasha vazifalarini bajaradi. Xususan is gazi (CO
2
) Yerdagi haroratni 
bir xilda ushlab turishi tufayli sayyoramizning “koʻrpasi” hisoblanadi. Is gazining 
atmosfera havosi tarkibidagi ulushi foiz boʻyicha 0,03 % ni tashkil etsa-da, 
mavsumlar davomida tabiiy holda oʻzgarib turadi. Ma’lumotlarga qaraganda, hozir 
inson tomonidan yiliga oʻrtacha 22 mlrd. t.dan ortiq is gazi atmosferaga 
chiqarilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, atmosfera tarkibidagi ushbu gaz 
miqdori keyingi asr mobaynida 10-15 % ga oshgan. 
XXI asr oʻrtalariga borib, 40% ga ortishi bashorat qilinmoqda. Yerdagi 
haroratning oʻrtacha koʻrsatkichi (15°C atrofida) koʻtarilishi aynan ushbu gaz 
miqdorining ortishi bilan bogʻliq. Is gazi quyoshdan kelayotgan qisqa toʻlqinli 


34 
nurlarni koʻp qaytarib, ayni vaqtda Yerdan kaytgan uzun tulkinli nurlarni tutib 
qolishi - “issiklik samarasi” jarayonini roʻyobga chiqaruvchi asosiy manbadir. 
Keyingi 100-yil mobaynida Yer shari oʻrtacha harorati 1°C ga ortganligi qayd 
etilmoqda. Agar shu tarzda davom etaversa, yangi asr oʻrtalarida Yerning oʻrtacha 
harorati 3-5° C ga qadar oshishi kutilmoqda. Haroratning muntazam ortib borishi 
qanday ekologik muammolarni keltirib chiqarishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatlari nimalar bilan tugallanishini mutaxassislar tomonidan ilmiy-nazariy 
jixatdan asoslanmoqda (2-rasm). 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling