Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi


Iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga ta’siri


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/54
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1249682
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
иклим кулланма

Iqlim sharoitlarini inson hayoti va faoliyatiga ta’siri. Sayyoramizdagi 
barcha insonlar hayoti va faoliyati tabiat unsurlari yoki inʻomlari-suv, oʻsimlik va 
hayvonot dunyosi, tuproqlar, mineral ashyo, atmosfera havosiga bogʻliqdir. 
Bularsiz Yerdagi hayot, inson faoliyatini tasavvur qilib ham boʻlmaydi. Insonlarni 
oʻrab turgan barcha borliq uning hayotiga sezilarli darajada ta’sir etadi.


23 
Qulay tabiiy sharoit insoniyat taraqqiyotining ilk pogʻonalaridayoq 
barqarorlikning asosiy omili boʻlib xizmat qilgan. Keyinchaliq mehnat qurollari 
takomillashgan sari, tabiiy sharoitlarning insonlar hayoti va faoliyatidagi oʻrni 
murakkablashdi. Negaki, ishlab chiqarish va yashash uchun inson oʻziga “tabiatni 
boʻysindirish”ga harakat qildi. Oʻrta asrlarga kelib insonlar pishiq va issiq uylar 
qura boshladilar, kiyim-boshni turli xil turlarini oʻylab topdilar, intensiv 
dehqonchilik bilan shugʻullana boshladilar. Natijada “tabiiy xona iqlimi” samarasi 
kamayib, “sunʻiy xona iqlimi” sharoiti yuzaga kela boshladi. Nainki iliq iqlim, 
balki sovuq iqlim sharoiti ham jamiyat taraqqiyotining barqarorlashuvi uchun 
belgilovchi omil boʻlib ta’sir koʻrsatdi.
Iqlim oʻzgarishi jamiyat rivojinigina emas, balki tabiatdan oqilona 
foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻlini ham tezlashtirdi. Insonlar 
passiv istemolchidan faol ishtirokchiga aylana boshladi. Lekin uning faol 
ishtirokchiligi keyingi III-IV asr mobanida atrof tabiiy muhitga oʻz salbiy ta’sirini 
oʻtkazdi, ya’ni oʻzi oʻtirgan daraxtini oʻzi kesa boshladi. Ekologiya fanining ham 
XIX asrning ikkichi yarmida yuzaga kelishi ham aynan tabat-jamiyat oʻrtasidagi 
ziddiyatlarning kelib chiqishidan boshlandi. Endilikda insonlar bor kuchi va 
qudratini ushbu ziddiyatlarni yumshatishga qaratmoqda. 
Insonlar singari, oʻsimlik va hayvonot dunyosining hayoti ham iqlim bilan 
bogʻliqdir. Iqlimning alohida belgilarini bilish nafaqat qiziqarli, balki xalq 
xoʻjaligining koʻplab tarmoqlari uchun juda foydalidir. Inson muayyan iqlimga 
koʻnikadi va moslashadi. Iqlimning oʻziga xos xususiyatlariga moslashib, oʻz 
hayotini yaxshilashga urinadi. Masalan, shaharlarning loyihalash va qurishda 
shamolning yoʻnalishini bilish zarur. Bu esa sanoat korxonalarini uning atrofidagi 
aholi yashash hududlarini sanoat chiqindilar bilan ifloslanmasligida kerak boʻladi. 
Shamolning asosiy yoʻnalishi aerodromlardagi qurilmalarni oʻrnatishda, ya’ni 
samolyot qoʻnish joyidagi chiziqlarni belgilashda ham hisobga olinadi. 
Iqlim odamlarning hayoti va salomatligiga, shuningdek xoʻjalik faoliyatiga 
ham ta’sir koʻrsatadi. Inson organizmi iliqlikni tanasining yuza qismida kuyish, 
issiqlik oʻtkazuvchanliq konveksiyalar va namlikning bugʻlanishi orqali yoʻqotadi. 


24 
Agar bu yoʻqotishlar ulkan boʻlsa, ya’ni sovuq havoda yoki jazirama issiqda inson 
oʻzini noqulay ahvolda xis etadi va kasallanishi kuchayadi.
Past namlik va shamolning katta tezligi havoning sovish samarasini oshiradi. 
Ob-havoning keskin oʻzgarishi turli “stress”li holatlarga olib keladi-ishtahani 
pasaytiradi, bioritmlarni buzadi va immunitetni tushiradi. Iqlim oʻzgarishi patogen 
mikroorganizmlarning umr kechirishi sharoitiga ta’sir etib, kasallikni chaqiradi. 
Shu bois mavsumiy va hududiy kasalliklarning kelib chiqishi yuz beradi. Zotiljam 
va tumov epidemiyasi asosan qishda koʻp tarqaladi. Bezgak tropik va subtropik 
joylarda keng tarqaladi va bu kasallik bezgak tarqatuvchi chivinlar koʻpayadigan 
joyda uchraydi. Notoʻgʻri ovqatlanish tufayli kelib chiqadigan kasalliklar asosan 
iqlimga bogʻliq, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlaridan, hududiy tarqalgan 
oʻsimliklar va tuproq tarkibida ayrim ozuqa elementlarini yetishmasligi natijasida 
sodir boʻladi. Ming yillar davomida insonning xoʻjalik faoliyati uni oʻrab turgan 
iqlim sharoitiga qarab moslashgan, lekin inson bu sharoitlar iqlimning oʻziga 
salbiy yoinki ijobiy ta’sir oʻtkazishini esa inobatga olmagan. 
Mikroiqlim, mahalliy, mintaqaviy va global iqlim koʻrsatgichlari uzviy 
bogʻlangan. Yer planetasi iqlimi mintaqaviy, u oʻz navbatida mahalliy va 
mikroiqlim koʻrsatgichlarini umumlashtirish va tizimlashtirishdan kelib chiqadi. 
Chunki biron bir viloyat miqyosida turli iqlim koʻrsatgichlari hukm suradi. 
Masalan, Toshkent viloyatining togʻ oldi tekislik hududlarining iqlimi (Bekobod 
shahri atrofi) oʻrta yoki baland togʻ (Piskom tizmasi) iqlimidan anchagina farq 
qiladi. Shuning uchun ham kelajakda radio yoki televideniyada iqlim yoki ob-
havoni ma’muriy chegara boʻyicha emas, balki tabiiy geotizimlar doirasida eʻlon 
qilish maqsadga muvofiqdir. 
Bizga ma’lumki, iqlim oʻzgarishi muammosi ilmiy tadqiqot yoki ta’lim 
mavzusidan kengroq doiraga chiqib, davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishiga 
ta’sir etayotgan masalalar turkumiga aylandi. Zero iqlim nafaqat joyning, balki 
davlat va hamjamiyatning iqtisodiy, ekologiq ijtimoiy, siyosiy havfsizligini 
belgilamoqda. Bunga Orol dengizi suv havzasida yuzaga kelgan suv muammosi 
hamda tarnschegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari yaqqol 


25 
misol boʻla oladi. 60 yil ichida Orol muammosi Markaziy Osiyo davlatlari uchun 
ekologik fojia doirasidan chiqib har tomonlama ijtimoiy hayotni belgilab beruvchi 
muammoga aylandi.
Hozirgi kunda bu muammoga nafaqat kishilik faoliyatining salbiy harakatlar 
natijasi, balki iqlim harorati koʻtarilishining natijasi deya qaralmoqda. Iqlimning 
bunday oʻzgarishida Orol dengizining saqlanishi dargumon. Ehtimol mumkindir, 
ammo bunga insoniyatning global miqyosdagi ommaviy tashabbusi darkor.
Ob-havo qaysidir joy yoki mintaqada tez-tez oʻzgarishi mumkin. Kun va 
soat sayin, fasllar yoki yillar mobaynida, hattoki ular bir maromdagi iqlim 
sharoitida boʻlsada. Bu havo harorati, yogʻingarchilik miqdori, shamol va 
bulutlarning oʻzgarishidir.
Iqlim sharoiti va iqlim oʻz tabiatiga koʻra muhim jihatlarga ega. Ularning 
asosiy xususiyatlari-harorat rejimi, yogʻinlarning yogʻishi kabilar. Ular turgʻun, 
yildan yilga kam oʻzgaruvchan boʻladi, farqi esa ularning takroriyligidadir (yillik 
va uzoq geologik davrlar mobaynida).
Iqlim sharoiti vaqt oʻtishi bilan oʻzgaruvchanlik xususiyatiga egadir, lekin 
bu oʻzgaruvchanlik cheklangan va asta sekinlik bilan boʻladi. Koʻpincha iqlim-bu 
biz kutgan, ob-havo esa biz ega boʻlgan holatlardir. Meteorologik 
koʻrsatgichlarning kenglik boʻyicha (atmosfera, gidrosfra, litosfera, kriosfera, 
biosfera) va vaqt mobaynida taqsimlanishi Yer kurrasidagi global, mintaqaviy va 
mahalliy iqlimlarning xilma-xilligini belgilaydi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling